31. Davlat organi davlat muassasasi, davlat tashkiloti tushunchalari va


Savol:  Vaziyatga  huquqiy  jihatdan  baho  bering.  Mazkur  vaziyatda



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana22.08.2021
Hajmi0,58 Mb.
#153675
1   2   3
Savol:  Vaziyatga  huquqiy  jihatdan  baho  bering.  Mazkur  vaziyatda 

ma’muriy protseduralarning qaysi prinsipi buzilganligini tahlil qiling. 

Yuqoridagi kazusni tahlil qilishda, avvalo, kazusdagi muammolarni ajratib 

olish maqsadga muvofiqdir. Kazusda quyidagi muammoli vaziyatlarni ko‘rishimiz 

mumkin: 


1. 

Arizachining shikoyat arizasi huquqiy asosga egami? 

2. 

Fuqarolik  holati  dalolatnoma  yozuvlarini  o‘zgartirish,  tuzatish  va 



to‘ldirish tartibi qanday? 

Kazusni  tahlil  qilishda  quyidagi  qonun  hujjatlariga  murojaat  qilishimiz 

lozim: 

1. 


O’zbekiston 

Respublikasining 

“Ma’muriy 

tartib-taomillar 

to’g’risida”gi Qonuni 



2. 

Fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish  organlarida  ish  yuritish 

tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma 

Kazusning  ilmiy-nazariy  tahlilidan  oldin  ma'muriy-huquqiy  munosabat 

subyektlari  doirasini  aniqlash  va  ma'muriy-huquqiy  munosabatni  tahlil  etish 

maqsadga  muvofiq.  U  yoki  bu  ijtimoiy  munosabatlarni  biror  bir  fan  tarmog‘i 

predmetiga  taalluqligi  masalasini  tahlil  qilishda  uning  ishtirokchilarini,  ya'ni 

subyektlarini aniqlashtirish muhim hisoblanadi. Ushbu berilgan kazusda ma'muriy-

huquqiy  munosabat  subyektlari  Andijon  shahri  FXDY  bo’limi  hamda  arizachi 

fuqaro  hisoblanadi,  chunki  aynan  ushbu  subyektlar  o‘rtasida  ma’muriy  huquqiy 

munosabat  vujudga  kelgan.  I.M.Sayning  ma’muriy-huquqiy  munosabatni 

subordinasion,  kordinasion  va  reordinasion  turlarga  ajratishi  bo‘yicha,  kazusdagi 

berilgan  ma’muriy-huquqiy  munosabatni  nazariy  tahlil  qiladigan  bo‘lsak, 

reordinatsion munosabatga kiradi. Chunki subyektlardan biri xususiy shaxs bo‘lsa, 

boshqasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.  

Ana  endi  kazusni  bevosita  tahliliga  o‘tsak.  Kazus  tahlili  yuqorida  berilgan 

muammolar asosida amalga oshiriladi. 

Quyidagi  berilgan  kazusga  ko’ra,  fuqaro  tug’ilganligi  to’g’risidagi 

dalolatnoma  yozuvida  uning  jinsi  hamda  unga  bog’liq  ism,  familiyada  xato 

yozilganligini,  ushbu  xatoliklarni  to’g’irlanishini,  ya’ni  familiyasini  “Ya-v”  dan 

“Ya-va”ga,  jinsi  “erkak”dan  “ayol”ga  ,  ota  ismini  “N-vich”dan  “N-vna”ga 

o’zgartirilishini  murojaat  qilib  ariza  bergan.  Fuqarolik  holati  dalolatnomalarini 

yozish  organlarida  ish  yuritish  tartibi  to‘g‘risidagi  Yo‘riqnomaga  asosan,  FHDY 

organlari  tug‘ilganlik,  nikoh  tuzilganligi,  nikohdan  ajralganlik  va  o‘lim  haqidagi 

dalolatnoma  yozuvlarini  o‘zgartirish,  tuzatish  va  to‘ldirishni  amalga  oshiradi. 

Jumladan,  dalolatnoma  yozuviga  o‘zgartirish,  tuzatish  va  qo‘shimchalar  kiritish 

haqidagi  ariza  tegishli  dalolatnoma  yozuvi  qayd  etilgan  FHDY  organi  yoki  ariza 

beruvchining  yashash  joyidagi  FHDY  organi  tomonidan  qabul  qilinadi.  Demak, 

arizachining  tug‘ilganlik  haqidagi  dalolatnoma  yozuviga  o‘zgartirish  kiritish 

to’g’risida  FXDY  bo’limiga  murojaat  qilgani  to’g’ri  bo’lgan.  Shuningdek, 

Yo’riqnomada  keltirilishicha,  qabul  qilingan  arizalar  shu  kunning  o‘zida 



dalolatnoma  yozuvlariga  o‘zgartirish,  tuzatish  va  qo‘shimchalar  kiritish  haqidagi 

arizalarni ro‘yxatga  olish daftariga  kirim qilinib, ariza  va taqdim  etilgan hujjatlar 

alohida  yig‘majildga  tartib  bilan  tikiladi.  Dalolatnoma  yozuviga  o‘zgartirish, 

tuzatish  va  qo‘shimchalar  kiritishga  yetarli  asoslar  mavjud  bo‘lganda,  tegishli 

o‘zgartirishlar  kiritiladi  va  ariza  beruvchiga  yangi  guvohnoma  rasmiylashtirib 

beriladi.  Dalolatnoma  yozuviga  o‘zgartirish,  tuzatish  va  qo‘shimchalar  kiritish 

sababli beriladigan yangi guvohnomaga “takroriy” deb belgi qo‘yilmaydi. Huquqiy 

asosga ko’ra yuqorida keltirilgan tartib-qoidalar qo’llanilishi, fuqaroning murojaati 

qondirilishi  kerak  edi.  Ammo,  kazusda  keltirilishicha  FXDY  bo’limi  murojaatni 

rad etgan. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi 

to‘g‘risidagi  Yo‘riqnomada  keltirilishicha,  dalolatnoma  yozuviga  o‘zgartirish, 

tuzatish  va  qo‘shimchalar  kiritish  uchun  yetarli  asoslar  mavjud  bo‘lmagan  yoki 

manfaatdor  shaxslar  o‘rtasida  nizo  mavjud  bo‘lgan  hollarda  FHDY  organi 

tomonidan dalolatnoma  yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar  kiritishni 

rad etish to‘g‘risida xulosa tuziladi va murojaat qiluvchiga beriladi. Ammo bunday 

xulosa arizachiga taqdim qilinmagan.  

Ushbu  vaziyatdan  kelib  chiqib  shunday  xulosaga  kelish  mumkinki, 

O’zbekiston  Respublikasining  “Ma’muriy  tartib-taomillar  to’g’risida”gi  Qonunga 

ko’ra  qonuniylik  prinsipi  hamda  manfaatdor  shaxslar  huquqlarining  ustunligi 

prinsipiga zid ravishda harakat qilingan. 

 

 

3. 



 

 

 



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish