30.2-rasm. Optik-akustik kompensatsion gaz analizatorining sxemasi.
Bevosita o`lchaydigan bir nurli gaz analizatorida nolning turg’unligi ancha yuqori bo`ladi. Bu asbob differentsial asbobga qaraganda tanlovchanligi yuqoriligi bilan farq qiladi. Masalan, metanni analiz qilishda SO2, SO va namning ta`siri bir nurli asbob uchun ikki nurli asbobga qaraganda 3–5 marta kam bo`ladi. Kameralari optik ketma-ketlikda joylashgan bir nurli asbobning tanlovchanligi yuqoriligiga sabab shuki, bosimning natijaviy ortishida yutish polosasining faqat markaziy uchastkasi qatnashadi va, shunday qilib, polosaning aktiv qismi torayadi.
Ul’trabinafsha nurlari yutiladigan gaz analizatorlarida havodagi simob bug’lari kontsentratsiyasini, xlor, vodorod sul’fid, azot qo`shoksid va boshqa moddalarning kontsentratsiyasini o`lchashda qo`llaniladi.
Ul’trabinafsha nurlarning manbai simobli lampalar bo`lib, ular chiqargan nurlarning ko`p qismi ul’trabinafsha nurlar bo`ladi. Nurlanishni qo`shimcha monoxromatlash uchun shisha svetoforlardan foydalaniladi, ular analiz qilinayotgan modda yutilishining maksimumi vaziyatiga qarab tanlanadi.
Ul’trabinafsha nurlanishni elektr signaliga aylantirish uchun fotoelementlar va fotorezistorlardan foydalaniladi.
Amalda ul’trabinafsha nurlarni yutadigan elektr kompensatsiyali ikki nurli gaz analizatorlari, optik kompensatsiyali gaz analizatorlari, shuningdek, bevosita o`lchaydigan, ul’trabinafsha nurlarni yutadigan bir nurli gaz analizatorlari ham ishlatiladi.
3–rasmda bir nurli ul’trabinafsha nurlarni yutadigan gaz analizatorining blok-sxemasi ko`rsatilgan.
Asbobda bitta manba 1 va bitta fotopriyomnik 8 bor. Manbaning nurlanishini elektr dvigateli 2 aylantiradigan obtyurator 3 uzadi va u qarama-qarshi fazalarda o`zgaradigan ikkita bir xil oqimga bo`linadi. Bu oqimlarning har qaysisi tegishli
3 0.3-rasm. Bir nurli ul’trabinafsha gaz analizatorining blok-sxemasi
optik yorug’lik fil’tri – ish fil’tri 5 va taqqoslash fil’tri 6 dan o`tadi.
Fil’trlarning shaffoflik polosalari berkitilmaydi va f1, f2 chastotalar diapozonida to`plangan. Nurlarning fil’trlangan oqimlari ish kyuveti 7 dan o`tadi, bu kyuvet orqali nurlanishni f1 chastotada yutadigan analiz qilinayotgan gaz haydaladi, so`ngra oqim umumiy nur qabul qilgichga keladi. Kyuvet 7 da analiz qilinayotgan komponent bo`lmaganida ish va taqqoslash oqimlarining intensivligi nolni rostlash zaslonkasi 4 ni surish yo`li bilan baravarlashtiriladi. Bu holda sistema muvozanatlashadi va fotopriyomnikdan olinadigan farq signali nolga teng bo`ladi. Analiz qilinayotgan gaz kyuvetga kirganida f1 chastotadagi nurlanish oqimining intensivligi kamayadi, f2 chastotasidaginiki esa o`zgarishsiz qoladi.
Fotopriyomnik chiqishida farq signali hosil bo`ladi va u kuchaytirgich 9 da kuchaytiriladi. Farq signalining amplitudasi analiz qilinayotgan komponent kontsentratsiyasining o`lchovi bo`lib xizmat qiladi. Kontsentratsiya ikkilamchi asbob 10 bilan o`lchanadi.
Temperatura tufayli yuzaga keladigan xatoni yo`qotish uchun asbob termostatlanadi. Ulchash chegaralari 0–30 mg/l; massa bo`yicha 0–3%; asosiy xatolik shkala diapozonining ±4% i atrofida.
Do'stlaringiz bilan baham: |