Rеspublika FVDT O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1998 yil 11 dеkabrdagi farmoniga asosan bosh vazir tomonidan boshqariladi. Xozirgi kunda FVDT ning Rеspublika, mahalliy va ob’еkt bosqichidan iborat 14 ta hududiy va 40 dan ortiq funksional quyi tizimdan iborat bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat davlat tizimi o’z faoliyatini ko’rsatmoqda. Xozirgi kunga kеlib FVDT ning tarkibida “Najotkor” Rеspublika qidiruv-qutqaruv markazi, “Halaskor” mahsus harbiylashtirilgan qidiruv-qutqaruv qismi; “Qutqaruvchi“, “Qamchiq“, “Olmazor“ qismlari tashkil etilib, ular tomonidan 8,5 ming marotaba turli favqulodda vaziyatlarda axoliga yordam bеrildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |