4- amaliy mashg‘ulot: Uzatilayotgan chastota polosa kengligi va simvollar ketma-ketligining tezligini hisoblash
«SEKAM» standarti rangli TV kompozit va komponentali kodlashtirish TV dasturi rangli signalini tashkil qilishda hamda yagona raqamli oqimda keyingi transportirovkasi bilan ovozli TV kodlashtirishda ikki ko‘rinishdagi tutashuv qo‘llaniladi: parallel – raqamli signallarni ichki berish uchun ASK TS yoki uzoq aloqa soliton optik tolali usulni qo‘llash orqali; ketma-ket – yagona transport oqimida TV dastur signallarini translyatsiya qilish uchun. Shuning uchun uzatilayotgan chastotalarning polosa kengligi, uzatishga mo‘ljallangan raqamli ma’lumotlar hajmi va qo‘llanilayotgan traktga qarab uzatish traktining yuqori chastotali o‘tkazish qobiliyatini bilish kerak. Har bir holatda sinxronizatsiya signallari bayt bo‘yicha, axborot signallaridan alohida uzatiladi.
Aloqa kanallari bo‘yicha uzatiladigan to‘g‘ri burchak shaklidagi impulslar davriy ketma-ketligi quyidagi ko‘rinishga ega (12.1-rasm):
12.1- rasm. Raqamli axborot tashuvchi signal shakli U{0;1}.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, uzatish davomiyligi U{0} va U{1} hamda taktlash davri ifoda orqali bog‘langan:
T = 2Ti , (12.1),
bu yerda T – ikkilamchi signallarni uzatish bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan holat uchun to‘liq davr U{0;1}; Ti – simvollar davomiyligi (elementar piksellar uzatish) U{0} yoki U{1}.
Bunday signal spektri doimiy tarkib, asosiy garmonika, bu chastotaning doim kamayib boruvchi toq garmonikalaridan iborat, uning spektri cheklanmagan (12.2-rasm):
12.2- rasm. Signal spektri.
Agar bunday signal polosasini FNCh yordamida ancha keskin AChX kesimi bilan cheklansa, impulslar shakli buziladi, chunki spektrning tarkibidagi chastotalarning bir qismi so‘nib qoladi.
Buzilishlar o‘sib borish davomiyligini ko‘paytirish, impulsning tushishi, tebranish o‘tish jarayonining paydo bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Bu uzatilayotgan impuls signalining mumkin bo‘lgan chastotasini cheklashga sabab bo‘ladi, ya’ni aloqa kanali bo‘yicha ikkilangan signallar uzatish tezligini cheklashda aks etadi.
tn impulsining o‘sib borish davomiyligi yuqori chegara chatotasi bilan bog‘liq PChF fv quyidagi tenglikda:
tn = 1 / (2fv) , (12.2)
agar kirish impulsi davomiyligi Titn bo‘lsa, u holda PChF chiqishida impuls amplitudasi kamayib boradi. Bu holat 12.3- rasmida shtrix chizig‘i bilan ko‘rsatilgan:
12.3- rasm. PChF chiqishida impuls amplitudasi kamayib borishi.
Ancha kam davomiylikda Ti aloqa kanali chiqishida ularning amplitudasi halaqitlar darajasi bilan taqqoslanadi, bu qabul qilish qurilmasi ishida xatoliklarga olib keladi. Uzatish davomida paydo bo‘ladigan o‘tish jarayonidagi tebranish hodisalari aloqa kanallari bo‘yicha uzatilayotgan chastotalarni cheklaydi.
Agar bu chastota juda katta bo‘lsa, bir impuls yordamida yaratilgan tebranishli o‘tish jarayoni keyingi impulsga yuklatiladi. Interferension deb nomlanuvchi halaqit paydo bo‘ladi, u qabul qilishda xatoliklarga olib kelishi mumkin. Qayd etilgan sabablar aloqa nazariyasi bo‘yicha ilk ishlardan ma’lum bo‘lgan shartlarga olib keladi: F o‘tkazish polosasi kengligi bilan aloqa kanali bo‘yicha ikki darajali impuls ko‘rinishida 2F bit axborot 1 sek. da, ya’ni aloqa kanali chastotasi polosasini qo‘llash samaradorligi quyidagidan iborat:
= (2F) / F = 2 (bit/s)/Gs , (12.3)
Shunday qilib, 243 Mbit/s tezlik bilan ikkilangan simvollarni uzatish uchun 121,5 MGs chastota polosasi kengligi bilan aloqa kanali zarur. U holda 4:2:2 formati standarti uchun uzatish tezligi shunday aniqlanadi:
Vps = fdyanya + 2fdsns , (12.4)
fdya = 13,5 MGs da, fds = fdya/ 2 = 6,75 MGs, nya = ns = 8 (601 tavsiya), uzatish tezligi Vps = 216 Mbit/s, kanal chastotasi polosasi kengligi f = 108 MHz. Raqamli TV eshittirish boshqa standart formati analogik aniqlash mumkin.
Standart kanal TV eshittirish, ShPP 8 MGs ga ega ham, 27 MHz polosa kengligiga ega sputnik kanal ham, raqamli TV signal uzatish uchun yaroqsiz. Bu past chastotali kadrlarda videoaloqaga ham taalluqli, TV signallarni uzatish uchun VCh va PCh yanada keng polosli chastota yoki axborot ortiqligini qisqartirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |