38°52′01″N 65°48′0″E / 38. 86694°N 65. 80000°E



Download 41,5 Kb.
Sana08.08.2021
Hajmi41,5 Kb.
#142275
Bog'liq
Qarshi (Қарши;-WPS Office


Qarshi (Қарши; Moʻgʻulcha: Харш, arabcha: نسف - Nasaf; arabcha: نخشب - Naxshab, Behbudiy); (1926 37 yillarda Behbudiy) — Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro temir yo'l va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Maydoni 7,5 ming ga. Aholisi 220 ming kishi (2005). Qarshi Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, 14-asrdan Qarshi deb atala boshlagan.

Qarshi


shahar

38°52′01″N 65°48′0″E / 38.86694°N 65.80000°E

Mamlakat

Oʻzbekiston

Viloyat

Qashqadaryo viloyati

Aholisi

197 600


Vaqt mintaqasi

UTC+5


Qarshi на картеQarshiQarshi

"Qarshi" nomining kelib chiqishi toʻgrisida turli fikr va taxminlar mavjud. V.V. Bartold shaharning nomi moʻgʻul xoni Kepakxon qurdirgan "Qarshi" (qad. turkiychada "saroy" maʼnosini anglatgan) bilan bogliq deb taʼkidlaydi. "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga yoʻllovchi bilim") dostonida "Qarshi" atamasi "saroy" va "qarama-qarshi turish" maʼnosida qoʻllangan. "Boburnoma"da ham bu nom moʻgʻul tilidan olinganligi taʼkidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning "qarshi" — saroy, qasr maʼnolari koʻproq qoʻllanadi. Dastlabki shahar Qashqadaryo vohasida "Naxshab" (suv obod qilgan, suv naqsh bergan manzil) nomi bilan miloddan avvalgi 7-asrda Yerqoʻrgʻon oʻrnida vujudga kelib, uning atrofi qalʼa devori bilan oʻrab olingan (ushbu qalʼa devorlarining qoldiqlari arxeologlar tomonidan 1999 yilda oʻrganilgan). Shaharning yana bir nomi Novtak — Navtaka — yangi bino deb ham talqin qilinadi. Miloddan avvalgi 6-asrda shahar kengayib, ichki devor bilan oʻralib (hozirgi saqlangan), maydoni 35 ga ni tashkil etgan. Aleksandr Makedoniyalik bosqini davrida shahar vayron qilingan. Shundan keyin uning vohadagi yetakchi shahar sifatidagi maqomi pasayib borgan. Miloddan avvalgi 3—2-asrlarda shahar tashqi qalʼa devori bilan oʻralgan (maydoni 150 ga boʻlgan). 2—1-asrlarda (hozirgi temir yoʻl stansiyasi hududida) yangi harbiy-siyosiy markaz maqomini olgan ZahhokiMoron qalʼasi bunyod etildi. Bu qalʼa ham Naxshab nomini olib asta-sekin kengaya bordi (qoldiqlari hozirgi Shulluktepa deb ataladi). Kidariylar oʻz qarorgohini 468 yilda yangi Naxshabga koʻchirdilar. 710 yilda arablar shahar (Naxshab arabcha talaffuzda "Nasaf") va uning atrofidagi hududlarni bosib oldilar. 9—13-asrlarda Naxshab (Nasaf) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topdi. 10-asrda Nasafda oʻsha davr musulmon olamida ilmiy kongress — "majlisi tadris" oʻtkazilgan. Oʻrta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Rossiya va Yevropa davlatlari bilan bogʻlagan muhim karvon yoʻllari oʻtgan, savdohunarmandchilik rivojlangan.



1220-yilda Nasafni Chingizxon qoʻshinlari vayron qildi. Undan keyingi davrda (14-asrda) voha markazi 3marta hozirgi Qarshi shahrining eski shahar qismi oʻrnida qayta tiklandi. Chigʻatoy ulusi xoni Kepakxon (131826) Nasafdan 2 farsax (12– 14 km) uzoqlikda qasr qurdirib, poytaxtni Qarshi deb atalgan bu qalʼaga koʻchirgan. Shahar hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, bino qoldiqlari Qarshida 14-asrning 1-yarmida bir qancha koshinkor imoratlar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.14-asrning 2-yarmida shahar qoʻrgʻoni atrofi gʻisht va paxsa devor bilan oʻralgan, shaharda Odina masjidi qurilgan. Qalʼa atrofida 2,5–3 m chuqurlikda xandaq qazilgan Xandaqustida4taqoʻtarma qoʻprik boʻlgan. Shahar qoʻrgoni hududi 40 ga ni tashkil etgan. 16-asrda shahar yaqinida yirik Namozgoh masjidi (hozirgi meʼmoriy yodgorlik), hammom binolari qadimiy koʻtargan. Ashtarxoniylar davridan Qarshi Buxoro taxti merosxoʻrlari turadigan joyga aylandi. Imomqulixon davrida (1614—15 yillarda) Qashqadaryodan Qarshi choʻliga kanal chiqarilgan. 17—18-asrlarda Qarshi Qashqadaryo vohasidagi birinchi shaharga aylandi. Qarshi 16-asrdan 20-asr boshlarigacha Buxoro xonligi (amirligi)ning Qarshi bekligi nufuzli markazi boʻlgan. Hunarmandchilik rivojlangan, pul zarb qilingan. Mangʻitiylar davrida Qarshida hammom, madrasa, xonaqoh, sardoba va sugʻorish inshootlari bunyod etilgan. Shahar va uning atrofi obodonlashgan. Vengriyalik olim Xerman Vamberi 1863 yilda Qarshida boʻlib, shaharda 10 ta karvonsaroy, katta bozor boʻlganligini yozadi. Aholisining 25 mingga yaqin asosiy qismi oʻzbeklar deb taʼkidlaydi.Paxta tozalash, yogʻekstraksiya, sut, pivo, motor taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, uysozlik, plastmassa buyumlari zavodlari, goʻsht va un ktlari, tikuvchilik fabrikasi, qurilish materiallari, temir yoʻl transporti, toʻqimachilik korxonalagsh bor. 7 qoʻshma korxona, jumladan Uzbekiston—Turkiya qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. Tuksiz gilamlar (paloslar) ishlab chiqariladi. "Yerqoʻrgʻon" ulgurji, "Osiyo" qurilish, "Farhod" xoʻjalik mollari bozorlari va boshqalar mavjud. Qarshi davlat unti, Qarshi muhandislikiqtisodiyot instituti, tibbiyot, ped. va boshqalar jami 13 kasb-hunar kolleji, 3 akademik litsey, 9 litsey va litseyinternat, 2 gimnaziya, 44 umumiy taʼlim, shuningdek, bolalar musiqa maktablari, 4 teatr (shu jumladan, viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri va boshqalar), viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, filarmoniya, 13 kutubxona, 5 klub, 3 madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat koʻrsatadi. 22 kasalxona, ambulatoriyapoliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Qarshi — Toshkent, Qarshi — Samarqand, Qarshi — Buxoro va boshqalar yoʻnalishlarda xamda tuman markazlariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi. Qarshi aeroportidan Qarshi — Moskva, Qarshi — Andijon, Qarshi — Toshkent yoʻnalishlaridagi havo yoʻllarida samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Qarshida Koʻkgumbaz masjidi (16-asr), qadimiy hammom (16-asr), Qashqadaryo ustidagi qadimiy koʻprik (1583), Sharofboy madrasasi (18-asr boshlarida), Charmgar masjidi (19-asr oʻrtalari), Bektemir madrasasi (1905), Xoja Abdulaziz madrasasi (19a), Qilichbek madrasasi (19-asr) va boshqalar meʼmoriy obidalar saklanib qolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29 sentyabrdagi "Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida"gi qarori va Uzbekiston Resggublikasi Prezidentining 2005 yil 26 iyuldagi "Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga doir qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroridan keyin shaharda keng koʻlamda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Koʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va boshqalar meʼmoriy obidalar taʼmirlandi. Shaharda "Nasaf", "Geolog" sport majmualari, tennis korti, yopiq choʻmilish havzasi, sportsogʻlomlashtirish inshootlari, 20 ming oʻrinlik stadion, Olimpiya zaxiralari sport kolleji va boshqalar qurilmoqda. Viloyat teleradiokompaniyasi, Qarshi jamoatchilik va Qashqadaryo kabel televideniyelari ishlab turibdi. 1999 ydan "Nasaf" shahar gaz. chiqariladi.

Qarshidan "Nasafiy" taxallusi bilan koʻplab olimlar, shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Alisher Navoiyning "Majolis unnafois" asarida tilga olingan Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy, undan tashqari, Mahmud Nasafiy (musiqa va sanʼat sohasida), Qusam Shayxlar (diniy ilmlar sohasida) shuhrat qozonganlar.

Ilk tarixi (er.av. VIII-IV asrlar) Tahrirlash

Qarshi shahrining tarixi eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarga borib taqaladi. Yerqoʻrgʻonda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida, ayni shu davrda Qarshi shahar sifatida shakllanganligi va qalin devor bilan oʻralganligi maʼlum boʻldi. Yirik savdo yoʻllariga yaqin joylashgan bu shahar Soʻgʻdiyonaning yirik shaharlaridan biriga aylandi.

Qarshi 545-539 yillarda Kir II sharqiy Eron viloyatlari va Markaziy Osiyodagi Xorazm, Soʻgʻdiyona, Margʻiyona viloyatlari va sak qabilalarini oʻziga boʻysindirdi. Naxshab ham Soʻgʻdiyonaning bir qismi sifatida Ahamoniylar hukmdorligi ostiga oʻtdi.

Ellin madaniyati davri (er.av. IV-II asrlar) Tahrirlash

Naxshab eramizdan avvalgi IV asrda makedoniyalik Iskandar tomonidan ishgʻol qilindi. Iskandar, salavkiylar va Yunon-Baqtriya davrida bu yerda ellin madaniyati keng tarqaldi.

Naxshab soʻzi ilk bor hozirgi Afgʻoniston hududidan topilgan, er.av. 328 yilda bitilgan, oromiy tilidagi hujjatda tilga olingan. Unda Xulma Bagavand hokimining Niksap (Naxshab) va Kish (Kesh, Shahrisabz) himoya devorlarini tuzatish uchun oʻz askarlarini joʻnatganligi xabar qilingan.

Islomgacha boʻlgan davr (er.av. II - eramizning VII asri) Tahrirlash

Miloddan avvalgi II asrda Naxshab Parfiyona davlati tarkibiga kirdi. Bu davrda Naxshab ikki qatlamli devor bilan oʻralgan. Ikkinchi himoya devori 150 gektarga yaqin xududni tashqi xavfdan saqlab turgan. Yerqoʻrgʻon tashqi devori asosi 8 metr qalinlikda boʻlib, har 60 metrda yarim doirali minoralar boʻlgan. Devorning tepa qismida devor ichi koridori, oʻq-yoychilar xonalari mavjud boʻlgan.

Xionitlar va eftalitlar davrida Naxshab gullab yashnadi, Soʻgʻd vohasining savdo, hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi.

V asrda shaharda dahshatli yongʻin yuz berdi. Butun shahar yonig kul boʻldi. Undan keyin Naxshab tiklangan boʻlsa-da, turk hoqonlari va sosoniylar xujumlari natijasida xarobaga aylandi. Faqat VI asr oxiri VII asr boshlaridagina tashlandiq shahar xarobalari ustida kulollar maxallasi bunyod etildi va asta-sekin shahar oʻzini tiklay boshladi.

Islom fathidan keyingi Naxshab Tahrirlash

VIII asrning boshida Mavarounnahrning boshqa shaharlari kabi Naxshab ham fath etildi. Shahar esa endi Nasaf deb atala boshladi. Shaharda ilk masjid qurildi. Istaxri, Ibn Xavqal va Muqaddasiy kabi musulmon joʻgʻrofiyunlarining bergan maʼlumotiga koʻra, Naxshab qalin devor bilan oʻralgan va toʻrt darvozaga ega boʻlgan.

Savdo yoʻllarining xavfsizligi, tarixda birinchi chek tizimi yoʻlga qoʻyilishi, islomdan oldingi savdogarlardan olinadigan soliqlarning bekor qilinishi butun xalifalikda boʻlgani kabi Nasafda ham savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishiga olib keldi.

IX asrning boshida Nasaf Somoniylar tarkibiga kirdi. XI asrda qoraxoniylar qoʻliga oʻtdi. Moʻgʻullar bosqini arafasida Nasaf Xorazm sultonligi tarkibiga kirar edi.

Moʻgʻullar davrida Nasaf (XIII-XIV asrlar) Tahrirlash

XIII asrning 20-yillarida Nasaf Chingizxon tarafidan vayron etildi. Aholining koʻpchiligi qirib yuborildi. Masjid va madrasalar vayron etildi.

XIV asrning boshlariga kelib Nasaf oʻzining mavqeini birmuncha tiklay boshladi. 1320 yilda Chigʻatoy ulusini qoʻlga kiritgan Kebekxon Nasafni oʻzining poytaxtiga aylantirdi. Nasafga muhabbati baland boʻlgan Kebekxon undan biroz quyiroqda saroy qurdirdi va bu saroy el orasida "Qarshi" yani moʻgʻulcha 'saroy' degan nom bilan mashhur boʻldi. Nasaf aholisi sekin-asta Qarshi atrofiga koʻchib oʻta boshladi. Mana shu paytdan boshlab Qarshi Nasafning ikkinchi nomiga aylandi va XIX asrga kelib Nasaf nomini isteʼmoldan chiqardi.

Qiziq maʼlumot: Kebekxon pul islohoti oʻtkazgan. Uning chiqargan pullari xalq orasida "kepaki" deb atala boshlangan. Qizigʻi shundaki, rus tilidagi "kopeyka" soʻzi bilan bu soʻz talaffuz jihatdan juda yaqin. Kebekxon davrida moʻgʻullarning Rusya ustidagi taʼsirini hisobga oladigan boʻlsak, "kopeyka"ning "kepaki"dan olingani unchalik ajablanarli emas.

Temuriylar davrida Nasaf (XIV-XVI asrlar) Tahrirlash

Amir Temur strategik ahamiyatga molik boʻlgan Nasafni himoya devori bilan oʻratdi. Ammo, Amir Temurning vatani boʻlgan Keshning mavqei koʻtarilishi natijasida Nasaf biroz etibordan qoldi. Shuning uchun temuriylar davridan biron koʻzga koʻrinarlik yodgorlik qolmagan.

Shayboniylar, ashtarxoniylar davrida Qarshi (XVI-XVIII asrlar) Tahrirlash

Qarshi shayboniylar hukmronligi ostiga oʻtgandan soʻng tez rivojlana boshladi. Shayboniylar davrida Qashqadaryo daryosi ustiga koʻprik qurildi va bu inshoat hozirgacha saqlanib qolgan. Undan tashqari Koʻkgumbaz jome' masjidi kabi obidalarning koʻpchiligi aynan shayboniylar davrida barpo etilgan.

Qarshi Buxoro amirligi davrida (XVIII-XX asrlar) Tahrirlash

1785 yilda Amir Shoh Murod oʻzini amir deb e'lon qildi va Buxoro xonligi amirlikka aylantirildi. Buxoro amirligi davrida Qarshi amirlikning ikkinchi ahamiyatga ega boʻlgan shahriga aylandi. Hatto nufuzi va hajmi jihatdan Samarqandni ham ortda qoldirgan Qarshi, Buxoro amirligi valiahdlarining (yani taxt vorislarining) rasmiy qarorgohi boʻlib qoldi.

Oxirgi Buxoro amiri Said Olimxon 1898 yildan 1910 yilgacha Nasaf voliysi vazifasini bajardi.

Shoʻrolar davrida Qarshi Tahrirlash

1919 yilda Mahmudxoʻja Behbudiy Qarshida qatl etilgandan soʻng, shahar 1926 yildan 1937 yilgacha Behbudiy deb atala boshladi.[1] Ammo, keyinchalik aholi koʻnikkan Qarshi nomi qaytarildi.

Shoʻrolar davrida Qarshi asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan Qashqadaryo viloyatining markaziga aylandi. Shaharda boshqa shaharlar kabi shoʻrolar arxitekturasiga oid binolar qurildi. Bir-biridan uncha farq qilmaydigan, koʻrimsiz koʻp qavatli binolar oʻzbek mahallalariga muqobil oʻlaroq koʻplab qurila boshladi. Bu esa Qarshining qadimiylik ulugʻvorlik siyogʻini yoʻqotishiga olib keldi. Ba'zi masjid-madrasalar omborxona hatto qiynoqlar qoʻllanadigan turmaxonalarga aylantirildi. "Toshturma" degan sovuq nomga ega boʻlgan bunday turmalardan biri shaharning 2700 yilligi yubileyiga qadar oʻz vazifasini bajarib keldi.



Nasaf, Naxshab — Qarshi vohasida, Qashqadaryoning quyi oqimi boʻylarida joylashgan oʻrta asr shahri va viloyati nomi. N. shahri Karshi shahridan 8 km shim.gʻarbdagi Shulluktepa shahar harobasi oʻrnida boʻlgan. 7—8-asrlarda N.da ot tasviri, G — belgisi va turkiy chehra hokim rasmi tushirilgan mis tangalar zarb qilingan. 8-asrning 2-yarmidan bu tangalar fels deb atalgan. Arablar istilosidan soʻng N. viloyatning maʼmuriy markazi boʻlgan. N. oʻrta asrlarda 3 qismdan — ark, shahriston va raboddan tashkil topgan, mudofaa devori bilan oʻralgan, 4 ta darvozasi — Buxoro, Samarqand, Kesh va Gubdin darvozalari boʻlgan. 10-asrda ark harobaga aylanib, hayot keng rabodda davom etgan. Hokim uyi va qamoqxona daryo boʻyidagi Rasal qantara — koʻprik boshi degan yerda joylashgan, jome masjidi rabodda, Gubdin darvozasi oldida boʻlgan, shahar bozor bilan hokim uyi oraligʻida joylashgan. 14-asrda N. Qarshi nomini olgan.
Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish