301-guruh Mamatmusayeva Kamola 4-amaliy mashg’ulot Mavzu



Download 19,34 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2020
Hajmi19,34 Kb.
#46589
1   2   3
Bog'liq
Иншо

Javoblar

  1. Hayot yo‘llari va manzil haqiqatlari

  2. Erkin mavzuda insho yozishdan oldin erkin mavzu haqida tushunchaga ega bo’lishimiz kerak. Erkin mavzudagi insho adabiyot fani dasturida qayd etilmagan, ijtimoiy hayotning muhim masalalari, milliy qadriyatlar, urd-odat,an’analar, davr mafkurasi, yoshlar faoliyati bilan bog’liq axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularda yoziladi. O’quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlarini, axloqiy- tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi, ijodkorlik qobiliyatini, his-tuyg’ularini namoyon qilishga qaratilgan insholar erkin mavzudagi insholardir. Badiiy adabiyotdan yaxshi xabardor o’quvchigina erkin mavzuda qiynalmay insho yozishi mumkin. Erkin mavzudagi inshonlar mavzusi va materiallari hayotning turli sohalariga oid bo’lishi mumkin. Bunday nazorat turi o’quvchidan hayotni yaxshi tushunish va bilishni, voqea-hodisalar haqida yetarli, ilmiy,aniq ma’lumotga ega bo’lishni,o’z fikr-mulihazassini bayon eta olishni, o’qilgan badiiy asarlar, teleko’rsatuvlarni, kinofilmlarni, teatr namoiyishlarini muhokama qilib, mustaqil xulosa chiqarishni taqozo etadi. Shuning uchun erkin mavzudagi insholar adabiy insholara qaraganda murakkab bo’ladi. Erkin mavzudagi inshoda o’quvchi o’zi fikrlaydi,o’zi yozadi. Erkin mavzudagi insho o’ziga xos kichik nasriy asar bo’lib, unda o’quvchining o’zligi ko’roq namoyon bo’ladi.

Agarda erkin mavzuda insho yozish topshirilganida men “Jannatim - onam” mavzusini tanlagan bo’lar edim. Bu mavzuni tanlashdan maqsadim onalarimizni qanchalik ta'riflasak ham kamligi, ularga bo’lgan cheksiz muhabbatimizni o’z so’zlarim bilan ifodalab berishdan iborat.

Bu dunyoda eng aziz inson, u onadir, u ona.



Bir she'rda shunday misralarni o’qigandim. Darhaqiqat, onalar ulug' va mo'tabar. Shunday ekan bu mavzuda insho yozinglar desalar, hech ikkilanmasdan necha-necha varoqni to’ldirgan bo’lar edim.

  1. Insho arabcha so’z bo’lib, “tashkil etish”,”yaratish”,”qurish”,”barpo qilish”,”ijod”,”bayon”,”tahrir” ma’nolarini anglatadi.Insho muallifning ma’lum bir mavzudagi bilim va tasavvurlarini, voqelikka munosabatini,mustaqil fikrini bayon qilish natijasida shakllanadigan yozma ish turidir.Insho muallif tomonidan ijod etiladi,yaratiladi.Insho yozishda muallifdan fikr-mulohazalarini faktik material asosida mantiqan izchil va badiiy jihatdan maqsadga muvofiq tarzda, adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda bayon etilishi talab qilinadi.

Insho tez fursatda o’rganoladigan yoki o’zlashtiriladigan yozma ish turi emas.Insho yozish ko’nikmalariga qisqa muddatda ega bo’lish qiyin, albatta.Yaxshi, har tomonlama maqsadga muvofiq insho ko’p yillik faoliyat mahsuli sifatida namoyon bo’ladi. Avvalo, ko’p mutolaa qilish,imlo lug’atlari,izohli lug’atlardan boxabar bo’lish, atroflicha bilimga ega bo’lish talab darajasida yoziladigan insholarga zamin yaratadi.

Insho mavzuni to’g’ri belgilashdan boshlanadi.To’g’ri tanlangan mavzu inshoning muvaffaqiyatli chiqishi uchun tanlangan ilk qadamdir.Inshoda yoritilgan fikrlar mavzuga muvofiq kelishi va uning mazmunini to’la qamrab olishi mumkin.

Insho belgilangan maqsadga ko’ra ikki xil bo’ladi: ta’limiy insholar va sinov insholari.

Ta’limiy insholar sinfda yoki uyda o’quvchi tomonidan yozilib,ijodiy fikr yuritishga, mavzuni bayon qilishga qaratiladi.Bunday insholarda biror yozuvchi yoki shoir ijodi,asarlari mazmuni,mavzu doirasi, badiiy ahamiyatini o’zlashtirish,o’quvchida fikrlash ko’nikmalari, qaror qabul qilish tezligi, voqelikka, shaxslarga,narsa-hodisaga baho berish malakasini shakllantirish maqsadi qo’yiladi.Talimiy insholar ham baholanadi,lekin bunday insholar bilimni aniqlashga emas, bilim berishga yo’naltiriladi.

Sinov insholari o’rganilgan mavzularga doir bilimlarni,insho yozish ko’nikma va malakalarini sinash hamda baholash uchun muayyan tugagandan so’ng,choraklar yoki o’quv yili oxirida nazorat sifatida, davlat attestatsiyalarida,olimpiadalarda,ijtimoiy-gumanitar sohalarga doir tanlovlarda o’tkaziladi. Sinov insholari olingan bilim,ko’nikma va malakani baholashga xizmat qiladi.

Insholar mazmun –mohiyatiga ko’ra ikki xil bo’ladi:

1.Adabiy mavzudagi insho -ta’lim dasturida qayd qilingan,dars jarayonida o’tilgan mavzular asosida yoziladigan,darslar va darsliklardagi ma’lumotlarga o’quvchining munosabati, shaxsiy fikrlari ifodalanadigan,ijodiy yondashuv asosidagi yozma ishdir.

2.Erkin mavzudagi insho- adabiyot fani dasturida qayd etilmagan,ijtimoiy hayotning muhim masalalari, milliy qadriyatlar,urf-odat,an’analar bilan bog’liq axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularda yoziladi.

Adabiy va erkin mavzudagi insholar bir-biridan,avvalo,asoslaniladigan manbasi bilsn farq qiladi.Adabiy insholarning manbai adabiy asarlar bo’lsa, erkin mavzudagi insholarning manbai serqirra hayot,o’quvchilarning kuzatishlari va taassurotlari bo’lishi mumkin.

Insho mavzusi turli yo’nalishlarda bo’lishi mumkin.Adabiy mavzulardan tashqari tabiat tasviri,rassomlarning asarlari bo’yicha hamda turli ijtimoiy-siyosiy, badiiy mavzularda ham yaratilishi mumkin. Insho yozishda muayyan uslub tanlanadi (puplitsistik, badiiy yoki mavzu talabi va mazmundan kelib chiqqan holda ularning birlashgan ko’rinishidan foydalanish mumkin). O’quvchini kasbga yo’naltirish , muayyan sohalar haqida tasavvur va bilim hosil qilish har bir fan o’qituvchisining burchi hisoblanadi.Yosh avlodni kasbga tayyorlovchi asosiy omil ona tili va adabiyot fanlaridagi matnlar, mashqlar va albatta, “Kim bo’lsam ekan?”, “Men tanlagan kasb” kabi mavzulardagi dastlabki insholardir.

Insho rejasini tuzib olingandan so’ng mavzuga har tomonlama mos keladigan muqaddima so’z (epigraf) tanlab olinadi.

  1. Inshoning mazmuniga mos keluvchi hikmatli so’z, maqol,ibora yoki fikrlar epigraf deyiladi. Epigraf yunoncha yepigraphe “ustidagi”,”yozuv” ma’nosidagi so’z bo’lib, butun adabiy asar yoki asar qismining boshida berilgan va uning mazmunini ifodalaydigan sitata, ibora, maqolni ifoda etadi. Epigraf, odatda , rejadan keyin,insho matnidan oldin, sahifaning o’ng chetiga yoziladi.Epigraf sifatida keltirilgan matndan so’ng mazmunga ko’ra nuqta, so’roq,undov belgilaridan biri qo’yiladi,muallif qavs ichida ko’rsatiladi, qavsdan keyin tinish belgisi qo’yilmaydi. Inshoda epigraf keltirilishi qat’iy talab emas,ixtiyoridir.Inshoni epigrafsiz ham yozish mumkin.Shu bois epigrafni baholash tizimiga kiritish ham maqsadga muvofiq emas.Shuni ham nazarda tutish lozimki,mavzuni yoritishga xizmat qiluvchi,mazmunni tavsiflovchi epigraflar asosiy mohiyatni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.,muallif mahoratini namoyon qiladi. Epigraf to’g’ri tanlanishi va maqsadga muvofiq bo’lishi lozim.Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarga epigraf keltirilgan asarlar,insholarning mohiyatini tushuntirishi, epigrafga yuklangan mazmun haqida tushuncha berishi lozim. Masalan, epigraf borasida yozuvchi Abdulla Qahhorning ijodkorlik mahoratini namuna sifatida keltirish kifoya. Abdulla Qahhorning “O’g’ri”hikoyasiga Otning o’limi-itning bayrami maqoli epigraf qilib olingan. Ot timsoli Qobil boboni, uning o’limi ho’kizning o’g’irlanish bilan bog’liq baxtsizlikni, It timsoli Qobil bobo atrofidagi poraxo’r, vaziyatdan unumli foydalaniladigan amaldorlarni , bayram esa ular uchun yuzaga kelgan imkoniyatni ifoda etadi. “Bemor “ hikoyasiga epigraf sifatida tanlangan Osmon uzoq –yer qattiq maqoli esa “ilojsizlik” tushunchasini ta’sirchan ifodalashga xizmat qilgan. Yoki Cho’lponning “Kecha va kunduz” romaniga epigraf sifatida keltirilgan Hamal keldi- amal keldi maqoli inson umrining gul fasli,yaxshi kunlarga, asar nomidagi kunduzga ishora qilganini ta’kidlash mumkin.Epigraf muallif aytmoqchi bo’lgan fikr- mulohazalarning asosiy mohiyatini aks ettiradi. Insho mavzusidagi yetakchi g’oya epigraf orqali ifodalanadi. Nasriy yoki she’riy asar matnidan; yozuvchining xatlari, kundaligidan; tanqidiy maqolalardan olingan fikrlarni yoki maqol, aforizm, matallarni epigraf sifatida keltirish mumkin. Masalan, “Alisher Navoiy – she’riyat mulkining sultoni” mavzusiga Abdulla Oripovning

Besh asrkim,nazmiy saroyni


Download 19,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish