32-mashq. Ayiruv bog’lovchilari ishtirokida qo’shma gap hosil qiling. Qo’shma gapni qismlarga ajrating.
Quyosh goh yalt etib ko’rinib qoladi, goh bulutlar ichiga bekinib oladi. Yo bir maslahatni aytib bo’ladi, yo ro’zg’or ishini. Usmonali militsiyaga dam telefon qilar, dam o’zi borib kelar, yana kechasi bilan telefon oldida o’tirib chiqardi. Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning.
Mustahkamlash:
1.Qo’shma gap qismlari deganda nimani tushunasiz?
2.Qo’shma gap qismlari qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi?
3.Bog’lovchi vositalarning har bir turiga misollar keltiring.
Uyga vazifa. O’qiyotgan badiiy asaringizning bir sahifasida uchragan qo’shma gaplarni ko’chiring. Qo’shma gap qismlari qanday bog’lovchi vositalar bilan bog’langanini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |