Kengaytmalar fayl nomining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi.1-jadvalda ko‘rsatilgan kengaytmalar faylni saqlayotgan ma'lumotlari haqida qanday axborot berishi mumkin ko‘rsatilgan. Ba'zi dasturlar, C dasturlash tili kompilyatori kabilar aniq maxsus kengaytmali fayllar uchundir; ba'zi hollarda kengaytmalar zaruriy bo‘lmay qoladi.
Kengaytmalarni faylni osonroq tushunish uchun bemalol ishlatishingiz mumkin.
Fayl kengaytmalari (1- jadval)
Kengaytmali fayl nomlari
|
Kengaytmaga izohi
|
Compute.c
|
C dasturlash tilining manba fayli
|
Compute.o
|
Dastur uchun obyekt kod
|
Compute
|
Ijrochi sifatidagi fayl
|
Memo.0410.txt
|
Matnli fayl
|
Memo.pdf
|
PDF fayl; GUI ostidagi xpdf orqali
o‘qiladi
|
Memo.ps
|
PostScript fayl; GUI ostidagi gs orqali o‘qiladi
|
Memo.Z
|
Siquvchi orqali siqilgan fayl; compress
orqali yoki gunzip orqali ochish mumkin.
|
Linux va Windows operatsion tizimlari o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri bu buyruq satri yoki terminalning tizim boshqaruvidagi yetakchi rolidir. Linux bilan muvaffaqiyatli ishlash uchun faqat grafik interfeys etarli emas. Bu operatsion tizimda to‘liq nazorat faqat terminal orqali amalga oshirilishi mumkin. Terminal bilan ishlashda Linuxning asosiy buyruqlarini o‘rganmasdan ishlash qiyin.
Linuxda bir necha yuzlab asosiy buyruqlar va ularning modifikatsiyalari mavjud. Ular bir necha toifalarga bo‘lingan:
Joylashuv bo‘yicha - buyruqlar qatori yordamchi dasturlari yoki o‘rnatilgan buyruq qobig‘i funktsiyasi bo‘lishi mumkin.
Foydalanish chastotasiga ko‘ra,- doimiy, vaqti-vaqti bilan va kamdan-kam hollarda qo‘llaniladigan buyruqlar.
Amallar turlari bo‘yicha - yordam olishdan, fayllar va jarayonlarni boshqarishgacha bo‘lgan buyruqlar.
man-(Manual). Показывает инструкцию к программам и командам Linux. Чтобы получить руководство для программы, наберите:
Linux dasturlari va buyruqlari ishlatish uchun qo‘llanmalarni ko‘rsatadi. Dastur bo‘yicha qo‘llanmani ko‘rish uchun quyidagicha yoziladi:
man dastur_nomi
Biror buyruq bo‘yicha qo‘llanmani ko‘rish uchun esa:
man buyruq_nomi
ls-kataloglar tarkibini ko‘rish uchun ishlatiladi. Odatda joriy katalog tarkibini ko‘rsatadi. Agar parametrlarda biror kataloggacha yo‘l ko‘rsatilsa, unda tanlangan katalog tarkibini ko‘rsatadi. Qo‘shimcha tarzda -l (List) va -a (All) opsiyalari bilan ishlatilishi mumkin. Birinchisi katalog tarkibini batafsil ma'lumotli ro‘yxat sifatida ko‘rsatadidi, ikkinchisi esa yashirin fayllarni ko‘rish imkonini beradi.
ls –l yoki ls –a;
Do'stlaringiz bilan baham: |