4- mavzu. Ilk o‘rta asrlarda o‘zbek davlatchiligi. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy madaniy hayoti asosiy tushuncha va iboralar


Arab xalifaligiga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari



Download 39,28 Kb.
bet6/7
Sana20.03.2022
Hajmi39,28 Kb.
#502588
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza 4

4.6. Arab xalifaligiga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari
Xalifalikning talonchilik siyosati mahalliy xalqni barcha haq-huquqlardan mahrum etdi. Madaniyatning oyoqosti qilinishi, arab tili, yozuvi va xalifalik qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etilishi natijasida mahalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717–719) murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to‘xtatish hamda moliyaviy islohot o‘tkazish to‘g‘risida farmon berdi.
Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va jizya soliqlarini olish bekor qilindi. Biroq Movarounnahr zodagonlarining ko‘pchiligi o‘zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to‘lamay qo‘yadi. So‘ngra xalifalik ma’muriyati bir yo‘la hammadan jizya olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida mahalliy mulkdorlar bilan arab ma’muriyati o‘rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda bosqinchilarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi.
720-722-yillarda So‘g‘diyonada yuz bergan G‘o‘rak (Samarqand hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo‘zg‘olon arablar hukmronlikligiga qarshi dastlabki yirik xalq harakatlaridan biri bo‘lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g‘azabga kelgan o‘n minglab mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. Xurosonning yangi tayinlangan va zolimligi bilan nom chiqargan noibi Said Xarashiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostirishga muvaffaq bo’ladi. Qo‘zg‘olon rahbarlaridan biri bo‘lgan Divashtich ushlanib qatl etiladi. Arablar mahalliy aholini faqat harbiy kuch bilan ushlab turish mumkin emasligini yaxshi anglardilar. Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashros Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu aholini tinchlantirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon dehqonlarning ko‘pi o‘z chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar.
736-737-yillarda Toxariston va So‘g‘dda arablarga qarshi yana qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Natijada arablar juda og‘ir ahvolga tushib qoladi va bu vaziyatdan qutulish maqsadida Xuroson va Movarounnahming noiblari hamda amirlari bir necha marta o‘zgartiriladi. Xususan, 738-748-yillarda Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor davrida ko‘rilgan tadbirlar tufayli arablar o‘lkada o‘z mavqelarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. U ma’lum bir muddat davomida mamlakatda nisbiy osoyishtalik o‘mata oldi.
Nasr ibn Sayyor mamlakatda o‘z mavqeyini mustahkamlab olish maqsadida moliya islohoti o‘tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jizyadan ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yiladi. Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatiladi. Ayni vaqtda o‘zi ham namuna ko‘rsatib, Buxorxudotning qiziga uylanadi. Bunday siyosat natijasida arablar bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ma’lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi. Ammo bu ozodlik yo‘lida olib borilayotgan xalq harakatlariga barham bera olmaydi. Movarounnahr xalifalikdagi eng notinch va isyonkor o‘lkalardan biri bo‘lib qolaveradi.
Arablar bosib olgan hududlarda, xususan, Xuroson va Movarounnahrda kuchayib ketgan xalq ommasining ummaviylar xalifaligiga noroziligi kun sayin oshirib bordi. Ummaviylarni siyosiy hokimiyatdan ag‘darib tashlashni o‘z oldiga bosh vazifa qilib qo‘ygan raqib guruhlar paydo bo‘la boshladi. Ana shunday guruhlardan biri abbosiylar edilar. Bu sulolaga Muhammadning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali asos solgan. Abbosiylar ummaviylarni rasululloh avlodini qirib tashlashda ayblaydilar. Abbosiylar o‘z g‘oyalarini tashviq-targ‘ib qilish maqsadida shu guruhning eng ishonchli, sodiq vakillari xalifalikning barcha hududlariga yuborildi.
Ummaviylarga qarshi norozilik harakati xalifa Marvon II (744-750) davrida kuchaydi. Bu davrda ummaviylarga qarshi uyushtirilgan harakatga abbosiylarning e’tiborli va obro‘li vakillaridan imom Ibrohim ibn Muhammad boshchilik qildi. Xuddi mana shu davrda Xurosondagi abbosiylar harakatiga boshchilik qilish uchun (746-yil) Abu Muslim (Abdurahmon ibn Asad) yuborilgan edi.
Abu Muslim Xurosonga kelgach o‘zining qarorgohi qilib, Marv shahridan uch farsah g‘arbda Xarkon kanali bo‘yidagi mustahkamlangan Safizanj qishlog‘ini tanladi. Abu Muslim o‘z faoliyatini Xuroson aholisining yuqori tabaqa vakillariga murojaatdan boshladi. Dastlab arab zodagonlari, so‘ngra mahalliy dehqonlar Abu Muslimni qo‘llab-quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnahr va Toxariston viloyatlariga keng tarqaladi. Mamlakat aholisi xalifalikka qarshi qo‘zg‘aladi. Qo‘zg‘olonchilarning deyarli barchasi qora libos kiyib olgan edilar. Avvalo, qora kiyim motam ramzi, qolaversa, zabardast kuch bayrog‘i hamda shiddatli janglarda qo‘zg‘olonchilarni umaviy harbiylardan ajratib turadigan belgini anglatgan.
Yetarli miqdorda kuch to‘plaganligiga ishonch hosil qilgan Abu Muslim 747-yilda o‘zining qora rangli libos kiygan qo‘shinlarini ummaviylarga qarshi ochiq kurashga da’vat etdi. Aynan shu paytda Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor bilan Marv boshlig‘I Al-Kirmoniy o‘rtasida nizo chiqib, ikki o‘rtada urush boshlandi. Sayyor Kirmoniyni asir olib, qatl ettirdi. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor Kirmoniyni qatl ettirib katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Kirmoniyning Azd qabilasi unga dushman bo‘lib qoldi. Tahlikaga tushgan Nasr ibn Sayyor 748-yilda Marvni jangsiz tashlab, Nishopurga chekindi. Ammo Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonchi kuchlar Nasrga hal qiluvchi zarbani berdilar. Bu mag‘lubiyat ummaviylar hukmronligi taqdirini uzil-kesil hal qildi. Tez orada qo‘zg‘olonchilar Xurosonni egallab olib, 749-yilda Iroq va Jazoirda ummaviylar qo‘shinlariga bir necha bor qaqshatg‘ich zarbalar berdilar. Shundan so‘ng Abu Muslim lashkarlari poytaxt Damashqqa tomon yurish qildi va xalifa Marvon II ni taxtdan ag‘dardi.
Shu tariqa xalifalik taxti abbosiylar qo‘liga o‘tdi. Ular 750-1258-yillar davomida xalifalik taxtini boshqardilar. Xalifalik taxtiga abbosiylardan birinchi bo‘lib Muhammad payg‘ambarning amaki avlodlaridan Abul Abbos as-Saffoh (750-754) o‘tirdi.
Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmagan. Abu Muslim vositasida abbosiylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va’dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Abu Muslim Bag‘dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro‘yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboriladi. Mehnatkash aholi o‘rtasida abbosiylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish kayfiyati paydo bo‘ladi. Bunday qo‘zg‘olonlardan biri 750-yilda Buxoroda sodir bo‘ldi. Qo‘zg‘olonga asli arablardan bo‘lgan Sharik ibn Shayx Almaxriy boshchilik qildi.Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan qo‘zg‘olonni zo‘rg‘a bostirdi.
Movarounnahrda arablarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon tufayli mamlakatda vujudga kelgan ichki ziddiyat va to‘polonlardan foydalangan Xitoy davlatining qo‘shinlari sarkarda Gao-Syan-Chji boshchiligida Markaziy Osiyo hududiga bostirib kiradilar. 751-yilda Talas vodiysida Xitoy qo‘shinlari bilan Abu Muslim tomonidan yuborilgan lashkarlar o‘rtasida dahshatli jang bo‘ldi. Bu jang arablaming g‘alabasi bilan yakunlanadi.
Abbosiy xalifalar Abu Muslimni taxtga birinchi da’vogar hisoblab, uni yo‘qotish payiga tushdilar. Nihoyat, 755-yilda Xalifa Mansur (754-775) Makkaga yo‘lga otlangan Abu Muslimni o‘z saroyiga kirib o‘tishini so‘raydi. Qurolsiz va yolg‘iz saroyga kirgan Abu Muslimni Mansur poyloqchilari qo‘lga olib, uni o‘ldiradilar. Bu dahshatli fojia Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarini yanada kuchli tus olishiga turtki bo‘ldi. Ana shunday harakatlardan biri 755-yilda Reyda Sunbod boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Tabariy maiumotlariga ko‘ra, Bu qo‘zg‘olon, 70 kun davom etgan. Qo‘zg‘olon qattiqqoilik bilan bostirilgan, qo‘zg‘olonchilardan olti mingga yaqin kishi oidirilgan. Qo‘zg‘olon rahbari Sunbod qo‘lga olinib, qatl etilgan. Sunbod qo‘zg‘oloni bilan bir vaqtning o‘zida Movarounnahrda ham abbosiylarga qarshi harakat boshlangan. Bu qo‘zg‘olonning rahbari Abu Muslim harakatining tarafdori Ishoq edi.
Movarounnahrda yana bir xalq qo‘zg‘olonlardan biri 769-783- yillarda bo‘lib o‘tgan. Qo‘zg‘ olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo‘lgan. U boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurganligi uchun uni “Muqanna”, ya’ni “Niqobdor” laqabi bilan atashgan. Muqanna Xurosonda kichik lashkarboshidan vazirlik darajasigacha ko‘tarilgan.
Muqanna ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo‘zg‘alishga da’vat qilib, Movarounnahrga yo‘l oladi va o‘z yaqinlari bilan Naxshab va Kesh shahriga yetib boradi. Kesh yaqinida tog‘ tepasiga bino qilingan Som qal’asini o‘z qarorgohiga aylantiradi. Tez orada butun Qashqadaryo vohasi “Oq kiyimlilar” qo‘liga o‘tadi. Natijada “Oq kiyimlilar” harakati kengayib, katta xalq qo‘zg‘oloniga aylanadi. U ayniqsa Sug‘dda avj olib, Eloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Qo‘zg‘olonda turli tabaqalar qatnashadi.
“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur 775-yilda katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi. Muqannaga qarshi kurashgan arablarning Jabroil ibn Yahyo va Maoz ibn Muslim boshchiligidagi birlashgan kuchlari ham ular ustidan sezilarli yutuqqa erisha olmagan. Faqat 777-778- yillar davomidagi urush harakatlari chogida buxorolik bir kishi tomonidan iste’dodli sarkarda Sug‘diyonning oidirilishi “oq kiyimlilar” uchun juda katta yo‘qotish boigan. Shundan so‘nggina arablar Samarqandni ishg‘ol qilganlar. Narshax va Samarqandda “Oq kiyimlilar” yengilgach, mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydilar. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo‘lib o‘tadi. 783-yilda Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so‘ng kurashdan tinkasi qurigan qo‘zg‘olonchilar taslim bo‘ladilar. Istilochilarga taslim bo‘lishni istamagan Muqanna o‘zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo‘ladi.

Download 39,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish