006 "Qat’iy hisobot varaqlari" schoti
006 "Qat’iy hisobot varaqlari" schoti saqlanayotgan va hisobdorlik asosida beriladigan qat’iy hisobot varaqlari - patta daftarchalari, guvohnoma blankalari, diplomlar, turli abonementlar, talonlar, biletlar, tovarlarga ilova hujjatlarining varaqlari va hokazolarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Qat’iy hisobot varaqlariga kiritiladigan hujjatlar ro‘yxati, ularni saqlash va foydalanish tartibi korxona tomonidan o‘rnatiladi.
Qat’iy hisobot varaqlari mazkur schotda shartli baholarda hisobga olinadi.
Tahliliy hisob qat’iy hisobot varaqlarining har bir turi va ularni saqlash joylari bo‘yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |