Al Xorazmiy
Alloma o’zigacha bo’lgan ilmiy bilimlarning asosiy g’oyalari,
metodlarini sintezlashtirdi. U ilmiy bilimlarni o’rganuvchilarning
mustaqil bilim olishlariga e’tiborini qaratdi.
Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda
olgan bilimlaridan foydalanishga kata e’tibor berdi. Bunda u ilm
izlovchilarning manbalarni to’plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni
tushuntira olish malakalrini hosil qilishga kata baho berdi. Masalan, “Al
kitob al-muxtasar fi hisob al jabr val muqobala” asarida olimlarni uch
guruhga bo’lib shunday yozadi; “ ulardan biri o’zidan avvalgilar qilgan
ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o’zib ketadi va uni o’zidan
keyin qoluvchilarga meros qilib qoldiradi. boshqasi o'z’dan
avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni
osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo’lni yoritadi va uni tushunarliroq
qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib
yotganini to’playdigan odam bo’lib, u o’zidan avvalgilar haqida yaxshi
fikrda bo’ladi, takabburlik qimaydi va o’zi qilgan ishidan
mag’rurlanmaydi.
Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al Xorazmiy ham
ko’rgazmali tajriba metodlari, bilim berishning turli vostalari, savol
javob, malak va ko’nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni
sinash metodlaridan foydalangan.
Mahmud Az Zamaxshariy
Murabbiy o’qib tursagina murabbiy bo’la oladi, agar o’qishni
tohtatib qo’yar ekan, unda murabbiylik o’ladi.
Yoki ilmli bo’l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo’l, loaqal ilmni
tinglab eshitadigan bo’l, ammo to’rtinchisi bo’lma, chunki kasotga
uchrab harob bo’lasan.
Kimki baxt iqbolli, solix kishilarning etagini tutsa, ulardan ta’lim-
tarbiya olsa, u albatta murodiga yarasha hayru-baraka topadi.
Insonning kiyimiga qarama, bilimiga qara. Ilm- bu ota, balki u sut
berishda onadan foydaliroqdir. U yomonlikni tuzatish uchun, tarbiya
berish uchun hamma narsadan yaxshiroqdir.
3- savolga javob.
PEDAGOGIK NAZOKATNING MOHIYATI VA
HUSUSIYATLARI
PEDAGOGIK NAZOKAT
Pedagog o’quvchilar oldida nihoyatda odobli xatti-harakatlarni qilishi,
noto’g’ri harakatlardan saqlanishi lozim. Aks holda o’qituvchi hurmati
keta boshlaydi.
Pedagogic nazokat me’yori tuyg’usi o’z o’quvchilari bilan to’g’ri
munosabat qoidalariga amal qilishdir.
Pedagogic nazokatning asoslari deb, bir qolipdagi fikrlar (barqaror
tasavvurlar) ijtimoiy yo’l-yo’riqlar va shaxsiy xislatlar jamini aytish
mumkin. Ular o’qituvchining o’quvchilar bilan muomilasi sohasidagi
hulq atvorini belgilab beradi.
Nazokat me’yor tuyg’usi yoki odobqoidalariga rioya qilishni, o’z
o’quvhilari bilan to’g’ri munosabatga amal qilishni bildiradi. Agar
o’qituvchio’quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosiga
qurilishiga erishishga yo’-yo’riq bo’lsagina bunday muloqot ro’y
beradi. Tarbiya tajribasida bunday yo’l-yo’riqni amalga oshirish qiyin
ishdir, lekin unga butunlay erishish mumkin. Pedagogda bolalar bilan
o’zaro ishonch va do’stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga
erishish mumkin. Bunga shunung uchun ham erishish mumkinki,
bolalardagi kata yoshdagi do’stga ega bo’lish va u bilan muomala
qilishga qat’iy ehtiyoj mavjud.
Pedagogic nazokat juda murakkab sifat bo’lib quyidagi
komponentlarni tarkibiy qismlari mavjud;
- O’quvchini hurmat qilish va unga nisbatan talabchanlik;
- Faoliyatining hamma turlarida o’quvchilarning mustaqilligini
rivojlantirish va ularning ishiga qat’iy pedagogic rahbarlik qilish;
- O’qituvchining o’quvchi psixik holatiga nisbatan diqqat bilan
qarashi va o’quv mashg’ulotlarini bajarayotganida unga unga
nisbatan talablarning izchilligi;
- O’quvchilarning tafakkur holida iroda aktivligini rivojlantirish,
o’quv ishida ularga har tomonlama yordam berish, ularga
mehribon va g’amxo’r bo’lish;
- O’qituvchining o’quvchilar bilan ishlashidagi sabotliligi hamda
tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning xilma xil usullarini ularning
pedagogic samaradorligini hisobga olgan holda qo’llashi;
- O’quvchilarga ishonish va ularning o’quv ishlarini muntazam
ravishda tekshirib turish;
- O’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatidagi amaliy va
emotsianal aloqa bog’lashning pedagogic jihatdan asoslangan
holda birga qo’shib olib borilishi;
- O’quvchilar bilan munosabatda osoyishta qat’iylik, muvozanatlilik
va nutqning ifodaligi
O’qituvchining pedogagik nazokati mohiyatida avvalo etnopedagogik
tuyg’ular, milliy qadriyatlar, urf odat va an’analar, o’zbekona tavoze va
muomala madaniyati, o’quvchilar jamoasiga singib keta oladigan har
qanday ijtimoiy muhitga moslashuvchiindividual qobiliyatlar, kasbiy
bilim, ko’nikma va malakalar mujassamlashgan bo’ladi.
Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o’quvchi
ruhiyatiga keskin ta’sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy
holatini bir maromda ushlab turish uchun o’qituvchidan kuchli irda,
muomala madaniyati va bosiqlik, pedogagik mahoratning keng
imkoniyatlaridan foydalanish talab qilinadi.
2-Topshiriq
Test
1)
Kinestetik qobiliyat bu…?
a) Mohirlik bilan dars o’tish;
b) O’z hatti harakatlarini muvofiqlashtirish;
c) Muskullarning bo’shashishi;
d) Hammasi to’g’ri;
2)
Pedagogic faoliyatning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
a) Pedagogic faoliyatning maqsadi;
b) Pedagogic faoliyatning ob’ekti va sub’ekti
c) Pedagogic faoliyatning vositasi;
d) Barcha javoblar to’g’ri
3)
Kommunikativ munosabatda ishontirishning quyidagi faoliyat
shakllari mavjud;
a)
ovozning o’zgarishi, talaffuz, nutq ohangi asosida
o’quvchilar ongiga sezdirmasdan ta’sir qilish;
b)
Nutq madaniyati, munosabatga kirishish madaniyati, o’z-
o’zini boshqarish madaniyati;
c)
Mavzu bo’yicha topshiriq berish, uni mashq qilish,
o’quvchilarni baholash va rag’batlantirish;
d)
Bahs, munozara, suhbatda o’qituvchining dalillashi, isbot
va mantiqqa tayanish
4)
“Relaksatsiya” qanday holat?
a) Jismonan va ruhan bo’shash, butunlay osoyishtalik;
b) Jizzakilik va asabiylik, o’zini boshqara olmaslik;
c) Jismoniy charchash, baqirish yoki so’kish;
d) Jismonan va ruhan tetiklik, jizzakilik;
5)
Kommunikativ ta’sir etishning qanday shakllari mavjud?
a) Oldindan o’quvchilarni ogohlantirish, tezlik bilan o’quvchilar
tafakkuriga ta’sir etish;
b) Tahlil etilgan iboralar, andozaga kiritilgan nutqlar asosida
mahorat bilan dars olib borish;
c) O’qituvchining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati,
munosabatga kirishish madaniyati, nutq madaniyati;
d) O’z kasbiga bo’lgan salbiy munosabat, chiqisha olmaslik,
tadbirni tanlash, rejasini tuzish, tahlil qilish, guruhlarga
bo’linish;
1
2
3
4
5
b
d
d
a
c
Do'stlaringiz bilan baham: |