Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish.Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari: kirish, asosiy qism,xulosa, adabiyotlar, perefraza( havola, iqtibos,sitata,abzats)
REJA:
1.Dastlabki ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot.
2.Kirish va asosiy qism haqida.
3.Xulosalar.
4.Havola,sitata va abzats.
5.Topshiriqlar.
Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli mehnat. Olim bo‘lishni havas qiluvchi yoshlar ko‘p bo‘ladi, shular orasida o‘z umrini ilm yo‘liga bag‘ishlaganlari ham uchraydi. Olim bo‘lishni orzu qilgan kishida ma’lum imkoniyatlar va bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lshni lozim.
1. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun birlamchi shart chuqur bilim sohibi bo‘lish. Bilim odatda o‘qish-o‘rganish orqali egallanadi. Talaba o‘rta maktabda olgan bilimini oliy maktabda o‘zi tanlagan fanlar bo‘yicha chuqurlashtiradi.Yosh tadqiqotch-ining bilim poydevorini oliy o‘quv yurtida umumta’lttm predmetlari bo‘yicha, maxsus kurslarda o‘zlashtirgan bilimlari tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi ana shu bilim poydevorini o‘z mustaqil mehnati, o‘qib-o‘rganishi bilan boyitadi. Buning uchun o‘zi tanlagan soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-metodik adabiyotni chuhur o‘rganishi zarur
Bilim har bir yosh tadqiqotchida bor, lekin bu bilimning miqyosi, chuqurlik darajasi har xil bo‘ladi. Bakalavrlik bosqichi talabasining bilimidan magistrlik bosqichi talabasining bilimi farq qiladi, chunki magistrlik bosqichida o‘qitiladigan fanlar o‘z ilmiyligi bilan, hodi -salarni chuqur tahlil qilishga qaratilgailigi bilan ajralib turadi. Bu bosqichda endi darslik, o‘quv qo‘llanmalarida bayon qilingan ma’lumotlar etarli bo‘lmay qou\adi. Magistrant o‘zi tanlagan soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-metodik adabiyotni mustaqil mutolaa qilib, o‘z bilim saviyasini kengaytirishi va chuqurlashtirishi zarur, ayniqsa magistrlik dissertatsiyasi sifatida tanlangan mavzuning adabiyotini har tomonlama sinchiklab o‘rganishi shart.
2. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur shartlarda biri —mehnatsevarlik. Ilm qunt bilan uzluksiz mehnat qilishni talab qiladi. Ilmiy tadqiqot kishining ko‘p vaqtini egallab qo‘yadi, boshqa ishlar bilan shug‘ullanishga vaqt oz qoladi. Ilm fidoyisigina bunga ko‘nikadi, havoyi kishi ilm dargohidan tezda surilib chiqib ketadi.
Muntazam ravishda astoydil qilingan mehnat albatta samarali yakunlanadi.
Yosh tadqiqotchi o‘zida mehnat intizomini tarbiyalashi va mehnat intizomiga qatiy rioya qilishi lozim. Ilmiy faoliyat bilan shutullanish kundalik zaruriyatga aylanishi darkor. Asli haqiqiy shoir she’r yozmasdan tura olmaganidek, haqiqiy olim ham ilmiy ijod bilan shug‘ullanmasdan tura olmaydi.
Tadqiqotchi har kungi vaqtini reja bilan, o‘rinli sarflashga o‘rganishi lozim. Kun tartibi tuzib, har bir ishga zarur darajada vaqt ajratishi, bunda ilmiy ipt bilap shug‘ullanish uchun har kuni albatta maxsus vaqt sarflash kerak. Agar ana shunday kun tartibiga muntazam amal qilib borilsa, qilingan mehnat samarali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |