Doimiy uzunlikdagi kadrlarda axborotni yozish uchun ma’lum va o’zgarmas
kodli satrlarning soni ajratiladi. Kadr uzunligi ko’chirishlar haqidagi raqamli axborotlar
va maksimal darajadagi funktsional komandalar to’plamidan tashkil topadi. Bunday
kadrlarda axborotlar doimo bitta tartibda joylashadi, shuning uchun boshqarish
funktsiyalarni alohida belgilash kerak bo’lmaydi.
Kadrdagi so’zlar soni yoki axborot xajmi o’zgarishiga qaramasdan bunday
kadrlarda o’zgarmas satrlar sonidan foydalaniladi. Bu esa perfolentani ortiqcha
sarflanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |