www.ramler.ru
,
www.mail.ru
,
www.yandex.ru
,
www.yahoo.com
,
www.pochta.ru
,
www.mail.uz
va boshqa elektron pochta xizmati ko‘rsatuvchi
saytlar. Misol uchun:
www.mail.ru
sayti orqali elektron pochta ochmoqchi bo‘lsak
quyidagilar bajariladi.
1. Internet Explorer dasturi, brauzeri ishga tushiriladi.
2. Brauzerning Адрес: oynasiga
www.mail.ru
yoziladi va [Enter] tugmasi bosiladi.
1
2
3. Sahifa ochilgach, o’ng tomonidagi Почта bo’limidan Регистрация в почте bandi
bosiladi.
4. Elektron pochtani ro’yxatdan o’tkazishning umumiy ko’rinishi
3
4
5. Dastlab ma’lumotlar oynasiga Ism, Familiya, tug’ilgan sanasi, davlat yoki shahar,
jinsingiz kiritiladi yoki tanlanadi
6. Foydalanuvchi nom tanlaydi. Masalan, umida bunday nomli foydalanuvchi bor
bo’lganligi sababli, qizil yozuv chiqadi va bizga boshqa nomlarni tanlash tavsiya
qilinadi. Agar bunday nomli foydalanuvchi bo’lmasa, yashil rangli yozuv chiqadi va
biz tanlagan nom saqlanadi.
5
6
7. Foydalanuvchi o’ziga parol tanlaydi va uni takroran kiritadi.
8. Parol esdan chiqqanda uni tiklash maqsadida Uyali telefon raqamini xalqaro
standart bo‘yicha kiritadi, agarda uyali telefoni bo‘lmasa Yashirin savol
(Секретный вопрос) tanlaydi va javob (ответ) yozadi.
9. Tasvirdagi belgilar Код на картинке oynasiga kiritiladi.
10. Oxirida Зарегистрироваться tugmasi bosiladi.
7
9
10
8
11. Natijada yangi electron pochta ochiladi, va ushbu sahifa paydo bo’ladi.
Yuqoridagi ketma-ketlik bajarilgach, Siz elektron pochtangizni ro‘yxatdan
o‘tkazgan bo‘lasiz va Sizga pochta ochilganligi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ladi.
Elektron pochtadan foydalanish
Elektron pochtaga kirish uchun yuqoridagidek,
www.mail.ru
saytiga kirilgach,
undagi ИМЯ: (Login) oynasiga elektron pochta (foydalanuvchi-Login) nomini,
ПАРОЛЬ: oynasiga parolni kiritamiz. So‘ngra ВОЙТИ (yoki [Enter]) tugmasini
bosamiz.
Natijada
elektron
pochtamizning
quyidagi
oynasi hosil bo‘ladi.
Ko‘rib turganimizdek, elektron pochta oynasida Bходящие, Сомнительные,
Oтправленный, Черновики, Корзина kabi bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularning har
biri o‘z vazifasiga ega. Masalan,
Входящие – elektron pochtaga kelib tushgan xatlar ro‘yxati,
Сомнительные – noma’lum (shubhali) xatlar ro‘yxati,
Отправленный – biz jo‘natgan(yuborgan) xatlar ro‘yxati,
Черновики – vaqtinchalik (saqlangan, keyinchalik yuboriladigan) xatlar ro‘yxati,
Корзина – o‘chirilgan xatlar, to‘liq o‘chirishga mo‘ljallangan xatlar ro‘yxati.
Internetda xat yozish, jo‘natish uchun Написать письмо tugmasini bosamiz.
Natijada bizga xat yozish uchun quyidagi ko‘rinishdagi oyna hosil bo‘ladi:
11
1) КОМУ maydoniga biz yuborayotgan tegishli shaxsning (xat yuboriladigan)
elektron pochta manzili kiritiladi.
2) КОПИЯ maydoniga xuddi shu mazmundagi xat boshqa manzillarga ham
jo‘natilishi zarur bo‘lganda, yuboriladigan mualliflarning elektron pochta manzillari
kiritiladi (manzillar vergul bilan bir-biridan ajratiladi).
3) СКРЫТАЯ maydoniga yuborilgan manzillarning yashirin ko‘rinishi.
4) ТЕМА maydonida yozilayotgan xat mavzusi (sarlavhasi) ko‘rsatiladi. Mavzu
kiritilmagan holatda ham xato hisoblanmaydi.
5) Keyingi katta darcha(oyna)ga yoziladigan xatning matni kiritiladi. Xatni yozib
bo‘lgandan keyin OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi. Natijada ekranda xat
jo‘natilganligi haqidagi xabar paydo bo‘ladi.
Agar birorta faylni qo‘shib yubormoqchi bo‘lsak, Прикипление belgisining
oldidagi [обзор...] tugmasini bosamiz. Bizdan faylning qayerda turganligini
so‘raydi, faylni joyini ko‘rsatgandan so‘ng, oynada shu fayl turgan joyni
ko‘rsatuvchi yozuv hosil bo‘ladi. Bir necha faylni qo‘shib yuborish uchun esa
Прикипление tugmasini bosib yuqoridagi ketma-ketlik bajariladi, unda ikkinchi
fayl qo‘shilganligini bildiruvchi yozuv chiqadi (uchinchi va hokazo o‘nta fayl ham
shu tartibda qo‘shiladi) va nihoyat OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi.
Bizga kelib tushgan xat mazmuni (bizga kelgan xatlar) bilan tanishish uchun
Bходящие bo‘limiga kiramiz. Natijada pochtamizga kelib tushgan xatlar ro‘yxati
hosil bo‘ladi.
Undan kerakli xatni yoki ixtiyoriy birorta xatni o‘qimoqchi bo‘lsak, uning
ustiga sichqonchani olib borib, chap tugmasini bosganimizda, ekranda kelgan
xatning to‘liq matni hosil bo‘ladi. Yangi kelgan xatlar yoki o‘qilmagan xatlar
quyuqroq (qalin) rang bilan alohida ajralib turadi. Matn bilan tanishib chiqqach,
lozim bo‘lsa, xatga javob yo‘llashimiz ham mumkin.
Nazorat savollari:
1.
Pochta sеrvеrlarining qanday turlarini va eng ommabop sеrvеrlarni bilasiz?
2.
Elеktron
pochta
ochish
(rеgistratsiyadan
o‘tkazish) kеtma-kеtligi
tushuntiring?
3.
Elеktron pochta ochishda qaysi bandlarni albatta to‘ldirish shart?
4.
Elеktron pochtada odatda qaysi papkalar mavjud bo‘ladi?
5.
Elеktron pochtada kеlgan xat matnini o‘qish tartibi?
6.
Elеktron pochta orqali xat yuborish (jo‘natish) tartibini keltiring?
7.
Elеktron pochta orqali kimgadir xat jo‘natish uchun nimani bilish yеtarli?
Elеktron pochta orqali xat jo‘natishda ilova fayllarni (xatga biror faylni qo‘shib
yuborish qo‘shib) jo‘natish qanday amalga oshiriladi?
Adabiyotlar ro`yxati:
1.
M.T.Azimjanova,
Muradova,
M.Pazilova,
Informatika
va
axborot
texnologiyalari, O’quv qo’llanma, Toshkent, 2013.
2.
M.Aripov, A.Madraximov, Informatika, informasion texnologiyalar,
Informatika, informasion texnologiyalar, Toshkent, 2004.
David A.P., John L.H. Computer Organization Design. USA, Morgan Kaufmann
Publishers, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |