4 – laboratoriya ishi
Ishning nomi: AVTOMOBILNING BO‘YLAMA VA KO‘NDALANG
TEKISLIKLARDAGI O‘TUVChANLIK RADIUSINI
ANIQLASH
Ishdan ko‘zlangan maqsad:
o‘tuvchanlikning bo‘ylama va ko‘ndalang tekislik-
lardagi radiusi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish
va qurish.
Kerakli asboblar:
sirkul qalam, chizgich, rezinka va kalkulyator
Nazariy ma’lumot:
O‘tuvchanlikning bo‘ylama radiusi:
pr
ushbu miqdor
avtomobilning oldingi va keyingi g‘ildiraklarining yo‘lga tegib turgan nuqtalari
va ular orasidagi eng past joylashgan nuqta orqali o‘tuvchi silindr radiusini
bildiradi; bo‘ylama radius orqali bo‘ylama to‘lqinsimon to‘siqlardan, tuproq
uyumlaridan, o‘rkachsimon joylardan o‘tuvchanlikni ta’minlash mumkin;
bo‘ylama radius miqdorini kichraytirish uchun g‘ildiraklar orasidagi masofa-bazani
kichraytirib, yo‘l prosvetini oshirish tavsiya etiladi.
O‘tuvchanlikning ko‘ndalang radiusi:
ushbu miqdor avtomobilning o‘ng va
chap g‘ildiraklari ichki qismining yo‘lga tegib turgan nuqtalari va ko‘prikning eng
past joylashgan nuqtasi (yo‘l prosveti) orqali o‘tkazilgan silindrning radiusini
bildiradi; bu ko‘rsatgich orqali avtomobilning yo‘l notekisliklaridan o‘ta olishi
ta’minlanadi.
Oldingi va orqa ko‘prik o‘qlarining o‘zaro ayqashish burchagi:
;
;
avtomobilning bo‘ylama o‘qiga nisbatan oldingi va orqa ko‘priklarning yo‘l
notekisliklariga moslashuvini xarakterlaydi, ya’ni ularning yo‘l sathi bilan
aloqasining uzilmasligini ta’minlaydi.
Oldingi va orqa g‘ildiraklar izlarining o‘zaro mos kelish koyeffisiyenti:
кей
ол
из
в
в
/
; (bu yerda
кей
ол
в
в
,
mos holda oldingi va keyingi g‘ildirak izlari);
ushbu koyeffisiyent qanchalik bir soniga yaqin bo‘lsa, yumshoq tuproqli yo‘llarda
harakatga qarshilik shunchalik kam bo‘ladi; botqoqli yo‘llarda esa aksincha
bo‘lishi mumkin.
Mashg‘ulotni bajarish tartibi
1.
Bo‘ylama tekislikdagi o‘tuvchanlik radiusini aniqlash
210x300 o‘lchamli millimetrovka qog‘ozga 1:20 yoki 1:30 masshtabda
avtomobil bazasini, hamda oldi va orqa g‘ildiraklarini chizamiz. Avtomobilning
oldi o‘qidan eng past nuqtasigacha va undan yergacha bo‘lgan masofani
aniqlaymiz va u nuqtani V harfi bilan belgilaymiz. Oldi va orqa g‘ildiraklarning
yer bilan kesishgan nuqtalarini A va S harfi bilan belgilaymiz. A, V va S
nuqtalardan o‘tuvchi aylana chizamiz va uning radiusini quyidagicha aniqlaymiz:
R
bo‘ylama
= m r
chizma,
m
Bu yerda m - chizma masshtabi, m/mm
r
chizma
- chizmadagi radius, mm.
r
chizma
2.
Ko‘ndalang tyekislikdagi o‘tuvchanlik radiusini aniqlash
210x300 formatli millimetrovka qog‘ozga avtomobilning oldi tomondan
ko‘rinishini 1:20 yoki 1:30 masshtabda chizamiz. Buning uchun avtomobilning
koleyasini aniqlaymiz va g‘ildiraklarini chizamiz. Yerdan ko‘prikkacha bo‘lgan
masofani aniqlaymiz va u nuqtani V harfi bilan belgilaymiz. Chap va o‘ng
g‘ildiraklarning ichki tomondan yer bilan tutashgan nuqtalarini A va S nuqtalar
bilan belgilaymiz va shu nuqtalardan o‘tuvchi aylananing radiusini aniqlaymiz.
R
ko‘ndalang
= m r
chizma,
m
Bu yerda m - chizma masshtabi, m/mm
r
chizma
- chizmadagi radius, mm.
Laboratoriya ishi bo‘yicha XULOSA:
A
B
C
r
Do'stlaringiz bilan baham: |