deyiladi. O’txonaning yuqoriroq qismida aylana bo’ylab joylashgan bir necha teshiklar
bo’lib, ularga maxsus uskunalar (furmalar) 8o’rnatiladi. Furmalar pech devorlaridan 130-200mm
ichkariga chiqarilga bo’lib, koks yaxshi yonishi uchun ular orqali pechga 0.25 M’a (2.5 mm) bosimda
C li xavo xaydab turiladi. Furmalar soni pechning xajmiga qarab 16-24 ta va undan ortiq
6
1.1-rasm. Domna pechining tuzilish sxemasi: 1-koloshnik; 2-yuklash a’’arati; 3-trubalar; 4-
shaxta; 5-ras’ar; 6-za’lechik; 7-o’txona; 8-furma; 9-cho’yan chiqarish novi; 10-shlak chiqarish novi;
11-temir ustun.
Furmalarning pastrog’ida shlak, undan pastroqda esa cho’yan chiqarish teshiklari bo’lib, ularga
novlar 9, 10 o’rnatiladi.
O’txonada yog’ilayotgan zichligi 6.9 g/sm
3
li suyuq cho’yanni xar 2-4 soatda, zichligi 2.5
g/sm
3
bo’lgan suyuq shlakni esa xar 1-1.5 soatda o’z novlari orqali kovshlarga chiqarib turiladi.
Buning uchun elektr burg’alash mashinasi yordamida 50-60 mm li teshik ochiladi, ularni berkitishda
esa o’tga chidamli tiqinlardan foydalaniladi.
Metallurgiya kombinatlarida bir vaqtda bir necha domnalar ishlaydi. O’rtacha xisobda 1t
cho’yan olish uchun pechga 2035 kg temir ruda, 146 kg marganets ruda, 971 kg koks ruda, 598 kg
oxaktosh yuklanib, 3575 kg xavo haydaladi. Bunda 755 kg shlak, 5217 kg domna gazi va 348 kg
koloshnik changi ajraladi.
CHo’yan olish uchun qo’shiladigan qo’shimchalarni nima maqsadda qo’shilishini aytib o’tamiz.
Bunda koks qo’shishdan maqsad asosan uglerod miqdorini yaxshilash va yonishiga, metallni
suyuqlantirishda yordam beradi. Marganets cho’yan tarkibidagi oltingurgut miqdorini kamaytiradi va
buni xisobiga cho’yanni oquvchanligi yaxshilanadi. Oxaktosh qo’shilganda cho’yan tarkibidagi
7
shlaklarni birgalikda cho’yan tarkibidan chiqarib yuboradi va yana shlak miqdorini kamaytirish
maqsadida sintetik shlak xam qo’shiladi[2,154…].
Domnalarning bir me’yorda, barcha ishlar yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan va
avtomatlashtirilgan rejimda ishlashida elektron hisoblash mashinalarining roli katta.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, domna pechlari 5-10 yil davomida uzluksiz ishlaydi. Bunda
domnalarni qay vaqtda ta’mirlashga qo’yilishini qanday aniqlanadi degan savol tug’ilishi tabiiy.
Odatda, domna devorining tezroq yemiriladigan joylari orasiga radioaktiv
66
So izoto’i qo’yib
yuboriladi. pechlarning ishlashida taxminiy rejalangan muddatda Geyger hisoblagichi ¥ nurlanishi
kuzatilib turiladi. pech devorining ma’lum qalinligi kuyib yemirilganda
66
So ning ma’lum miqdori
cho’yanga o’tadi. Bu holda ¥ nurlanishi ko’rsatkichi kamayadi. Demak, xisoblagich ko’rsatkichi ¥
nurlanishini kuzatish orqali ta’mirlash vaqti aniqlanadi.
Nazorat savollari.
1.
Metall deb nimaga aytiladi?
2.
Cho’yan deb nimaga aytiladi?
3.
Cho’yan nimadan olinadi?
4. po’lat ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyolarni aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: