3. Xavfsizlikni ta’minlash usullari va ularning turlari. Faoliyat xavfsizligini ta'minlashni ergonomik ko'rsatkichlari


Xavfsizlikni ta’minlash vositalari



Download 0,54 Mb.
bet7/8
Sana29.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#418951
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FAOLIYAT XAVFSIZLIGINI TA\'MINLASHNI ERGONOMIK KO\'RSATKICHLARINI TAXLIL QILISH

Xavfsizlikni ta’minlash vositalari
Ishlovchilarga zarali va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun himoya vositalari qo’llaniladi.
Ishlivchilarni himoya vositalari inson organizmizga eng ma’qul sharoitlarni hosil qilishi va quyidagilarni taminlashi lozim:
- ish zonasidan xavfli va zararli narsalar, hamda materiallarni uzoqlashtirish yoki haydash;
- zararli omillar miqdorinin belgilangan darajadagi sanitary normagacha kamaytirish ishlochilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida xamroh bo’lgan zararli va xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish;
- texnologik jarayon buzilganda paydo bo;ladigan salbiy omillardan himoya qilishi lozim.
Himoya vositalrini tanlash har bir alohida holatlarda mehnat xavfsizligi talablariga asosan amalga oshiriladi.
Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari va usullarini gavdalashtirishda har xil himoya vositalari qo’llaniladi.
Himoya vositalarining qo’llanilishi xarakteri bo’yicha kollektiv himoya vositalari (KHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo’linadi. Har biri vazifasiga ko’ra sinflarga bo’linadi.
KHV zararli xavfli omillarga bog’liq holda: shovqindan, titrashdan, elektristatik zaryatlardan himoyalash vositalarga sinflanadi.
ShHV asosan himoyalangan inson a’zosi yoki guruhiga qarab: nafas a’zolarini, qo’l, bosh, bet (yuzni), ko’zni va eshitish a’zolarini himoya qilish vositalariga bo’linadi.
KHV texnik tayyorlanishga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: to’siqlar, blokirovkalar, saqlovchi moslamalar, yorug’lik va ovoz signallari, xavfsizlik asboblari ,signal ranglari, xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat qurilmalari, masofadan boshqarish vositalari, elektr jihozlarni yerga ulash va nollash qurilmalari shamollatish (ventilyasiya, yoritish, isitish, sovutish, kondisionerlash), izolyasiyalash, germetizasiyalash vositalari kiradi.
Shaxsiy himoya vositalariga: gidroizolyasiya kostumlari, skafandrlar, protivogazlar, resperatorlar, pnevmo shlemlar, pnevomaskalar, har xil turdagi maxsus kiyim va poyafzallar, tutgichlar, qo’lqoplar, kaskalar, shlemlar, shapkalar, shlyapalar, shovqinga qarshi shlemlar, quloqqa go’ygichlar (vkladishlar), himoya ko’zoynaklari, saqlaguvchi belbog’lar, himoyalovchi dermatologik (kremlar) vositalar va boshqalar kiradi.Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishining qonuniy asosalrini O’z. Res. Prezidentining farmonlari. O’z.Res qonunlari, vazifalari mahkamasining qarorlari va favqulotda vaziyatlar vazirligining ko’rsatma va buyruqlari tashkil etadi.
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishning mohiyati va asosi. Bizga ma’lumki, XX asrning 60 yillaridan fuqaro muhofazasi tizimi faoliyat ko’rsatib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush davrida, urush sharoitida mamalkat aholisini yalpi qig’rin qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida mamalakat aholisini xalq xo’jaligi obyektlarining barqaroro ishlashini ta’minlash hamda falokat o’choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o’z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi.
Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg’in qurollari emas, balki boshqa xavf xatarlar ham tahdid solib turadiki, ularni nazardan chetga qochirish also mumkin emas. Ular turli tabbiiy ofatlar, avariyalar, halokatlardir. Sodir bo’lib o’tgan bir nechta halokatlar (masalan Chernobil atom ekeltr stansiyasidagi avariya 25000 odamning yostig’ini quritgan, Spitak zilzilasi va boshqalar). Fuqaro muhofazasining o’rni va vazifalariga boshqacha ko’z bilan qarash kerak ekanligini ko’rsatib berdi. Fuqaro mudofaasi qo’shinlari bunday yirik ko’lamdagi ofatlarga qarshi kurashishga tayyor emas ekanligi, fuqaro mudofaasi vazifalari faqatgina harbiy davr chegarasida qolishligi mumkin emasligi, ular oldiga qo’yilgan vazifalar ko’lamini kengaytirish lozimligi ayon bo’lib qoldi. Endilikda fuqaro mudofaasi uchun avariya halokat va tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, avariya qutqaruv ishlarini olib borish bilan birga sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarni bashorat qilish vazifasi yetakchi rol o’ynashi lozim edi.
1990 – yillarda kelib yadro urushi xavfi kamayadi, biologik qurollardan foydalanish cheklab qo’yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf qilindiki, ular odamlar uchun xavfli bo’lmay, balki xalq xo’jaligi obyektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bular hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o’rnida yangi bir tizim tashkil qilishi lozimligini isbotlab berdi.
Statistik ma’lumotlarga nazar tashlasak, 1960 – yillarda yer yuzi aholisining 1,6% (har 62 kishidan biri) tabiiy ofat, avariya, falokatlardan jabrlanganligi, 1990 –yillarga kelib esa bu ko’rsatkich 3,5% (har 29 kishidan biri) ni tashkil etganligini ko’ramiz. Bu esa o’z navbatida yuqoridagi fikrlarni to’g’ri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Fuqaro mudofaasi o’rnini bo’lishi mumkin bo’lgan yirik ko’lamdagi favqulotda vaziyatlarga avvaldan tayyorgarlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat tizimi egalashi, bu tinchlik hamda urush davrida aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish lozim edi. Bu tizim aholini favqulotda vaziyatlarda muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o’tkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarni xavfli huduhlarni xaritalashtirish, seysmik mustahkam bino va inshootlarni ko’rish, qisqa, o’rta va uzoq muddatli bashoratlash ishlarini tashkil qilish va aholi tayyorgarligini amalgam oshirishi lozim edi.
Shu o’rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to’g’ri keladi. Favqulotda vaziyatning o’zi nimaq Undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko’zda tutishimiz lozimq
Favqulotda vaziyat - odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishiga mumkin bo’lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatalardan muhofaza qilish favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari, tizimi, say-harakatlari majmui.
Favqulotda vaziyatlarning oldini olish, oldinda o’tkazilib, favqulotda vaziyatlar ro’y berishi, xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro’y bergan taqdirda esa odamlar sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitiga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
Favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish-favqulotda vaziyatlar ro’y berganda o’tkazilib, odamlar hayoti va sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulotda vaziyatlar ro’y bergan zonalarni olib, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlar kompleksi.
Aholi va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo’yilgan dadil qadamlardan biri-avval mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulotda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa, shu boshqarma negizida O’z.R Prezidentining 1996 - yil 4 - martdagi PF -1378 farmoni bilan favqulotda vaziyatlar vazirligining tashkil etilishi bo’ldi.
Farmon bilan favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini muhofaza qilish shuningdek tinchlik va xarbiy davrda favqulotda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikni asosiy vazifalaridan biri deb belgilanadi.
Aholi va xalq xo’jaligi obeklarini muhofaza etishni taminlashga raxbarlik qilish Respublikada O’z.R bosh vazirining 1 - o’rinbosari favqulotda vaziyatlar vaziriga yuklatildi. Farmonning ushbu bandiga O’z.R. Prezidentining 1998 - yil 11- dekabrdagi FV 2153 - farmoni bilan o’zgartirish kiritilib O’z.R. aholi va xalq xo’jaligi obektlarini muhofaza etishni ta’minlashga raxbar etib O’z.R. bosh vaziri belgilandi.
Favqulotdda vaziyatlardan muhofaza qilish soxasidagi Uz. R. qonunlari.
Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o’rindadir. Asosiy qomusimiz bo’lgan O’z.R. konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati salomatligi tashkil etadi. Insonning xayoti yashashga bo’lgan xuquqi konstitutsiya bilan muhofaza qiladi. Asosiy qomusimizda xavfsizlik fuqorolar muhofazasi masalalariga ham o’rin berilgan. O’z.R. Prezidenti konstitutsiyasining 93- moddasida shunday deyiladi: O’z.R.Prezidenti favqulotdda vaziyatlar ( real tashqi xalq, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat,epedemiya) yuz bergan taqtirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko’zlab O’z.R.ning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulondda holat joriy etadi, qabul qilingan qarorini 3 kun mobaynida O’z. R.Oliy majlisining tastig’iga kiritiladi. Favqulotdda holat joriy etish shartlari va qonun bilan belgilanadi.
Oliy majlisning vakolatlariga O’z R. Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulotda holat joriy etish va uning muddatini uzaytirish,va to’xtatish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash kiradi. So’ngi yillarda oily majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi fuqarolar mas’ulyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zamini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi. “Yo’l harakati xafsizligi to’g’risidagi”, “Gidrotexnika inshootlarining xafsizligi to’g’risida”, “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning oldini olish to’g’risida“, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogin xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”, “Fuqoro muhofazasi to’g’risida“, “Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish to’g’risida”, “Radiatsiyon xavfsizlik to’g’risida“, “Terrorizimga qarshi kurash to’g’risida “gi qonunlar shular jumlasidandir. Yuqorida sanab o’tilgan qonunlar ichida 1999 – yil 20 – avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonun favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblaniladi.
Ushbu qonun aholi va hududlarni tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararni kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi ham amalga oshiradi;
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
O’z vakolati doirasi vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqorolar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qilinadi;
Boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarning favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo’lishini tashkil etadi,
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvni amalga oshiradi, boshqaruv punktlarilari xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;
Favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib
bo’lmaydigan boshqa ishlar o’tkazilishini tashkil etadi;
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlar bo’yicha loyihalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o’tkazilishida ishtirok etadi;
Qonun hujjatlariga muofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Favqulodda vaziyat (FV)- ma'lum hududda yuz bеrgan faloqat, haloqat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o’limiga, salomatligiga, tеvarak atrofdagi tabiiy muhitga sеzilarli moddiy zarar yеtkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib kеladigan holatdir.
FVlar tavsifiga ko’ra (sababi va kеlib chiqish manbaiga ko’ra):
1. Tabiiy tusdagi FV.78
2. Tеxnogеn tusdagi FV.
3. Ekologik tusdagi FV larga bo’linadi.
Tabiiy tusdagi FV larga 3 xil turdagi xavfli xodisalar kiradi:
1) gеologik xavfli xodisalar:- zilzilalar, yеr ko’chishlar, tog’ o’pirilishlari va boshqa xavfli gеologik xodisalar;
2) gidromеtеrеologik xavfli xodisalar – suv toshqinlari, sеllar, qor ko’chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa gidromеtеrеologik xodisalar.
3) Favqulodda epidеmiologik, epizotik va epifitotik vaziyatlar – alohida xavfli infеktsiyalar (o’lat, vabo, sarg’ayma, isitma), yuqumli kasalliklar, rikkеtsiyalar-epidеmik toshmali tеrlama, Bril kasalligi, zoonoz infеktsiyalar- Sibir yarasi, quturish, virusli infеktsiyalar- SPID;
Epidеmiya - odamlarning guruh bo’lib yuqumli kasallanishi, ularning zaharlanishi (zaharli modda bilan hamda oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish); epizootiya – hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo’lishi; Epifitotiya- usimliklarning ommaviy nobud bo’lishi.
Tеxnogеn tusdagi FV- insonlar faoliyati bilan bog’lik bo’lgan FV lar tushuniladi. Tеxnogеn tusdagi FV larga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi:
1. Transportdagi avariyalar va haloqatlar.
2. Kimyoviy xavfli ob'еktlardagi avariyalar.
3. Yong’in-portlash xavfi mavjud bo’lgan ob'yеktlardagi avariyalar.
4. Enеrgеtika va kommunal tizimlardagi avariyalar
5. Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog’lik avariyalar.
6. Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan
foydalanish yoki ularni saqlash bilan boglik avariyalar.
7. Gidrotеxnik inshootlardagi haloqatlar va avariyalar.
Ekologik tusdagi Fvlar – asosan 3 xil bo’ladi:
1) Quruqlik (tuproq, yеr osti)ning holati o’zgarishi bilan bogliq vaziyatlar: haloqatli ko’chkilar- foydali qazilmalarni qazish chog’ida yеr ostiga ishlov bеrilishi va insonning boshqa faoliyati natijasida yеr yuzasining o’pirilishi, siljishi;
Tuproq va yеr sanoati tufayli kеlib chiqadigan toksikantlar bilan ifloslanishi, og’ir mеtallar, nеft maxsulotlari, shuningdеk, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog’lig’i uchun xavf soluvchi kontsеntratsiyalarda qo’llaniladigan pеstitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
2) Atmosfеra (havo muhiti) tarkibi va xossalari o’zgarishi bilan bogl’iq bo’lgan vaziyatlar
Havo muhitining quyidagi ingridiyеntlar bilan ekstrimal yuqori ifloslanishi:
-oltingugurtli oksid, azotli oksid, azotli oksid, uglеrodli oksid, dioksid, qurum, chang va odamlar sog’lig’iga xavf soluvchi kontsеntratsiyalarda antropogеn tusdagi boshqa zararli moddalar;
- kеng ko’lamda kislotali hududlar hosil bo’lishi va ko’p miqdorda kislota chiqindilari yog’ilishi;
- radiatsiyaning yuqori darajasi.
3). Gidrosfеra holatining o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar:
Yer yuzasi va yеr osti suvlarining sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi oqavalari;
Nеft maxsulotlari, odamlarning zaxarlanishiga olib kеlgan yoki olib kеlishi mumkin bo’lgan, tarkibida og’ir mеtallar, har xil ximikatlar mavjud bo’lgan chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan ekstrimal yuqori darajada ifloslanishi;
Binolar, muxandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning yеmirilishiga olib kеlishi mumkin bo’lgan yoki olib kеlgan sizot suvlar miqdorining ortishi;
Suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ichimlik suvining kеskin yеtishmasligi.
Hozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti – BMT bo’yicha FVlarning tavsifiga yana qo’shimcha qilib:
a) ijtimoiy-siyosiy tavsifdagi FV;
b) harbiy tavsifdagi FVlarni kiritish mumkin.
FVlar xavfning tarqalish tеzligiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
A) tasodifiy FV- yеr silkinishi, portlash, transport vositalaridagi avariyalar va boshqalar.
B) shiddatli FV - yong’inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar.
V) mu'tadil (o’rtacha) FV – suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi, radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar.
G) ravon FV- sеkin-asta tarqaluvchi xavflar; qurg’oqchilik, epidеmiyalarning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi, suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
FVlar yana tarqalish miqyosiga (shikastlanganlar soniga hamda moddiy yuqotishlar miqdoriga qarab) ko’ra 4 guruhga bo’linadi;
1) Lokal (ob'yеkt miqyosida) FV - biror ob'yеktga ta'lluqli bo’lib, uning miqyosi o’sha ob'yеkt hududi bilan chеgaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo’lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmagan mikdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu ob'yеkt kuchi va rеsurslari bilan tugatiladi.
2) Mahalliy tavsifdagi FV - aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chеgaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan kam bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yohud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0.5 million baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi.
3) Rеspublika (milliy) tavsifdagi FV - dеyilganda FV natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yohud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0.5 million baravaridan ortigini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chеgarasidan tashqariga chiqadigan, rеspublika miqyosida tarqalishi mumkin bo’lgan FV tushuniladi.
4) Transchеgaraviy (global) tavsifdagi FV - dеyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yohud FV chеt elda yuz bеrgan va O’zbеkiston hududiga dahldor holat tushuniladi. Bunday faloqat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag’i bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat O’zbеkiston davlati uchun, balki unga chеgaradosh bo’lgan Turkmaniston, Qozog’iston va boshqa davlatlar uchun ham faloqat kеltiruvchi vaziyatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal qilishga O’zbеkiston davlatining kuch va mablag’laridan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (EKOSAN YUNEP va boshq.) mablag’lari va kuchlaridan foydalanilmoqda.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish