4- mavzu. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asr boshlari – hozirgi davrgacha) Eng yangi davrda


Olimpiya kongresslari va ularning ahamiyati



Download 172 Kb.
bet16/19
Sana31.12.2021
Hajmi172 Kb.
#250508
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Ma'ruza 4

Olimpiya kongresslari va ularning ahamiyati.
Olimpiya xartiyasi bo’yicha Olimpiya kongresslari 8 yilda bir marta o’tkaziladi. Olimpiya kongresslarini o’tkazish muddatini XOQ belgilab beradi. Kongress XOQ prezidenti tomonidan chaqiriladi va konsultativ ahamiyatga ega.

X Olimpiya kongressi 1973 y. Varnada (Bolgariya) o'tkazilgan. Uning kun tartibida: hozirgi davr olimpiya harakati va uning rivojlanish istiqbollari; XOQ, XSF va MOQning o'zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o'yinlarining qiyofalari kabi masalalar muhokamaga qo'yilgan. Kongressda uch tomonlama - XOQ, MOQ va XSF - komissiya tuzilgan. Kongress yakuniy hujjatlari - «Uch tomonlama komissiyaning xulosalari», «Jahonning barcha sportchilariga murojaat» - olimpiya harakatining keyingi demokratlashuviga ta’sir etgan. Kongress jahondagi barcha sportchilarga murojaat qabul etib, ularni xalqaro tinchlik va do'stlikni mustahkamlash, Olimpiya hara­katining sofligi yo'lida kurashishga chaqirgan.

Olimpiya harakatini yanada rivojlantirishda 1981-yilda Baden-Badenda (Germaniya) o'tkazilgan XI kongress mu­him ahamiyat kasb etdi. Bunda uchta masala muhokamaga qo'yildi: keyingi olimpiya o'yinlari; sportda xalqaro do'stlik aloqalari; olimpiya harakatining istiqbol yo'llari. Muhokama jarayonida keyingi olimpiya o'yinlarini o'tkazish masalasi munozaralar, bahslarga sabab bo'ldi, turli munosabatlar izhor etildi. Shuningdek, hozirgi davr olimpiya harakati xususida ham har xil fikrlar bildirildi.



Kongressda XOQning 82 a'zosi, XSFning 37 vakili va Milliy Olimpiya qo'mitalarining (MOQ) 149 vakili ishtirok etdi. Kongressda ilk bor 34 nafar olimpiya chempionlari ham qatnashdi. Kongress tomonidan yakunlovchi deklaratsiya qabul qilingan va unda quyidagi jihatlar bayon etilgan edi:

  • Olimpiya o'yinlarida «ochiq o'yinlar» uchun joy yo'q;

  • Olimpiya o'yinlariga sportchilarni qo'yish tamoyillari («26-qoida» Olimpiya xartiyasi) saqlanib qolaveradi;

  • Olimpiya (marosimlari) har doimgidek davom etadi;

  • Olimpiya o'yinlarini turli mamlakatlarda o'tkazish amaliyoti davom ettiriladi;

  • Olimpiya o'yinlarini tashkil qiluvchi qo'mita va XOQ, XSF, MOQlarining o'zaro munosabatlari yanada mustahkamlab boriladi;

  • doping iste'mol qiluvchilarni yanada qattiqroq jazolash choralari ishlab chiqiladi;

  • sportda kamsitish faoliyatlariga qarshi kurash davom ettiriladi;

  • «Olimpiya birdamligi» dasturini bajarishda qatnashuvchilar sonini ko'paytirish, taraqqiy etayotgan mamlakatlarga ko'maklashish tadbirlari rejalashtiriladi;

  • matbuot, teleradio orqali sport harakatidagi ijobiy jihatlarni ko'proq yoritish, yoshlarning sportga qiziqishini tarbiyalashga e'tibor berish;

  • mamlakatlarning hukumatlaridan olimpiya harakatini rivojlantirishda ko'mak so'rash;

  • xotin-qizlarning sport harakatiga rahbarlik qilishlariga keng yo'l ochish.

XX asrda Olimpiya harakati rivojlanishining asosiy yakunlari to’g’risidagi masalalar 1994 yil 29 avgust–3 sentabrda Parijda o'tkaziladigan XII Olimpiya kongressi ko'rib chiqilgan. Kongressda 3000 kishi ishtirok etgan, ya'ni XOQ (101), XSF (132), MOQ (407) vakillari, murabbiylar, sportchilar, olimlar, om­maviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari qatnashgan. Kongressda to'rtta masala muhokama etilib, har biri bo'yicha tavsiyalar qabul qilingan, jumladan:

  • Hozirgi davr Olimpiya harakatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo'shayotgan hissalari.

  • Jamiyatda sportchining o'rni va roli.

  • Sport ijtimoiy hayotda (sport va siyosat, sport va iqtisod, sport barcha uchun, taraqqiy etayotgan mamlakatlarda sport).

  • Sport va ommaviy axborot vositalari.

Kongressda XX asr davomida sportchilar mahoratini oshirish, yoshlarni tarbiyalashda olimpiya harakati, olimpiya o'yinlari g'oyalari katta ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan. Sportning ijtimoiy-tarbiyaviy va iqtisodiy salohiyati tobora oshib borayotganligi tufayli davlat rahbarlariga uni tobora rivojlantirishda yordam ko'rsatib turishlari tavsiya etilgan.Sportchilarni tayyorlashda ilmiy-texnik ta­raqqiyot natijalari, zamonaviy uskunalardan keng foydalanish zarurligi alohida qayd etilgan. Jismoniy tarbiya va sportning mohiyati, olimpiya g'oyalarining ahamiyati o'sib borayotganligini e'tiborga olgan holda, matbuot, teleradio faoliyatlarini maqsadli yo'naltirish ham tavsiya etilgan.


Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish