13 varianti
1.3 xil qarash mavjud diniy, ilmiy, mifalogik.
2.Х asrdan boshlab binokorlikda sinchli imoratlar qurilishi keng tarqalgan. Yakkasinch va qo’shsinchli binolar asosan yog’ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g’isht yoki guvalalar bilan urib chiqilib, somon loylar yoki qumli loylar bilan suvalgan. Bunday qurilma imoratlar ХII asrda ham shahar me’morchiligida asosiy o’rinni egallagan hamda zilzila silkinishlariga o’ta chidamli bo’lgan. Ajdodlarimizning Uyg’onish davri me’morchiligi sohasidagi bunyodkorliklari bugunga qadar ham saqlanib qolingan. Ushbu tarixiy ma’lumotlarni olimlarimiz Afrosyob, Varaxsha, Buxoro, Poykand va boshqa shaharlar xarobalari misolida ham tadqiq etadilar. Sharqiy o’lkalarda IХ-ХII asrlarda me’morchilik bilan birga tasviriy san’at, naqqoshlik, sopol ishlash va ganch san’ati ham ancha rivoj topib borgan. Imoratlarni o’ymakor ustun va to’sinlar bilan, devorlarni esa bo’yoqli yoki ganchkorlik naqshlari bilan bezash keng tarqalgan. Bunga misol qilib, Zarafshonning yuqori oqimidagi Oburdom degan manzilda Х asrda barpo etilgan naqshinkor bino namunasini ko’rsatish mumkin. Inshootda o’ziga xos yangilik, go’zallik, ya’ni mahalliy an’ana, badiiy shakl ko’zga yaqqol tashlanadi. Shuningdek, ХІ-ХІІ asrlarga tegishli Samarqand bilan Buxoro oralig’ida bunyod etilgan Raboti Malik karvonsaroyi peshtoqiga ishlangan ganch o’ymakorligi ham tahsinga loyiqdir
3.animizm-ruh va ionlarning borligiga ishonch. Fetishizm-u yoki bu buyun omad keltiradi deb ishonish. Totemizm-jonvorlarni omad keltiradi deb ishonish.
14 variant
1.Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmasbir bo‘lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o‘tib olib, mushuk, qo‘y, ho‘kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi, deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykalida yashaydi, deb o‘ylashgan. Kohinlar – ibodatxona ruhoniylari, xudolarni dindorlar in’om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqish kerak, deb ishonishgan.Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfi sning bosh xudosi – Ptax bo‘lgan. Ptax misrliklare’tiqodicha, shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko‘rishning iloji yo‘q. Shu sababli ham bu xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis bo‘lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo‘lgan qora ho‘kiz timsolida tasavvur etilgan.Mil. avv. 2-ming yillikdan boshlab esa Quyosh xudosi Amon-Ra fi r’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo‘lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so‘ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan.
2.Til, yozuv, ta’lim tizimi. Qadimgi misrliklarning tili va yozuvi ming yillik tarix davomida o`z taraqqiyotining 5 bosqichini bosib o`tdi: 1. Qadimgi podsholik davridagi til; 2. O`rta Misr klassik tili (bu tilda noyob adabiy asarlar yaratilgan); 3. Yangi Misr tili (er. avv. XIV-VIII asrlar); 4. Demotik til (er. avv. VIII-eramizning V asri); 5. Kopt tili (III-VII asrlari).Misrdan bizgacha maktab matnlari yozilgan papiruslar yetib kelgan. Jumladan, o`quvchilarning yozuvlari, o`quv qo`llanmalar, namuna uchun adabiy matnlar. Misrliklar yozuvni “Ilohiy so`z” deb aytganlar. O`qituvchilar o`quvchilar uchun mashqlar, ko`rsatmalar tuzganlar. Misrda o`qish va yozishni bilgan kishilar qadrlangan. Zodagonlar o`zlari va bolalarining savodli bo`lishiga jiddiy e`tibor berganlar. Ta`lim tizimi shakllanib, maktablar paydo bo`lgan. Ular ikki bosqichdan iborat bo`lgan. Maxsus tibbiyot maktablari bo`lib, ularda tabiblar tayyorlangan.. 3 3.Fir’avnning kuchli hokimiyati orqali tashkil qilingan umumjamoa mehnati bilan misrliklar qulay hayot uchun shart-sharoit yaratdilar. Shu bois, tabiatning dahshatli kuchlari oldidagi qo`rqinch, fir’avnning qudratli hokimiyati, dahshatli xudolar, ularning ulug`vorligi va qudrati qadimgi misrliklarning dunyoqarashiga singib ketgan edi. Oddiy odamlar qudratli xudolar va yanada qudratli fir’avnlar, ularning amaldorlari oldida o`zlarining juda zaifligi va kuchsizligini his qilganlar.
Misr madaniyatiga chuqur konservatizm va an’anaviylik xos. Misrliklar o`zlarining madaniy qadriyatlar tizimiga biror-bir yangilik kiritishdan qochdilar. Aksincha, ularda o`zlariga ma’lum g`oya, qonun, badiiy uslublarni asrash va amaliyotga tadbiq qilish uzoq asrlar asosiy tamoyil bo`lib qoldi. Albatta, bu hol yangi unsur, g`oya va uslublarni inkor qilmadi, ammo ular asta-sekin paydo bo`ldi. Shu sababli, Misr ustalari doimo rioya qilgan an’anaviylik va konservatizm Misr san’ati uchun xos bo`lgan konseptuallik va yuqori malakalilik, mohirlik, uyg`unlikni o`zida aks ettirib, nihoyasiga yetkazib ishlangan. Bu sof Misr qonun va obrazlarining yaratilishiga olib keldi.
15 variant 1.Adabiyot. Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli g`oyalar, badiiy obrazlar bilan sug`orilgan boy adabiyotlarni yaratdilar. Adabiyotning rivojlanishi uchun qulay omil bo`lib xalq og`zaki ijodi xizmat qildi. Ilk abadiy asarlar er. avv. IV ming yillikda shakllandi. Ertaklar, didaktik nasihatnomalar, zodagonlar tarjimai hollari, diniy matnlar va poetik asarlar Qadimgi podsholik davridayoq paydo bo`ldi. Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar didaktik janri to`laroq aks etgan. Nasihatnomalardan eng qadimgisi «Ptaxotep nasihatnomasi»dir. Keyingilari «Gerakleopol podshosi Axtoyning o`g`li Merikaraga nasihati», «Fir`avn Amenemxet I ning nasihatnomasi» kabi asarlarda davlatni boshqarish yo`l-yo`riqlari bayon qilingan. «Axtoyning o`gli Duaufaga nasihati»da mirzalikni boshqa kasblardan afzalligi ko`rsatiladi. Yangi podsholik davrida nasihatnomalardan «Ani nasihati», «Amenemope nasihati»da turmush axloqi va an’anaviy axloq qoidalari batafsil bayon qilinadi. Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir janr sifatida shakllandi. Ulardan eng mashhurlari «Fir’avn Xufu va sehrgarlar», «Kema halokatiga uchraganlar», «Egri va to`g`ri», «Ikki aka-uka» va «Fir’avn Petubastis to`g`risida» gi bir necha ertaklardir. 2.Misrda din ilk urug`chilik jamoalarida vujudga kelib, juda uzoq taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Diniy an’analar mustahkam va turg`un bo`lgan fetishizm, totemizm, ayniqsa, hayvonlarga topinish Misrda uzoq davom etgan. Misr xudolarining panteoni juda katta bo`lib, u ilk davrda vujudga kelgan madaniyatga borib taqaladi. Unga odamlar totem-hayvonga, qabila boshlig`iga sig`inishgan. Misrliklarning xudolari hayvon qiyofasida: Anubis-o`liklar saltanatining podshosi, bo`ri boshli qilib tasvirlangan. Tot aql va yozuv xudosi. Soxmet sher boshli urush ilohasi va boshqalar.Hayvonlar ilohiy hisoblanib, ular ibodatxonalarda saqlangan. Ibodatxonada ular yaxshi parvarish qilingan. Masalan, ilohiy hayvonlardan biri buqa xuddi shunday parvarish qilingan. U kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Misrliklar bu buqaga sigir tanlashda ham alohida ahamiyat berishgan. Agar buqa o`lib qolgudek bo`lsa, uni mo`miyolab, marosimlar o`tkazib, alohida bir qabrga ko`mishgan. Va uning o`rniga yangi tug`ilgan ho`kizcha izlashgan. Bu juda mushkul ish hisoblangan. Chunki ho`kiz qora rangli bo`lib, peshonasida uchburchak shakldagi oq belgisi bo`lishi kerak edi. Bunday hayvonni topish juda mushkul bo`lgan. Misrliklar daraxtlar, o`simliklar va gullarga ham e’tiqod qilishgan.Quyoshga sig`inish Misr dinida eng yuqori o`rinda turgan. Misrning o`zi «Quyosh mamlakati», uning fir’avnlari esa «Quyoshning o`g`li» deb atalgan. Qadimgi podsholikda Ra-Quyosh xudosi hisoblangan. Keyinchalik, u Amon-Ra bo`lgan. Yangi podsholik davrida esa, fir’avn Amenxotep IV (Exnaton) diniy islohot o`tkazib, yakkaxudolikni joriy qiladi. Ya’ni u hammani Atonga («Quyosh shu'lasi») sig`inishga da’vat etadi. Quyoshning belgisi (ramzi) turlicha bo`lib, u qanotli sher qiyofasida, sher ko`pgina qo`llar bilan, bu qo`llar esa, nur qiyofasida, lochin qiyofasida tasvirlangan. Unga atab ko`p madhiyalar aytilgan. 3.xususiyatlari. Qadimgi misrliklar tuzilishi bo`yicha murakkab, mazmunan boy madaniyat yaratdilar. Bu madaniyat ko`pgina Yaqin Sharq xalqlarining madaniy taraqqiyotiga hayotbaxsh ta’sir ko`rsatdi. Nil vodiysining g’aroyibotlari Mesopatamiyava Hind vodiylaridan farqlanib turadi. Bundan 2500 yil oldin yunon tarixchisi va geogrifi Gerodot Misr Nilning tuxfasiligini va uning uzunligi dunyoning ko‘pgina alohida geografik asosi ekanligini eslatib o‘tgan. Misr madaniyati to`rt ming yil davomida shakllandi. Qadimgi Misr madaniyatining taraqqiyotini nima belgiladi? Birinchi navbatda, Qadimgi Misr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlari, Nil vodiysining o`zlashtirilishi, dehqonchilikning oqilona tashkil qilinishi, umummisr iqtisodining yuksak taraqqiyoti madaniy o`sishning moddiy asosini yaratdi. Shu bilan birga, madaniyat sohasidagi yutuqlar ta’lim, fan, qadimgi misrliklarning umumiy ma’naviy taraqqiyotining yuksalishi bu ijtiomiy-iqtisodiy taraqqiyot va davlatni takomillashtirishning asosiy sabablaridan biri bo`ldi.Qadimgi Misr madaniyatida qator o`ziga xos xususiyatlar borki, bu madaniyatni chuqur takrorlanmas tizimini hosil qiladi. Uning o`ziga xosligi va takrorlanmasligi sinfiy jamiyat va davlatning kelib chiqishi hamda Nil vodiysining yopiq geografik joylashuvi natijasida boshqa xalqlarning madaniy yutuqlarini o`zlashtirishning qiyinligi bo`ldi. Nil vodiysining tabiiy sharoiti butun Misr madaniyatida chuqur iz qoldirdi. Xo`jalik hayotida Nil daryosining yetakchi o`rni, dengizdan uzoqlik, Nilni o`rab turgan jonsiz sahro, o`zining qumli bo`ronlari, jazirama issig`i, yirtqich hayvonlari bilan qadimgi Misr dunyoqarashi va diniy e’tiqodi, qadriyatlarining butun tizimi xususiyatini belgiladi.