Tuxum Yerga kirib chechak bo’ldi.
Qurt jonidan kechib, ipak bo’ldi
Lola tuximicha g’ayrating yo’qmi.
Ipak qurticha himmating yo’qmi.
Tuzuvchi.Nodir Choriyev.
+99897 222 29 21
@Nodir_Uralovich
46-Variant
1. 1469-yilda Abu Said ibn sulton Muhammad vafot etganidan keyin Movarounnahrda hukmronlik qilgan hukmdorlar ketma-ketlikda tog`ri joylashtirilgan javob variantini aniqlang.
1.Sulton Ali Mirzo .2.Sulton Ahmad.
3.Boysung`ur Mirzo 4.Sulton Mahmud
A) 1,3,2,4 B) 3,2,4,1 C) 2,4,3,1 D) 4,2,1,3
2. Xorazm, Xuroson, Movarounnharni o`z ichiga olgan hududda Muhammad Shayboniyxonning hukmronligi o`rnatilgan paytda Eron shohi kim edi?
A) Shoh Abbos I B) Ismoil Safaviy
C) Sulton Husayn D) Mir Mahmud
3. Ma`lumki, Muhammad Shayboniyxon va Eron shohi Ismoil Safaviy qo`shinlari o`rtasida to`qnashuv qachon bo`lib o`tdi va bu jangda Ismoil Safaviy jangda g`alaba qozonadi. Bu g`alab tufayli shoh Ismoil butun…………ni egallaydi
A) Xuroson B) Movarounnahr
C) Xorazm D) Dashti Qipchoq
4. Navro’z Ahmadxon va Iskandarxonlar o’rtasi sulh tuzilgach Abdulla qayerga qaytdi?
A)Karmanaga B)Miyonqolga
C)Shahrisabzga D)Samarqandga
5. Ichki nizorlardan foydalangan Eron shohi Abbos Buxoro xonligigining qaysi hududlarini egallaydi?
1.Nishopur 2.Samarqand 3.Axsi 4.Mashhad
5.Andijon 6.Sabzavor 7.Toshkent 8.Hirot
A) 2,3,5,7 B) 1,2,4,7 C) 1,3,4,8 D) 1,4,6,8
6. Nechanchi asrga kelib Rossiya O’rta Osiyo va Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq aloqalarida kamsitish siyosatini yurita boshladi va boj to’lovi miqdorini oshirdi.
A) XV asr B) XVI asr
C) XVII asr D) XVIII asr
7. Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida ta`limga oid to`g`ri berilgan javobni aniqlang.
1. XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko`plab maktablar faoliyat yuritgan
2.o`g`il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o`qitilgan
3.o`g`il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo`jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan
4.qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o`qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan
5.bolalar maktabga 5-6 yoshdan berilgan
6.bolalar maktbabda 5-8 yil davomida boshlang`ich ta`lim olganlar
A) 1,3,4,5 B) 1,2,4,6 C) 1,2,3,4,6 D) 1,2,3,4
8. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishisudlov ishlarini amalga oshirishdan tashqari, boquvchisini yo’qotganlarning, beva-bechoralarning haq-huquqlari nechog’lik himoya qilinayotganligi ustidan nazorat olib borgan?
A) Muftiy B) Qozikalon
C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom
9. Amir Nasrullo harbiy islohotiga ko‘ra vujudga kelgan muntazam qo‘shin turlarini aniqlang.
1. Sarboz 2. Navkar 3. To'pchi
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,3
10. 2018-yilning 6-10-sentabr kunlari Xalqaro maqom san’ati anjumani qayerda bo’lib o’tdi?
A) Toshkent B) Dushanbe
C) Shahrisabz D) Buxoro
11. 2018-yilning 6-10-sentabr kunlari bo’lib o’tgan Xalqaro maqom san’ati anjumanida nechta davlatdan yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoalar ishtirok etishadi?
A) 73 ta B) 100 ga yaqin
C) 50 ta D) 300 ga yaqin
12. “Tarixi Jahonkushoy” asari 3 qismdan iborat bo’lib, uchinchi qismida ….?
A) Xulokuxonning Eronni zabt etishi kabi voqealar
tarixi yoritilgan
B) Chingizxonning istilochilik urushlari, shuningdek, Jo'jixon va Chig‘atoy hamda ulaming avlodlari tarixi haqida hikoya qiladi
C) Xorazmshohlar va Xurosonning mo‘g‘ul hukmdorlari davri tarixiga bag'ishlangan
D) Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon o’rtasidagi qarama qarishiliklar
13. Qaysi Buxoro amiri Qur’oni Karimni yoddan bilardi?
A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar
C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
14.Asfandiyorxon Xiva taxtini egallagach, Abulg`oziyXivaga qaytadi va akasi uni qayerga hokim etib tayinlaydi?
A) Hazorasp B) Urganch
C) Vazir D) Xiva
15. Xiva xonligida ichki kurashlarda ma’lum muddat turkmanlarning qaysi urug’i qo’li baland kelib turadi?
A) Qo’ldovli B) Yovmut
C) Junayd D) Qo’blan
16. Turkmanlarning yovmut qabilasi qachon Xivada hokimyatni qo’lga oladilar?
A) 1760-yil B) 1763-yil
C) 1764-yil D) 1767-yil
17.Quyidagilardan XIX asrning dastlabki choragida bo’lib o’tgan voqealarni aniqlang.
1.Xiva xoni Olloqulixon vafot etdi.
2.Xiva xoni Eltuzar Xiva -Buxoro urushida halok bo’ldi.
3.Rassiya tomonidan Xivaga A.Bekovich-Cherkaskiy boshchiligida ekspeditsiya jo’natildi.
4.Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi vujudga keldi.
5.Xiva xoni Muhammad Rahimxon I Marvni Buxorodan qaytarib oldi.
A)2,3,5. B)1,3,4. C)2,4,5. D)3,4,5.
18. Xiva xonligida kimning hukmronligi davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi va uning hududlari yanada kengaytirildi?
A) Muhammad Amin inoq
B) Olloqulixon
C) Avaz Muhammad inoq
D) Muhammad Rahimxon I
19. Muhammad Rahimxon I nomi bilan bog’liq ma’lumotlarni belgilang.
1. Mamlakatda nisbiy barqarorolik ta’minlandi
2. Soliq tizimida islohotlar o’tkazildi
3. Zarbxona tashkil etildi
4. Bojxona xizmati joriy etiladi
A) 1,2,3 B) 2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,4,5
20. Olloqulixon xonligi davrida qaysi madrasalar qaytadan quriladi?
A) Sherg’ozixon va Abulg’ozixon
B) Muhammad Amin inoq va Arabxon
C) Rahimqulixon va Sherg’ozixon
D) Qutlug’morod inoq va Pahlavon Mahmud
21.Xiva xonligidagi Toshhovli saroyi kimning davrida bunyod etiladi?
A) Muhammad Amin inoq
B) Olloqulixon
C) Avaz Muhammad inoq
D) Muhammad Rahimxon I
22. Quyidagi javoblardan Xiva xonligida oid to`g`ri javoblarni belgilang
1.Xiva-Rossiya munosabatlarida muhim jihat shu ediki, o`zaro savdodan har ikkila davlat ham birdek manfaatdor edi
2.Xivaga savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo`llari xavfsiz edi
3.Rossiya Xiva xonligiga o`z mahsulotlarni sotadigan bozor deb qarar edi
4.Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o`lka ham hisoblanardi
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3,4
23.Rossiya O‘rta juz va Kichik juz xonliklarini bo‘ysundirgach, endi Rossiya chegarasi bevosita Xiva xonligi chegarasiga yaqinlashib qoldi. Bunday sharoitda Xiva xonligi qaysi hududning ikki davlat o‘rtasida bir-birini ajratib turuvchi hudud bo‘lib qolishi uchun harakat qildi?
A) Afg’oniston B) Turkman yerlari
C) Qozoq cho‘llari D) Eron hududi
24. „Shajarayi turk va mo‘g‘ul“ asarining „Taqi Shaybonxon avlodidin Xorazm mamlakatinda podshohlik qilg‘onlamingzikri“ deb nomlangan I bobi Xorazmning qaysi yillardagi tarixiga bag‘ishlangan?
A) 1510-1660-yillar B) 1517-1663-yillar
C) 1512-1663-yillar D) 1512-1664-yillar
25. Xiva xonligida Madrasa ta’limning oliy bosqichi bo‘lib, unda diniy ilm bilan birgalikda yana qaysi fanlar o'qitilgan?
1. arab tili grammatikasi 2. Mantiq 3. nutq madaniyati 4. Geometriya 5. Matematika 6. Geografiya 7. Ttarix
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,5,6,7
C) 1,3,4,5,6,7 D) 1,2,3,4,5,6
26. Taniqli sharqshunos olim N.Vasilevskiyning asarlari to`g`ri bеrilgan javobni aniqlang
1.«O`rta Osiyo bo`ylab sayohat»»
2.«Inoqlar hukmronligi»
3. «O`zbеklar Xorazmda»
4. «Qo`ng`irotlar sulolasi»
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 1,3,4 D) 1,2,4
27. «Rossiyaning kеyingi 300 yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi» asarining muallifini aniqlang
A) X .Vambеri B) S.Jukovskiy
C) N.Vasilevskiy D) N.Ignatyev
28. „Xiva xonligida feodal yer egaligi va
davlat tuzilishi“ asari muallifini aniqlang.
A) D.Alimova B) akademik M. Yo’ldoshev
C) akademik Y. G‘ulomov D) I Mo’minov
29. X-XI asrlarda qaraqalpoqlarning davlati ham tashkil etilgan. O‘z hukmdori va davlat boshqaruvi tizimiga ega bo‘lgan qaysi shahar poytaxt etib belgilangan.
A) Kadesh B) Shumanay
C) Kerder D) Mo’ynaq
30.Quyidagi rasmda keltirilgan hududni aniqlang.
A)Xiva. B)Buxoro.
C)Toshkent. D)Samarqand.
Tuxum Yerga kirib chechak bo’ldi.
Qurt jonidan kechib, ipak bo’ldi
Lola tuximicha g’ayrating yo’qmi.
Ipak qurticha himmating yo’qmi.
Tuzuvchi.Nodir Choriyev.
+99897 222 29 21
@Nodir_Uralovich
Do'stlaringiz bilan baham: |