4 – mavzu bo‘yicha topshiriq savollari:
Axborotlashgan jamiyatning xususiyatlari.
Davlat boshqaruvida axborot-komunikatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi.
Raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari.
Axborot tahdidlari.
Axborot xavfsizligi.
4 – mavzu bo‘yicha topshiriq javoblari:
1. Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish eng
avvalo, axborot tayyorlash, unga «ishlov berish», saqlash va jamiyat
a'zolariga yetkazish bilan bog'liq bo'ladigan ishlarga sharoit yaratuvchi
jamiyat. Axborotlashgan jamiyat muammolari bilan shug'ullangan
olimlardan D. Bell, A.Toffler, M. Kastelьs, U.Rostou, P.Draker,
J.Gelbreyt. F.Uebster va boshqalarning ishlarini alohida qayd etish
kerak. Ular «postindustrial jamiyat» va Axborotlashgan jamiyat
kontseptsiyalarini sinonim sifatida tadqiq etishgan. Axborotlashgan
jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Yapon olimlarining
hisoblashicha, Axborotlashgan jamiyatda kompьyuterlashtirish jarayoni
odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, axborotlarni
tayyorlash va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni
avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga imkon beradi.
«Axborotlashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Axborotlashgan jamiyatning eng birinchi xususiyati keng miqyosda
axborotlashtirish jarayonlarining olib borilishi, jamiyatning barcha
jabhalariga axborot komunikatsiya vositalarining kirib borishidir.
Axborotlashtirish - zamonaviy axborot-texnologik vositalar yordamida
ilmiy, ijtimoiy tuzilmalarni rivojlantirish, takomillashtirish va
keskin kuchaytirish jarayoni. Axborotlashtirish bu sifat jihatidan yangi
jamiyat (axborotlashgan jamiyatni) barpo etish maqsadidagi intellektual
gumanistik qayta qurishdir. Axborotlashtirishni aynan mana shunday
tushungan holda demokratiyaning rivojlanishi va umuman siyosiy hayotga
informatikaning ta'siri to'g'risida so'z yuritish mumkin. Hozirgi kunda
jamiyatni axborotlashtirish jarayoni ijtimoiy hayotning iqtisodiy,
siyosiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa jihatlarini qamrab olmoqda. Shu
ma'noda axborotlashtirish ko'p qirrali jarayon bo'lib, unda texnologik,
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatlar uyg'unlikda olib
boriladi. Bu jarayonda nafaqat ishlab chiqarish va texnologiyalar
sohasida, balki ijtimoiy, iqtisodiy hamda ma'naviy hayotda tub
o'zgarishlar sodir bo'ladi. Axborotlashtirish jarayonining moddiy negizi
ishlab chiqarish, boshqaruv, ilm-fan, ta'lim-tarbiya hamda ijtimoiy va
maishiy sohalarni kompьyuterlashtirish va robotlashtirishdan iborat.
2. Davlat boshqaruvi samaradorligi va hisobdorligini oshirish, uning fuqarolar bilan aloqalarini sorddalashtirishda axborot va kommunikatsiy texnologiyalaridan (AKT) foydalanish imkoniyati
oshdi. Hokimiyatda bunday vositalarning qo'llanishi “elektron hukumat”
deb nomlanib, bunday hukumatning yaratilishi bir qator ijobiy ishlarni
amalga oshirishni ko'rsatadi.
Biroq shuni unutmaslik kerakki, axborot texnologiyalarini joriy
qilishning o'zi davlat boshqaruvi samaradorligi oshganligini
anglatmaydi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash davlat
boshqaruv organlari faoliyatining yaxshilanishiga xizmat qilmasligi ham
mumkin. Shuning uchun ham, davlat muassasalari rahbarlari
kompьyuterlar bilan ta'minlash, lokal hisoblash tarmoqlarini o'rnatish
va kompьyuterlarni internetga ulash qanday qilib xodimlar va butun
tashkilot ishining samaradorligini oshirishi mumkinligini oldindan
tasavvur qila olishlari lozim.
AKTni joriy etish davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish
jarayoniga xizmat qilishi uchun u davlat boshqaruvini isloh etishga
qaratilgan yanada kengroq o'zgarishlarning bir qismi bo'lishi zarur. Bu
o'zgarishlar davlat organlari faoliyatida shaffoflikni oshirish, qabul
qilingan qarorlar uchun javobgarlikni kuchaytirish, fuqarolarni qaror
qabul qilish jarayoniga kengroq jalb qilish chora-tadbirlarini o'z ichiga
oladi. Bularsiz, kompьyuter va boshqa texnika vositalarini sotib olish
hamda ishchilarni ulardan foydalanishga o'rgatish sarf-xarajatlari ular
ishida hech qanday sezilarli o'zgarishlarga olib kelmasligi mumkin.
3. Axborotlashgan
jamiyatning muhim xussusiyatlaridan biri iqtisodiyotning
raqamlashtirilishidir. Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) tushunchasi
birinchi marta 1995-yili AQShning Massachusets universiteti olimi
Nikolas Negroponte tomonidan ishlatilgan. Olim axborotkommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi
mumkinligini aytib o'tgan.
Raqamli iqtisodiyotga quyidagicha ta'rif berish mumkin. Raqamli
iqtisodiyot - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida xo'jalik
faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat
ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib,
katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash
natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish,
xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni
etkazib berishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu
onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet
savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompьyuter
texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir. Bir so'z
bilan aytganda raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli
kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot
tushuniladi. Asosan raqamli iqtisodiyot rivojlanishining asosiy
elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron
to'lovlar, internet reklama, blokcheyn
texnologiyasi, kriptovalyutalar va
shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi.
4. Axborotlashgan jamiyatda axborot olishning ochiqligi ko'plab
ijobiy tomonlari bo'lishi bilan birga axborot tahdidlari ham mavjud.
Biror bir davlatga nisbatan uning xalqaro obro'sini tushirish uchun OAV
lar orqali informatsion xurujlar uyushtirilishi. Bu aslida urushga
munosabatning o'zgarganligidan, qurolning yangi turi axborot
quroli kashf qilinganidan darak beradi. Axborot orqali inson ongiga
ma'lum bir g'oyalar singdiriladi. Bu qurol orqali kam xarajatlar bilan
milliy hukumatlarga fuqarolarni qarshi qo'yish, muxolifat kuchlarini
qo'llab quvvatlash, fuqarolar urushini keltirib chiqarish kabi “rangli
inqiloblarni” uyushtirish, milliy davlatlarning xalqaro obro'sini
tushirish orqali investitsiyalar oqimiga ta'sir ko'rsatish mumkin.Axborot tahdidlaring yana biri bu diniy missionerlik bo'lib, u
bir dinga e'tiqod qiladigan kishilar orasida boshqa dinni targ'ib
qilish, ularni yangi dinga o'tkazish faoliyati hisoblanadi. O'zbekistonda
94 foiz aholi islom diniga, 4 foiz aholi protestantlar, 2 foiz boshqa
dinlarga e'tiqod qiluvchilardir. Vijdon erkinligi va diniy
bag'rikenglik qonun yo'li bilan mustahkamlangan. Lekin bugungi kunda
o'zlarini xristian dini oqimlariga e'tiqod qiluvchilar deb hisoblovchi
taqiqlangan oqimlar vakillari missionerlik bilan shug'ullanmoqda.
So'nggi yillarda internetda terroristik tashkilotlar g'oyalarini
targ'ib tashviq qilishga qaratilgan veb-saytlarning soni bir necha
barobarga oshgan. Xususan, 10 yil avval bunday saytlar soni
20 ta bo'lsa, bugungi kunda dunyoda terroristlar foydalanilgan 7000
dan ortiq internet saytlari mavjud bo'lib, ularga xizmat
ko'rsatuvchi portallar soni ortib bormoqda. Terroristlar
internetdan quyidagi masadlarda foydalanadilar:
Targ'ibot va tashviqot maqsadida ma'lumot tarqatish;
- Yangi a'zolarni yollash (verbovka);
- A'zolik va xayriya badallarini yig'ish hamda ulardan foydalanish;
- Tarmoq va shahobchalar tashkil yetish;
- Terroristlarni o'qitish, ko'rsatmalar berish;
- Razvedka va ma'lumot qidirish;
- Yangi terroristik harakatlarni rejalashtirish va boshqarish.
5. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida terroristik saytlarni
bloklash, zararsizlantirib borish talab yetadi.
Terrorizmning turli ko'rinishlari orasida kiber terrorizm
tushunchasi bo'lib, biror mamlakatning iqtisodi, harbiy qudratini
zaiflashtirish uchun, kampьyuter viruslarini tarqatish orqali bank
tizimlarini, harbiy texnikalar, tibbiyot uskunalari kopmьyuter
dasturlarini buzish, ularga zarar yetkazish hisoblanadi. Hakkerlar
hujumlari sifatida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari kibber
tovlamachilik, kibber o'g'rilik kabi tahdidlar axborotlashgan jamiyatda
xavfsizlik masalalarini dolzarblashtiradi.
Axborotlashgan jamiyatning xilma xil ijobiy, jamiyat a'zolari
uchun foydali jihatlari bilan birga ma'naviy, iqtisodiy sohalarda
tahdidlar ham bor ekan. Jamiyat barqaror rivojlanishi uchun axborot
xavfsizligini ta'minlash zaruriyati paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |