Faoliyatning borishi: Bolalar stol atrofida o`tirib oladilar.
Tarbiyachi: Assalomu-alaykum, bolajonlar.
Bolalar: Assalomu-alaykum
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlarga transportlar haqida she’r aytib beraman
Transport turlari haqida tushuncha berish
Transport turlarin,sanay birma bir
Erda yurar avtobus, poezd, matizu, lada
Uzoqni yaqin qilar, og‘irimizni engil
Xatto yuklarni tashib, keltiradi ko‘p foyda
Samolyot, raketa hamda vertolyot
Osmonda uchadi misoli qushdek
Uzoq o‘lkalarga qilib sayohat
Bir zum uyingizga kelasiz tushdek
Okeanu, dengizlar hamda daryoda
Suzadi baliqdek paroxod zumda
Qayiq, kemalarda olis yurtlarga
Odamlar borishar qiynalmay kunda
Tarbiyachi: Hammangizni mashg`ulotga tayyorlanib o`tirib olamiz. O`ng tamonga qaraymiz, chap tomonga qaraymiz. Hammamiz xursand bo`lib mashg`ulotni bosh-laymiz. Bolajonlar bugungi mashg`ulotimizda sizlar bilan havo, suv, yer ustki transport vositalari haqida suhbatlashamiz. Hozir men sizlarga topishmoq ayta-man.
Do'stlaringiz bilan baham: |