<>
307-DIU maktab rahbari:
Bochkaryova S.A. ________
Toshkent shahar
Yashnobod tumani 307 –DIU maktab o‘zbek tili o’qituvchisi G.K.Turakulovaning
8- sinf ,,Mehnat baxt keltirar``.Uyushiq bo`lakli gaplar , ularda tinish belgilarining ishlatilishi`` mavzusida tayyorlagan 1 soatlik dars ishlanmasi.
Sana:
Sinf: 8 - ,,V”
Mavzu: Mehnat baxt keltirar. Uyushiq bo`laklar, ularda tinish belgilarining qo`llanilishi.
-
Darsning ta’limiy maqsadi: Uyushiq bo`laklarda tinish belgilarining qo`llanilishini tushuntirish, yozma va og`zaki nutqini o`stirish, lug`at boyligini boyitish.
-
Darning tarbiyaviy maqsadi: o`quvchilaning mehnatga bo`lgan qiziqishlarini tarbiyalash,ularni mehnatsevar bo’lishga chorlash.
-
Darsni rivojlantiruvchi maqsadi: mantiqiy firklashga o`rgatish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: Aralash.
Darsning jihozi: darslik, mavzuga oid rangli rasmlar, tarqatma materiallar, slaydlar.
Dars bosqichi:
-
Tashkiliy qism – 2 daqiqa.
-
Uyga vazifani so`rash – 10 daqiqa.
-
Yangi mavzu bayoni – 10 daqiqa.
-
Mustahkamlash – 20 daqiqa.
-
O`quvchilarni baholash, uyga vazifa berish – 3 daqiqa.
-
Darsning borishi:
1).Tashkiliy qism. Darsni tashkil etish.
2) Uyga vazivani so`rash. Sinf o`quvchilari ikkita guruhga ajratiladi.O`tilgan mavzu yuzasidab savollar beriladi .(savollar slayd orqali ketma ketlikda berib boriladi)
1-savol: O`zbekiston Respublikasining ,,Davlat tili haqida” gi Qonuni qachon qabul qilingan?
J:O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonun 1989 yilda qabul qilingan
2-savol: Gaplar his-hayajonning ishtirokiga ko`ra qanday gaplarga bolinadi?
J: his-hayajon va his-hayajonsiz gaplarga
3- savol: His –hayajon gaplar qanday hissiyotlarni ifodalaydi?
J: shodlik, taajjub, qo`rquv, afsuslanish.
4- savol: His-hayajon gap so`roq gaplardan hosil bo`lgan bo`lsa, qanday belgilar qo`yiladi?
J: oldin so`roq keyin esa undov belgilari qo`yiladi.Masalan: Til boyliklaridan kim bahra olmaydi?!
5- savol: Alisher Navoiyning til haqidagi maxsus asari qanday nomlanadi?
J: ,,Muhokamat ul-lug`atayn”(Ikki til muhokamasi.}
6- savol: His-hayajon gaplar odatda nima talab qilmaydi?
J: javob talab qilmaydi
7- savol: G`afur G`ulom ko`p til bilish haqida nima degan?
J: ,,Hayotda ko`p tilni bilish chuqur bilim olmoqchi bo`lgan yoshlar uchun juda zarur.Inglizcha, nemischa, fransuzcha yoki italyancha tillarni bilish dunyo madaniyati xazinasiga yo`l ochadi. Shekspirni,Gyugoni, Gyoteni,Danteni asl nushasida o`qiy olish kata fazilat-ku!”
8- savol: O`zbek adabiy tilining asoschisi kim?
J: Alisher Navoiy.
2-topshiriq: Ne’mat Orifning ,,Ona tilim she’rini” yoddan guruhlardan so`rash.
Ona tilim
Odam Ato, Momo Havo, Navoiyning har satridan
Temir bobom tilisan. Boqadursan olamga.
O`t yurakli ajdodlarim, Go`yo qayta berursan jon
Hasrat to`la dilisan. Tinglagan har Odamga.
Sevinchimning, armonimning Yo`q etolmas seni aslo
Ranglarini tasvirlab, Har qandayin yovlar ham.
Ne-ne bo`ron, dovullardan Ona tilim, jon tilim-ey,
O`tding asta shivirlab… Bo`lgin omon sen har dam.
-
Yangi mavzu bayoni.
1). Rasmlarga qarab kuz fasli kichik matn tuzing. Tayanch so`zlar ( ko`rkam bog`, serhosil, meva teramiz, g`arq pishgan, astoydil ishlamoqdalar).
2) Savollarga javob bering.
- Siz meva terimida qatnashganmisiz?
- Bog`ingizda yoki dala hovlingizda qanday mevali daraxtlar o`sadi?
- Respublikamizda <> qachon nishonlanadi?
- Nima uchun << Mehnat baxt keltirar>> deyishadi?
3) 1- mashq (27-bet) Matnni o`qing ajratib ko`rsatilgan so`zlarga e`tibor bering va tarjima qiling?
1. Dehqonchilik juda mashaqqatli ish. 2. Dehqonlar uchun ish soatida me’yor yo`q. 3. Ular erta bahordan kech kuzgacha, ertalabdan kechgacha dalada tinmay mehnat qiladilar. 4 . Sifatli va mo`l hosil undirish uchun astoydil ishlaydilar. 5. Yer haydab, ekin ekib, vaqtida sug`orib, yetishtirilgan hosilni yog`ingarchilikka qoldirmay,o`z vaqtida yig`ib-terib olishga intiladilar. 6. Xalqimiz ,,Dehqonning topgan noni halol” deb bejiz aityishmaydi. Haqiqatan ham bizni yedirib,ichirib, kiyintirib yurganlar saxovatli dehqonlardir.
4) Lug`at ishi:
Erta bahordan,kech kuzgacha- с ранней весны до поздней осени
Sifatli va mo`l- качественно и богато
Yer haydab- вскапывая земли
Ekin ekib- сажают саженцы
Vaqtida sug`orib- своевременно поливают
Yig`ib-terib- собрав
Yedirib- кормить
Ichirib- напоить
Kiyintirib- одевать
5) Harflar o`yini. Bunda guruhlar oldiga harflar tashlanadi va guruhlar ketma-ket olib so`zlarni aytishlari kerak.
III) Yodda tuting!
Bir xil so`roqqa javob bo`luvchi va gapda bir xil gap bo`lagi vazifasini bajaruvchi gap bo`laglari uyushiq bo`laklar deyiladi. Uyushiq bo`laklar o`zaro va, hamda, bilan,goh, ba’zan, dam kabi yordamchi so`zlar, -u,-yu,-da yuklamalari bilan bog`lanib keladi.
Masalan: Bola goh menga , goh unga qarar edi.
Maktabimiz bog`ida olma, gilos, o`rik, anjir daraxtlari ekdik.
IV) Mustahkamlash: 28 – betdagi 3- mashqni yozma bajarish.(Nuqtalar o`rniga bir xil so`roqqa javob bo`luvchi so`zlarni qo`yib yozing. Bog`lovchi vositalariga e’tibor bering. 1. Yozgi ta’tilda barcha o`quvchilar …, …, … borib dam olishadi.
2. Quruvchilar maktabimiz binosini … va … bitkazdilar.
3. Chegarachilarimiz bizning …, … va … sergaklik bilan qo`riqlaydilar.
4. Dehqonlarimiz …, … hamda … mo`l hosil yetishtirdilar.
5. …, … suv kishiga orom beradi.
6. Biz o`zbek tili darsida …, … va … .
( oromgohlarga,tog`larga, istirohat bog`lariga; tez,sifatli; tinchligimizni, yurtimizni,osoyishtaligimizni; mevalardan, poliz ekinlaridan, paxtadan;
Shifobaxsh,toza; o`qiymiz,yozamiz, gaplashamiz).
V. Mehnatsevarli va ishyoqmaslik haqida maqollar topish o`yini.(guruhlar birin – ketin stikerlarga yozib Klaster hosil qilishadi.
Mehnatsevarlik haqida maqollar .Bekorchidan xudo bezor.
Ish desang- betob. Hurmat qilsang,hurmat ko`rasan.
-
Mehnat qilsang, davron surasan.
-
Jon kuydirmasang, jonona qayda,
-
Toqqa chiqmasang, do`lana qayda.
-
Intilganga tole yor.
-
Yigit husni- mehnatda.
-
Yo`l yurgan xazinaga yo`liqar. Quldek ishla Bekdek tishla. Qush qanoti bilan tirik, Odam – mehnat bilan. Zavqsiz ish – shavqsiz ish.
-
Mehnatdan kelsa boylik,
-
Turmush bo`lar chiroyli.
-
Mehnat qilib topganing,
-
Qand-u asal totganing.
-
Hurmating – savlating,
-
Mehnating – davlating.
-
Mehnat qilsang yasharsan,
-
Katta-katta osharsan.
VI.Darsni umumlashtirish. Darsni yakunlash, o`quvchilarni baholash.
VII. Uyga vazifa: 29-betdagi 6-mashqni yozma bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |