uning kasbiy fanlardan bilimdonligidan kelib chiqadi. Pedagogik bilish qobiliyati:
O„qituvchiga xos bo„lgan bilimlarni o„qitish va tarbiya uslublarini yangi
pedagogik sharoitda ham o„tkaza olish. Har bir pedagogik holat uchun yangi
echimlarni topa bilish. Aniq pedagogik vaziyatlarda yangi pedagogik echimlarni
va ideallarni taklif eta olish hamda yangisini echish uslublarini topa olish.
O„qituvchining bilish qobiliyatini Markova g„oyasiga ko„ra 7 guruhga bo„lish
mumkin: 1-guruh: pedagogik vaziyatdagi muammoni ko„ra bilish va uni
pedagogik masalaga aylantira bilish. Bu holda masalani o„quvchiga moslay olish;
pedagogik holatning o„zgarishiga qarab, maqsadni zudlik bilan vaziyatga tomon
yo„naltira bilish; turli xil og„ir vaziyatlardan ham mohirona chiqib keta bilish. 2-
guruh: a) nimani o„rgatish; b) kimni o„qitish; v) qanday o„qitish. a) o„quv
fanining tayanch ideallarini fikr nuqtalariga ajrata olish, yangi sharoitlarni
zamonaviy terminlar – atamalar, tushunchalardan foydalanib, o„quv fanini
yangilash hamda turli-tuman axborotlarni (gazeta va jurnallar, radio va
boshqalardan olingan ma‟lumotlarni) tahlil qila bilish, o„z fanini boshqa fanlar
bilan bog„lay olish. b) kimni o„qitish, o„quvchilarning alohida ruhiy xolatlarini,
bilimdonligini va ularning real imkoniyatlarini aniqlab, so„ng o„qitishga o„tish;
o„quv jarayonini tashkil qilishdan oldin o„quvchilarning talab va istaklarini
hisobga olish. v) qanday o„qitish uchun har bir vaziyatni yaxshi anglab, har hil
usullardan foydalanib o„qitish va hokazo. 3-guruh: pedagogik bilimdonlikning
talabalar pedagogik, psixologik bilimlarini, yangi pedagogik tajribalarni bilish –
bilmasligini bilgan holda, tinglovchilar va o„z mehnatini, o„zining tajribalarini
baholab dars o„tish. 4-guruh: yuqori darajadagi muloqot uslublaridan
foydalanish. Unga boshqaning dunyoqarashini bilish, uning shaxsiga to„g„ri
munosabatda bo„lish va boshqalar kiradi. 5-guruh: bu asosan pedagogning o„z
o„rnini bilgan xolda o„zining kasbiy o„rnini saqlay bilish, o„zining pedagogik
qobiliyatini ishga solishi va o„stirish, o„zining emotsional holatlirini saqlay
bilishi va hokazo. 6-guruh: o„z kasbi rivojlanish holatini bila olish, o„z individual
stilini yaratish. 7-guruh: o„z o„quvchisining yil boshida va yil oxiridagi
bilimlarini aniqlay olish, o„qitilganlikning alohida ko„rsatkichlarini topa bilish;
o„qitilganlik va o„qitishning barcha tashkil etuvchilarini o„z vaqtida ishlab chiqa
bilish. “Har kishida muloyimlik, xushmuamolalik bor bo„lsa, fayz, kamol
topishidan o„zga ehtimol yo„q. Har kishi badf‟el bo„lsa, beobro„ bo„lishdan
boshqa chora yo„qdir. Xushfe‟llik, muloyimlik hamma ne‟matlarning
yaxshirog„idir” (Voiz al - Koshifiy) “Mutahassis malakasi – chuqur umumiy
bilim, keng dunyoqarash va kasb tayyorgarligi, kompyuter bo„yicha savodxonligi,
o„z bilimini tezlik bilan yangilash va to„ldira olish qobiliyati singari omillardan
tashkil topadi... SHular qatorida uning intizomi, mas‟uliyat, ziyolilik va o„z
Do'stlaringiz bilan baham: |