4- ma`ruza. Tizimlar klassifikaciyasi (sinflanishi)
Reja:
I Tizim klassifikaciyasi
II Tizim murakkabligi
Tizimni har xil mezonlarga ko’ra sinflash mumkin. Uni qat`iy ravishda amalga oshirish mumkin emas, u maqsad va resurslarga bog’liq.
Sinflashning asosiy usullarini (tizimlarni sinflashning boshqa mezonlari ham bo’lishi mumkin) keltiramiz:
•Tizimning atrof-muhitga munosabatiga ko’ra;
•Tizimning kelib chiqishiga (elementlariga, aloqalariga, ichki tizimlariga) ko’ra;
•Tizim o’zgaruvchilarining bayoniga ko’ra;
•Tizim ishlash qonuni (qonunlarining) bayoniga ko’ra;
•Kombinir boshqarish (avtomatik, yarim avtomatik, avtomatlashtirilgan, tashkiliy) bilan tizimni (tizim ichida) boshqarish usuliga ko’ra.
Agar tizimni tadqiq qilish yoki modelirlash uning katta o’lchamiga (ya`ni tizim holatlari to’plami S katta o’lchamga ega) ko’ra qiyin bo’lsa, bunday tizim katta deyiladi.
Agar tizimda holatlarni, ish bajarish qonuniyatlarini samarali bayon etish, tizimni boshqarish (aniqlash, boshqaruvchi parametrlarni bayon etish) yoki bunday tizimlarda qarorlar qabul qilish (ularda hamma vaqt qaror qabul qilish ichki tizimi bo’lishi kerak) uchun resurslar (asosan informacion) etarli bo’lmasa, bunday tizim murakkab deyiladi.
Ba`zan tizimning uch xil bayoniga ko’ra uning traektoriyasini, mohiyatini aniqlash mumkin bo’lmasa va shu sababli yana qo’shimcha (harakatning integral modeli yoki konfigurator) – morfologo-funkcional-infologik integral bayon zarur bo’lsa, bunday tizim murakkab hisoblanadi.
Murakkab tizimlar har xil murakkablik turlarida bo’lishi mumkin:
•Tasnifli yoki tashkiliy ( tasnifni qurish, bayon etish, boshqarish uchun resurs etishmaydi);
•Dinamik yoki vaqtga bog’liq (tizim harakati dinamikasini bayon etish va uning traektoriyasini boshqarish uchun resurslar etishmaydi);
•İnformacion yoki informacion-mantiqiy, infologik (tizimni informacion, informacion-mantiqiy bayon etish uchun resurslar etmaydi);
•Tadqiqotni hisoblash yoki amalga oshirish (tizim parametrlari hisoblashlarini samarali prognoz qilish uchun resurslar etmaydi yoki ularni o’tkazish resurslar etishmasligi sababli qiyin);
•Algoritmik yoki konstruktiv (ish bajarish algoritmini bayon etish yoki tizimni boshqarish uchun, tizimni funkcional bayon etish uchun resurslar etmaydi);
•Rivojlanish yoki evolyuciya, o’z-o’zini tashkil etish (barqaror rivojlanish, o’z-o’zini tashkil qilish uchun resurslar etmaydi).
Nazorat savollari:
1. Tizim qanday sinflanadi?
2. Qanday tizim katta, murakkab deyiladi?
3. Tizimning hisoblanish murakkabligi (tasnifli, dinamik) nima bilan
aniqlanadi? Bunday tizimlarga misollar keltiring.
Masalalar va topshiriqlar:
1. Bir-ikkita murakkab tizimlarga misol keltiring, murakkablikning sabablari va turini, har xil turdagi murakkabligining o’zaro bog’liqligini tushuntiring. Murakkablikni baholash o’lchamlarini (usullari, proceduralarini) ko’rsating. Murakkab tizimlarning 3D-, 2D-, 1D tasniflarini quring. Asosiy bog’liqliklarni namoyish etuvchi rasmlarni hosil qiling.
2. Qandaydir bir ekotizimni, undagi turlarning ko’pligini murakkablik o’lchami sifatida tanlab, uning murakkabligini (turli-tumanligini) baholang.
3. Qandaydir bir adabiy (musiqaviy, jizilgan rasmning) asar qismining murakkabligini baholashga misol keltiring.
4. İlmiy tadqiqotlar, referatlar va İnternet-sahifalar uchun mavzular:
5. Tizim sinflarining tizimli sinflanishi.
6. Katta va kichik tizim – o’zaro bir-biriga o’tishlar va o’zarobog’liqliklar.
7. Har xil turdagi murakkabliklarning birligi va kurashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |