............................................................................................................................ 27
Mavzu: Uglerodli po’latlarni kimyoviy-termik ishlash texnologiyasi .................................................... 27
5
Laboratoriya ishi №1
Mavzu: Cho’yan ishlab chiqarish texnologiyasini o’rganish
Ishdan maqsad: Domna pechi tuzilishi bilan tanishish va unda cho’yan ishlab
chiqarish texnologiyasini o’trganish
Nazariy ma’lumotlar.
Domna pechi 5-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxta pechi bo’lib, o’rtacha hajmi 2000-
3000m
3
bo’ladi. Lekin keyingi yillarda undan ham katta hajimli domnalar qurilmoqda.
Masalan: 1974 yildan boshlab Krivoy Rog metallurgiya kombinatida foydali xajmi 5000 m
3
domna ishlamoqda. 1986 yilda esa Chere’ovetsk metallurgiya kombinatida “Severyanka” deb atalgan
beshinchi domna ishga tushirildi. Bu domna dunyodagi eng katta pechlardan biri bo’lib, foydali xajmi
5580 m
3
, bo’yi 100 metrdan ortiq, diametri 19 metr, zamonaviy avtomatik mexanizmlar bilan
jihozlangan. Bir sutkada unda 10000-12000 tonna, yiliga 4-4,5 million tonna cho’yan ishlab
chiqariladi.
1.1-rasmda domna pechining umumiy ko’rinishi keltirilgan. Domna pechining devori o’tga
chidamli shamot g’ishtidan terilib, ichki sirt yuzi o’tga chidamli gil bilan suvaladi, sirtidan esa 20-40
mmli po’lat list bilan payvandlab qo’langan va maxkamlangan bo’ladi.
pechning o’tga chidamli g’ishtlarining chidamliligini oshirish maqsadida (pech balandligining ¾
qismida) devor ichidan sovitgich trubalar o’rnatilgan va ularda sovuq suv aylanib turadi.
Domna ishlayotganda ajralayotgan gazlar uning kaloshnik qismiga o’rnatilgan trubalar orqali gaz
tozalash a’’aratiga o’tadi.
Uning katta silindrgi o’tishida tezligi pasayishi sababli undagi ruda va koks zarrachalari silindr
tubiga yig’iladi, lekin bu gazlarga ruda va koks changlari ergashadi. Shu boisdan tozaroq tozalanishi
uchun gaz skrubber deb ataluvchi silindrlarda va suv purkagich bilan namlab ajratiladi. Yanada yaxshi
tozalash uchun gaz ikki elektrodlararo hosil etilgan yuqori kuchlanishli elektr maydondan o’tkaziladi.
Bunda elektr zaryadlangan qattiq zarrachalar elektr maydoni ta’sirida elektrodlarning biriga otiladi.
Shunday qilib tozalangan gazdan yoqilg’i sifatida foydalaniladi. Gaz tozalash a’’aratida tozalangan
domna gazlari maxsus trubalar orqali ko’’incha xavo qizdirgichlarga yuboriladi. pechning kaloshnik
qismi tagidagi pastga tomon kengayib boradigan kesik konusli eng katta qismi 4 ga shaxta deyiladi.
Bunday konstruktsiya shixta erigan sari uni pastga tushishiga ko’mak beradi.
Bu qism, o’z navbatida, pastidagi silindrik shaklli qism 5 bilan tutashgan bo’lib, unga ras’ar
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: