3. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Ekologik tarbiya



Download 67,99 Kb.
bet3/5
Sana05.07.2022
Hajmi67,99 Kb.
#740757
1   2   3   4   5
Bog'liq
3. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Ekologik tarbiya

Tabiatni muxofaza qilish


Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi



Keng jamoatchilik

Ifloslangan atmosfera havosi, suv xavzalari, uchib yuruvchi mikroblar va xayvonlar davlat chegarasini bilmaydi. Bu hol birgina davlatni emas, balki barcha davlatlarning o’zaro va xalqaro hamkorlikda bo’lishini talab etadi. Shundagina tabiatni bmuhofaza qilish ishini dunyo manfaatlariga qaratilgan bo’ladi. Demak, tabiatni muhofaza qilishda mamlakatlar birgalikda quyidagi muammolarga e’tiborberishlari talab etiladi:



  • Atrof-muhitni muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy va pedagogik tomoni.

  • Tabiatni muhofaza qilishning gigienik tomoni.

  • Atmosferani zararli moddalar bilan ifloslanishdan saqlash.

  • Suvni ifloslanishdan saqlash.

  • Manaviy-kommunal, transport, qishloq xo’jaligi chiqindilarini va boshqalarni zararsizlantirish va tashlab yuborish masalasi.

  • Yer osti boyliklaridan oqilona foydalangan holda atrof-muhining musaffoligini buzmaslik.

  • Ekosistema va landshaftlarni muhofaza qilish masalasi.

  • Shaxar va shaxar atrofi zonasini rejalashtirish va axolini joylashtirishda tabiat muhofazasi hamda tevarak-atrof-muhitini sog’lomlashtirish masalasi.

  • Shovqin va turli tebranishlarning oldini olish masalasi[15].

Atrof-muhit holatini tо‘g‘ri baholash, zarur tadbirlarning о‘z vaqtida о‘tkazilishini ta’minlash ekologik bilimlarning rivojlanganlik darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Har bir kishida “tabiat –bu men va sen, biz yashaydigan makon, tabiat butun Yer kurrasi aholisi yashaydigan yagona makon” degan tushunchalar shakillanishi darkor. Biz aholi ekologik ongining qanchalik yuqori darajada bo’lishligiga erisha olsak ona-tabiat–biosferamiz shunchalik omon va sermahsul, latofatli va maftunkor bo’lib qoladi. Ekologik tarbiyaning maktab bosqichi o’ta muhim davr hisoblanadi. Prof. E. Turdiqulov o’rta maktabda ekologik ta’lim –tarbiyani sinflarga qarab quyidagich taqsimlashni taklif qiladi: I –III, IV –V, VI, VII –IX, X –XII sinflar, 1-3-sinflarda o’quvchilar bog’chada boshlagan ekologik tarbiya bilimlari rivojlantiriladi. IV –V sinflarda tabiiyat darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim bilimlari beriladi. V sinfda o’quvchilar “Tabiyat” darslaridan saboq oladilar. Bu borada biologiya, geografiya, fizika, kimyo fanlarining keng elementlar bilimlari o’quvchilarga yetkaziladi. Shuni hisobga olib, tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabat qanday bo’lishi, tabiiy boyliklardan foydalanish qoidalari haqida eng oddiy bilimlar va tarbiya tizimi ularga yetkazilishi lozim[6]. VI sinf o’quvchisi insonning tabiatga yetkazilayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlarini o’zicha mulohaza qila oladigan, ko’z oldiga keltira oladigan, atrof-muhitda inson ta’sirida bo’layotgan turli o’zgarishlarni idrok qila oladigan darajaga yetadi.“ Tabiiy geografiya va materiklar geografiyasi” kursi o’qitilishi o’quvchini dunyo miqiyosida fikr yuritishiga undaydi. VII–IX sinflarda o’quvchilar “Turkiston tabiiy geografiyasi”, “O’zbekiston tabiiy geografiyasi”, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kabi kurslarni o’qiydilar. Binobarin, o’quvchilarga ekologik ta’lim birish fanlararo bog’lanish asosida rivojlantiriladi. Asosiy maqsad o’quvchilarni tabiiy boyliklardan foydalanganda atrof-muhitga chiqib kelayotgan turli chiqindilarning tarkibi, ularning yig’ilish makonlari, keltirib chiqaradigan zararli oqibatlari, chiqindilarning kamroq ajralib chiqishini ta’minlash to’g’risida mulohaza yurita olidigan qilib tarbiyalashdir. Insonni ekologik jihatdan tarbiyalash umumiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi. Aholining ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalash uzluksiz bo’lish zarurligi to’g’risidagi fikr ilgaridan ma’lum[14]. Bola tug’ilganidan tortib to umrining so’ngi kunigacha ta’lim-tarbiyadan saboq olar ekan, ushbu tarbiyaning muayan qismini tabiatga nisbatan g’amxor, fidoyi, mehr-muhabbatli bo’lishi haqidagi tarbiya tashkil etadi. Xo’sh, mazkur tarbiya bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda qanday mazmunda amalga oshirishi lozim? Ta’lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida ekologik ma’naviyatni uzluksiz ravishda shakllantirish hozirgi davrdagi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Kelajakdagi ziyolilar umumiy va kasbiy madaniyat darajasiga ega bo’lishlari milly va umuminsoniy qadriyatlarni tarqatuvchisi sifatida o’z xalqining ahloq va tabiat muhofazasi an’analariga suyanishlari lozim. Maktab geografiya fani tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy qismlardan iborat bo’lganligi uchun unda tabiat va jamiyatdagi barcha ekologik muammolar mujassamlashgan. Mazkur muammolar tabiiy iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar hamda ularni o’zaro ta’siri natijasida shaklllanadi va rivojlanadi. Ekologik muammolardan ta’lim jarayonida foydalanishning muhim shartlaridan biri bo’lib ularni kelib chiqishlariga ko’ra guruhlarga bo’lish mumkin.tabiiy geografik muammolar; iqtisodiy-ijtimoiy geografik muammolar hamda geoekologik muammolardir. Tabiat boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishda umumta’lim maktablarining muhandis pedagog jamoasi muhim ro’l o’ynaydi. Uzluksiz ekologik tarbiyani bеrish quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq[15].
1-bosqich. Mahallalarda ekologik ta‘lim:
2-bosqich. Oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta‘lim;
3-bosqich. Maktab, akadеmik litsеy, kasb-hunar kollеjlarida ekologik ta’lim;
4-bosqich. Oliy o‘quv yurtlaridagi ekologik ta’lim;
5-bosqich. Oliy ta’limdan kеyingi bosqichi kadrlarni qayta tayyorlash va muntazam ravishda malakasini oshirib borishda ekologik ta’lim.
Ekologiya kishilar hayotini mushohada qiluvchi yangi fandir. Har bir kishi biror yеrga axlat yoki chiqindilarni tashlashdan oldin o‘z xatti-harakati oqibatlarini o‘ylashi, tashqi muhitning toza saqlanishiga javobgar ekanligini unutmasligi kеrak. Qisqasi, har bir o‘quvchi-talabani kеlajakka umid bilan qarashga bo‘lgan dunyo-qarashini shakllantirib borish har bir o‘qituvchi-murabbiylarning vazifasidir. Ekologik ta’limni kеng qo‘llashda mahallalarda, bog‘cha, maktab muassasasi, ko‘cha - ko‘y, jamoat tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida amalga oshirilib, o‘quvchi-talabalar ongiga singdirib borish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilarga o‘z qo‘llari bilan bog‘lar yaratib ularni parvarish qilishni yoshligidan o‘rgatib borilsa va atrof-muhitni tozaligiga hissalarini qo‘shib o‘z qo‘llari bilan ekkan ko‘chatlarini parvarish qilib borsa o‘quvchilarda vatanga nisbatan mеhr uyg‘onadi, atrof-muhitga har xil chiqindilarni tashlamaslik to‘grisida tushunchalar shakllanadi. Bu masala hozirgi kunning muhim muammolaridan biri bo‘lib, kеlajakdagi avlod sog‘lom bo‘lishi uchun kafolat bеradi. Ekologik bilimlarni tashviqot qilish, о‘quvchilarni ekologik tarbiyalash, ularning ekologik ongini va dunyoqarashini rivojlantirish sinf va maktabdan tashqari ishlarning mazmunini tashkil etadi. Ekologik ta’lim-tarbiya yoshlarning ongi va faoliyatiga о‘z ta’sirini о‘tkazuvchi jarayondir. Ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksiz va uzviy aloqadorlikda bо‘lib, uzoq davom etuvchi ijtimoiy jarayondir. Uning uzluksizligi oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy о‘rta ta’lim maktablari, maktabdan tashqari ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy о‘quv yurtlari, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, keng jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilsa, samarali natijaga erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi tо‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, bilimi sayoz bо‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi[9]. О‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish usuli va kо‘nikmalarini shakllantirish yо‘llarini belgilab olish;
- dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish jarayonini xususiyatlariga kо‘ra bosqichlarga bо‘lib tashkil etish;
- dars jarayonida о‘quvchilarda ekologik bilim berish jarayoni bosqichlariga mos keladigan usullarni tanlash;
- ekologik maqsad asosida ta’lim yо‘nalishining fanlararo uyg’unlashgan ekotizimni ta’minlash;
- ekologik talablar asosida ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish.
Ekologik bilim va tarbiyaning asosiy yо‘nalishlari quyidagi natijalarni beradi:
- о‘quvchilarda zamonaviy ekologik tafakkurni shakllantiradi;
-о‘quvchilarning axloqiy sifatlarini о‘stiradi va ularni komil inson qilib tarbiyalaydi[14].
Hozirgi kunda ekologik madaniyatni, о‘z burchini tо‘liq tushunishga qodir, ishning kо‘zini biladigan, tabiatga, atrof-olamga g‘amxо‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va boyitadigan barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb bо‘lib turibdi.

Download 67,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish