32-mavzu. Valyuta munosabatlari, to`lov balansi va uning taqchilligi. Xalqaro savdo



Download 73,36 Kb.
bet9/18
Sana08.07.2022
Hajmi73,36 Kb.
#758185
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
VALYUTA MUNOSABATLARI, TO`LOV BALANSI VA UNING TAQCHILLIGI. XALQARO SAVDO

Zamonaviy protektsionizmning ham asosiy maqsadi ichki bozorda milliy ishlab chiqaruvchilar uchun nisbatan qulay sharoitlar yaratish hamda ularni xorijiy ishlab chiqaruvchilar raqobatidan himoyalash hisoblanadi, biroq uning usul va vositalari oʻzining moslashuvchanligi bilan klassik protektsionizmdan farq qiladi.
Qiyosiy xarajatlar nazariyasiga koʻra erkin savdo tufayli, jahon xoʻjaligi resurslarni samarali joylashtirishga va moddiy farovonlikning yuqori darajasiga erishishi mumkin. Protektsionizm, ya’ni erkin savdo yoʻlidagi toʻsiqlar xalqaro ixtisoslashuvdan olinadigan nafni kamaytiradi yoki yoʻqqa chiqaradi.
Erkin savdo yoʻlida juda koʻp toʻsiqlar mavjud boʻladi. Ularning asosiylari quyidagilar:
1) boj toʻlovlari. Boj toʻlovlari import tovarlarga aktsiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
2) import kvotalari. Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oraligʻida import qilinishi mumkin boʻlgan tovarlarning maksimal hajmi oʻrnatiladi;
3) tarifsiz toʻsiqlar. Tarifsiz toʻsiqlar tarkibiga litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qoʻyish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar kiradi;
4) eksportni ixtiyoriy cheklash. Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo toʻsiqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari oʻzlarining ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.
Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida oʻzlarining davlatlararo ixtisoslashuvini rivojlantirishi, oʻzlarining resurslari unumdorligini oshirish va shu orqali ishlab chiqarishning umumiy hajmini koʻpaytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori nisbiy samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin boʻlgan tovarlarga ixtisoslashishi va ularning oʻzlari samarali ishlab chiqarish holatida boʻlmagan tovarlarga ayirboshlash hisobiga yutish mumkin.
Shu oʻrinda mamlakatlar nima uchun savdo-sotiq qiladi, degan savol tugʻiladi. Birinchidan, iqtisodiy resurslar dunyo mamlakatlari oʻrtasida juda notekis taqsimlanadi: mamlakatlar oʻzlarining iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanishi keskin farqlanadi. Ikkinchidan, har xil tovarlarni samarali ishlab chiqarish har xil texnologiya yoki resurslar uygʻunlashuvini talab qiladi. Bu ikki holatning xalqaro savdoga ta’sirini oson tushuntirish mumkin. Masalan, Yaponiya koʻp va yaxshi tayyorlangan ishchi kuchiga ega, malakali mehnat ortiqcha boʻlganligi sababli arzon turadi. Shu sababli, Yaponiya tayyorlash uchun koʻp miqdorda malakali mehnat talab qilinadigan turli-tuman mehnat sigʻimli tovarlarni samarali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avstraliya esa aksincha, juda keng maydonlariga ega boʻlgan holda yetarli boʻlmagan miqdorda inson resurslari va kapitalga ega.
Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo toʻsiqlarini kiritishdan oladigan foyda butun iqtisodiyot uchun ancha katta yoʻqotish hisoblanadi.

Download 73,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish