4- amaliy ish
Guruh:715-19 AXF Bajardi:Xolmiratov Samandar
Mavzu: N bitli skremblerni qurish va davrini hisoblash
Ishdan maqsad: skrembler qurish va davrini hisoblash bo‘yicha nazariy va amaliy bilim ko‘nikmaga ega bo‘lish.
Nazariy qism: Skrembler bu algoritmning dasturiy yoki apparat ko‘rinishida amalga oshirilgan holati bo‘lib, oqimli axborotni bitlar kesimida shifrlashni ta’minlaydi. Teskari aloqali suriladigan registri qarab chiqamiz (Linear Feedback Shift Register, qisqartmasi LFSR). 4.1- rasm. LFSR sxemasi Suriladigan registr bitlar ketm ketligini ifodalaydi (bitlar sonini suriadigan registr uzunligi aniqlab beradi). Qachonki bitlar ketma ketligini hosil qilmoqchi bo‘lganimizda har bir qadamda registr bir birlik o‘nga suriladi. Chap tomondagi bo‘sh qolgan registrning qiymati barcha bitlarning ikki modul bo‘yicha yig’indisiga teng bo‘ladi. Suriladigan registrning chiquvchi qiymati o‘ng tomondagi surilgan registr qiymatiga teng bo‘ladi. Ma’lum qadamlardan keyin skrembler yacheykalardagi bitlar kombinasiyasi takrorlanib qoladi. Bu muamodan qochib bo’lmaydi, 𝑁 razryadli sklember 2 𝑁 dan katta bo’lmagan bitlar kombinasiyasidan iborat bo‘ladi. Maksimum 2 𝑁 − 1 qadamdan keyin kombinasiya aniq takrorlanadi. Bu turdagi skrembler orqali generasiya qilingan bitlar ketma ketligi uzunligi eng uzun bo‘lgan ketma ketlik deb ataladi. Uzun bo‘lgan ketma ketlikni hosil qiladigan 𝑛 razrayadli skremblerni hosil qilish uchun primitiv ko‘phadlardan foydalaniladi. Bu ko‘phad – shunday 𝑛 darajali ko‘phadki modul 2 bo‘yicha, 𝑥 2 𝑛−1 + 1 ning bo‘luvchisi hisoblanadi, lekin 𝑥 𝑑 + 1 ning bo‘luvchisi emas, bu yerda 𝑑 - 2 𝑛 − 1 bo‘luvchiilari. 𝑛 darajali bo‘linmaydigan ko‘phad, o‘zi va 1 dan boshqa ko‘paytuvchlarga ajralmaydigan ko‘phaddir. Tanlab olingan 𝑛 darajali primitiv ko‘phad ikkilik ko‘rinishda ifodalanib, eng kichik razrayadga ega bo‘lgan birlik tashab yubriladi. Misol uchun razryadi 7 ga, ketma ketlik davri 𝑇 = 7: ga teng bo‘lgan skremblerni ko‘rib chiqamiz. Dastlabki kalit sifatida (79)10 = (1001111)2 qiymatni olamiz. Registrni surish natijasida yangi hosi to‘ldirilishi kerak bo‘lgan bit qiymati, 7 va 3 registr qiymatlarining 𝑋𝑂𝑅 langaniga teng bo‘ladi.
Topshiriq 1.
1. 𝑛 −razryadli skremblerdan foydalangan holda shifrlash kalitini generasiya qiladigan funksiya yozish (𝑛 qiymati ko‘phadning darajasiga bog‘liq, variantda ko‘rsatilgan). Ketma ketlik davri topiladi.
2. Generasiya qilingan kalit yordamida ochiq matnni shifrlaydigan va shifr matnni deshifrlaydigan funksiya yozish (ochiq matn sifatida Ism familiy olinadi).
17-variant
Do'stlaringiz bilan baham: |