Tuxum Yerga kirib chechak bo’ldi.
Qurt jonidan kechib, ipak bo’ldi
Lola tuximicha g’ayrating yo’qmi.
Ipak qurticha himmating yo’qmi.
Tuzuvchi.Nodir Choriyev.
+99897 222 29 21
@Nodir_Uralovich
42-Variant.
1. Xiva xonligida rasman 12 kunlik davlat majburiyati nima deb atalgan?
A) hachi B) ichki va obxo`ra qazu
C) qazu D) begar
2. Xiva xonligida ba’zi hollarda barcha soliq yilning boshidayoq yoki bir necha yillik soliq avvaldan undirilishi mumkin edi. Soliqqa tortishning bu shakli qanday atalgan?
A) Bo’nak B) Barot
C) Xosa D) Hachi
3. Xorazm davlati (keyinchalik Xiva xonligi)
tarixida poytaxt maqomiga ega bo‘lgan shaharlarni aniqlang.
1. Ko‘hna Urganch 2. Vazir 3. Hazorasp
4. Yangi Urganch 5. Xiva
A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,4,5
4.Quyidagi ma’lumotlardan nechtasida xatolik mavjud?
1. Davlat yerlarining bir qismi xon va uning qarindosh-urug‘lariga hamda oliy martabali ruhoniylarga tegishli bo‘lgan.
2.Davlat yerlarining bir qismi xususiy mulk shaklida sotilgan. Shu tariqa, yer egaligining mulk (xususiy yerlar) shakli vujudga kelgan. Yerning xususiy mulk qilib sotilganligi haqida davlat nomidan bitim imzolangan. Shundan so‘ng yerning sotib olinganligi haqida mulk egasiga vasiqa berilgan
3. Ijaraga olingan 15 tanob yerga ishlov beruvchi yersiz dehqonlar 30 kumush tanga miqdorida soliq to‘lagan.
4. Xiva xonligida shartli (vaqtincha) yer egaligining boshqa ikki o‘zbek davlatlarida mavjud bo‘lmagan otliq deb atalgan shakli ham mavjud edi.
5. ,,Otliq“ olgan yer egasi xon talab qilgan vaqtda bir otliq
askarni qurollantirib xon huzuriga yuborgan.
6. Otliq“ yerlari har besh yilda bir marta qayta xatlovdan o’tkazilgan
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
5. Xivadagi Kalta minor nomi bilan mashhur minora qayеrda joylashgan?
A) Ichan qal`aning g`arbiy qismidagi Ko`hna ark yonida
B) Ichan qal`aning sharqiy qismidagi Ota darvoza yonida
C) Ichan qal`aning janubiy qismidagi Ko`hna ark yonida
D) Olloqulixon qurdirgan karvonsaroy yonida
6. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang.
1. Xorazmshoh ma’muniylar tashkil etgan ilm-fan markazi (Ma’mun akademiyasi)da zamonasining Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi o!nlab allomalari shu ilm maskanida faoliyat yuritdilar.
2. Amudaryo o‘z o‘zanini o'zgartirib Kaspiy dengiziga emas, Orol dengiziga quyila boshlashi tufayli Gurganj shahri suvsiz qoldi. Natijada, odamlar har tomonga ko‘chib keta boshlagan
3. Xivaning mashhurligi bunyod etilgan davrlardanoq u orqali Sharq bilan G‘arbni bog’lovchi savdo yo‘li o’tganligi bilan izohlanadi.
4. Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari O‘rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana - inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul ,,qo‘sh“ deb ataladi.
5. Binolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal qilingan. Masalan, Bog’cha darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi.
A) 1,2,3,5 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,4,5
7.. Xonlikdan, asosan, qorako‘l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari qaysi davlatlarga eksport qilingan?
A) Eron, Hindiston, Xitoy va Rossiya davlatlariga
B) Afg’oniston, Hindiston, Xitoy va Usmonli davlatlariga
C) Eron, Afg’oniston, Xitoy va Usmonli davlatlariga
D) Eron, Hindiston, Xitoy va Usmonli davlatlariga
8. Xiva xonligining qaysi davlatlar bilan savdo qiluvchi savdogarlari „buxorochi“ deb atalgan?
A) Buxoro
Do'stlaringiz bilan baham: |