Saqlash qurilmalari.
Bu qurilmalar ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Vinchester kompyuter
ichida joylashgani va asosiy qurilmasi bo‘lgani uchun periferik qurilmaga kirmaydi. Bu guruhga
quyidagilar misol bo‘la oladi: qo‘shimcha qattiq disklar, CD-DVD disklar, fleshkalar, floppi disketalar,
disk massivlari,…
Tarmoq qurilmalari.
Bu qurilmalar tarmoq qurish uchun ishlatiladi. Tarmoq topologiyalariga qarab bu
qurilmalar tanlanadi. Misol qilib, tashqi modem qurilmalari, tarmoq adapterlari,...
Printerlar – kompyuterdagi ma’lumotni bosmaga chiqarish qurilmasi bo`lib, ASCII – kodidagi
bitlar ketma – ketligini ularga mos keluvchi grafik simvollarga aylantiradi va bu simvollarni qog`ozda aks
ettiradi.
Printerlar shaxsiy kompyuter tashqi qurilmalari ichida rivojlangan qurilmalardan bo`lib, 1000 ga
yaqin xar xil rusumlari mavjud. Printerlar quyidagi ko`rsatkichlar bilan farqlanadi:
rangiga qarab (oq – qora va rangli);
simvollarni shakllantirish usuliga qarab (belgilarni bosmaga chiqaruvchi va belgilarni sintezlovchi);
ishlash prinsipiga qarab (ignali, oqimli, lazerli va termik);
belgilarni bosish usuliga (zarbli, zarbsiz) va satrlarni shakllantirishga qarab (ketma - ket, parallel);
karetkaning kengligiga qarab (keng 375 - 450 mm va tor 250 mm karetkali);
bosma satrining uzunligiga qarab (80 va 132-136 simvolli);
simvollar to`plamiga qarab (ASCII simvol to`plami to`liq bo`lguncha);
bosmaga chiqarish tezligiga qarab ;
ruxsat berish qobiliyatiga qarab.
Printerlarning bosmaga chiqarish jarayoni simvolli, satrli va saxifali bo`lishi mumkin. Bosmaga
chiqarish tezligi 10 – 300 belgi dan (zarbli printerlar) 500 – 1000 belgi gacha va bir minutda bir necha
o`nlik (20 tagacha) saxifagacha (zarbsiz lazer printerlar); ruxsat berish qobiliyati 1 mm da 3 – 5 nuqtadan
30 – 40 nuqtagacha (lazer printerlar) bo`lishi mumkin.
Printerlar ikki xil rejimda ishlaydi— matnli va grafik:
matnli rejimda printerga simvol kodlari, ya’ni printerning belgi generatoridan olingan simvolning
konturlari yuboriladi;
grafikli rejimda printerga tasvirdagi nuqtalarning joylashuvi ketma – ketligini aniqlovchi kodlar
yuboriladi.
Matnlarni bosmaga chiqarishning quyidagi turli xil sifatga ega bo`lgan holatlari mavjud:
qora bosma rejimi (Draft);
tipografik bosmaga yaqin rejim (NLQ — Near Letter Quality);
tipografik bosma sifatli rejim (LQ — Letter Quality);
yuqori sifatli rejim (SLQ — Super Letter Quality).
Printerlar matnli rejimda bir necha xil shrift ko`rinishini ishlatadi. Bulardan keng qo`llaniladigani
roman (yozuv mashinasining mayda shrifti), italic (kursiv), bold – face (polujirno’y), expanded
(rastyanuto’y), elite (polusjato’y), condenced (sjato’y), pica (to`g`ri shrift — sitsero), courier (kurer), san
serif (yorilgan shrift senserif), serif (serif), prestige elite (prestij-elita).
Printerning asosiy ko`rsatkichlarini ko`rib chiqamiz:
1.ruxsat berish qobiliyati ko`pincha bir dyuymda joylashgan oddiy nuqtalar (dots) soni — dpi — dots
per inch (inch — bir dyuym taxminan 2,54 sm teng) bilan o`lchanadi. Masalan, 1440 dpi qog`ozning bir
dyuym uzunligida 1440 ta nuqta joylashganini bildiradi. Ruxsat berish qobiliyati soni qanchalik yuqori
bo`lsa, tasvirning sifati shunchalik yuqori bo`ladi. Bu bilan birga bosmaga chiqarish vaqti ham ko`payadi
(lazer printerlar bundan istisno).
2.Bosmaga chiqarish tezligining birligi sifatida bir sekund ichidagi simvollar soni kattaligi — cps
(characters per second), saxifali bosmaga chiqarishda esa bir minut ichidagi saxifalar soni — rrt (pages
per minute).
Printerlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Ignali printerlar – bu printerlar ichida eng qadimgisi bo`lib, uning mexanizmi 1964 yil Seiko Epson
kompaniyasi tomonidan kashf qilingan.
2. Oqimli printerlar – IBM kompaniyasi tomonidan 1976 yil ishlab chiqarilgan.
3
3. Lazerli printerlar – Hewlett-Packard va Canon firmalarining hamkorligida 1980 yillar boshida HP
LaserJet rusumidagi printerlar ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |