3 variant 1-топшириқ. Берилган саволларга ёзма тарзда жавоб тайёрланг



Download 0,88 Mb.
bet3/3
Sana23.03.2022
Hajmi0,88 Mb.
#506424
1   2   3
Bog'liq
xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash

Fanning ta'limdagi o‘rni
Mazkur fan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida vatanimizning boy tarixiy meroslarini, xalq xunarmandchiligini va xalq amaliy bezak san’atini yanada rivojlantirish kabi masalalami mehnat ta’limi darslarida qo‘shib olib borish yaxshi natijalami beradi.


Каштачилик турлари. Сўзана. Дўппидўзлик


3 .Kashtadoʻzlik, kashtachilik — kashta tikish kasbi, amaliy sanʼatning qad. sohalaridan biri. Arxeologik topilmalar Kashtadoʻzlikning deyarli barcha xalklarda qad.ligini, iqlim, tabiiy sharoit, mu\it bilan bogʻliq holda har bir xalqning madaniyati, sanʼati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning taʼsirida rivoj topganini koʻrsatadi. Kashtadoʻzlikning paydo boʻlishi teridan qilingan kiyimlarda bogʻlam va choklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga oʻtish b-n, shuningdek, toʻqish, mato toʻqish, boʻyash va b. ishlar bilan bogʻliq. Kashtadoʻzlik taraqqiyotini Qad. Osiyo, Yevropa, Amerika madaniy yodgorliklari, adabiy manbalardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan Kashtadoʻzlik namunalarida kuzatish mumkin. Kashtadoʻzlik mahsulotlarining eng qad. nusxalari saqlanmagan. Kashtadoʻzlik rivojlangan xalqlarda unga tasviriy sanʼatning taʼsiri katta boʻlgan. Mac, 11-asrga oid ingliz kashtalarida jang lavhalari aks ettirilgan. 12-asrga mansub rus kashtalarida Vizantiya ikona sanʼatining taʼsiri koʻzga tashlanadi. Xitoyda 14-asrdan „syuxua“ (ignali tasvir) nomi bilan mashhur boʻlgan kashtali namoyonlar uslub jihatdan shoyiga tush bilan ishlangan manzara janriga yaqin.

Yevropada Kashtadoʻzlik Uygʻonish davrida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. Davrning buyuk rassomlari (mas, Perujino, Bottichelli va b.) kashtaduzlar uchun andazalar tayyorlab berishgan, bu esa kashtalarning badiiyligini oshirgan. Kashtadoʻzlikda qimmatbaho toshlardan ham foydalanilgan, ip, jun, ipak, zar va kumush suvi berilgan iplar ishlatilgan. 18-asr da Yevropada aslzodalar kiyimini bezashda kashtalardan foydalanib tayyorlangan Kashtadoʻzlik buyumlari keng tarqalgan.


19-asrning 2-yarmida kashta tikish mashinasi ixtiro etilgach, sanoati rivoj topgan mamlakatlarda Kashtadoʻzlik korxonalari vujudga kela boshladi, i.ch.ni yoʻlga qoʻyilishi anʼanaviy Kashtadoʻzlikni inqirozga uchratdi. Kashtadoʻzlik dagi mavjud anʼanalar susayib ketdi, arzon baho mashina kashtalari katta maxrrat va koʻp mehnat talab qiladigan qoʻl kashtalarini siqib chiqardi. Lekin bir qancha mamlakatlarda mashina kashtasi bilan bir qatorda qoʻlda kashta tikishga alohida eʼtibor berilmoqda, kashtadoʻzlarning ishlari muzeylarni, jamoat binolarini bezamokda.


Oʻrta Osiyoda Kashtadoʻzlik mahsulotlarining qad. xillari deyarli saqlanmagan. Muzeylardagi palak, soʻzana, choyshab, kirpech, zardevor singari badiiy buyumlar va kashtali kiyimlar faqat 19-asrga mansub.


14—15-asrlarga oid kitoblardagi miniatyuralar Kashtadoʻzlikning bu yerda qadimdan keng rivojlanganini koʻrsatadi. Jumladan, Amir Temur saroyida yashagan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo oʻz esdaliklarida saroyda kashta bezaklarini tomosha qilganini yozgan. Behzod „Zafarnoma“ qoʻlyozmasiga ishlagan „Temur taxtda“ miniatyurasida (1467) kashtali chodirni ham aks ettirgan.


Oʻrta Osiyoda, ayniqsa, oʻzbek, turkman, tojik ayollari urtasida Kashtadoʻzlik keng tarqalgan. Kiyimlar oilada tayyorlangan, badiiy buyumlar (soʻzana, kirpech, dorpech, choyshab, oynaxalta, choyxalta va b.)ning asosiy qismlari har bir xonadonning oʻzida tayyorlangan.


Kashta choklari, kashta tikish va uslublarining turli-tumanligi oʻzbek kashtadoʻzlarining katta sanʼatidan dalolat beradi. Mas, Nurota, Buxoro, Samarqand Kashtadoʻzlik mahsulotlari koʻproq yoʻrma chok b-n, Shahrisabzda yoʻrma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda esa koʻproq bosma chok bilan tikilgan. Ijtimoiy hayotda roʻy bergan oʻzgarishlar Kashtadoʻzlik anʼanalariga, mahsulotning turlariga taʼsir koʻrsatgan. Mac, hozir boʻgʻjoma, dorpech, oynaxalta kabi ashyolar oʻz ahamiyatini yoʻqotdi, paranji, kaltacha kabi kiyimlarni faqat muzeylardagina uchratish mumkin. Doʻppi, sumka, nimcha, kavush, kirpech, soʻzana kabi badiiy buyum va ashyolar zamonaviy did bilan bezatilmokda, shakl va badiiy bezaklarida katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Oʻzbek kashtadoʻzlari buyum bezaklarida amaliy bezak sanʼatining boshqa turlaridagi naqshlardan andaza olganlar, kashtalarda oʻsimliksimon tasvirlar, shox, gulband, guldastalar koʻp uchraydi. Naqsh mujassamotida asosiy bezak matoning oʻrtasida boʻlib, hoshiyalar qoʻshimcha bezak hisoblanadi. Lekin hoshiya bezagi mahorat bilan ishlangan kashtalar ham koʻp. Ganchkorlik, yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikda uchraydigan islimiy gul (naqsh) lar Kashtadoʻzlikda ham koʻp uchrashi chizmakash (naqqosh)lar amaliy bezak sanʼatining turli sohalariga chizma (naqsh)lar tayyorlaganini koʻrsatadi. Kashtadoʻzlikda chizmakashlar yaratgan naqsh(gul)lar asosida kashtadoʻzlar badiiy buyum yaratadilar. Kashtadoʻzlikda ishlatiladigan asosiy ish qurollari: igna, ilmoqli igna, ilmoqli bigiz, angishvona, chambarak va b.; keng tarqalgan chok turlari: bosma, kandaxayol, chindaxayol, xomdoʻzi, yurma, iroqi popur, ilmoq, baxya va b.



Soʻzana (fors. — igna bilan tikilgan) — mashina yoki qoʻlda matoga kashta tikib tayyorlanadigan badiiy buyum. Ip gazlama, shoyi, baxmal kabi sidirgʻa matolarga turli choklar (bosma, yoʻrma, popop)da kashta tikiladi. Kashta zamini sifatida mato rangi S. koloritini hosil qilishda muhim rol oʻynashi bilan palaksan farq qiladi. Naqsh mujassamoti markaziy maydon (aylana gul va boshqalar) va hoshiya (takrorlanuvchi 1—2 naqsh boʻlagi)dan tuzilgan toʻrtburchak, murabba shaklga ega boʻlib, asosan, oʻsimliksimon (baʼzan tasvirli, syujetli) naqshgullardan iborat. Naksh mujassamotining asosiy chiziklari axta yordamida matoga tushiriladi. S.ning badiiyligi, nafosati chevarning mahorati, uning ijodiy didi bilan belgilanadi. Ayniqsa, zardoʻzlikdz. tayyorlanadigan S.lar jilosi, jozibasi bilan ajralib turadi. S, odatda, xonani bezatish uchun devorga osiladi (ayrim mintaqalarda kelinkuyovlarning oʻrni ustiga yopiladi).


Suzana (19-asr oxiri, Shaxrisabz). Oʻzbekiston va Tojikiston hududida S. qadimdan keng tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shaxrisabz va boshqalarda oʻziga xos tarzda tayyorlangan S.lar kashtasi, naqshi, rangi jihatdan xilmaxil boʻlib, ulardan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida, xususiy toʻplamlarda saqlanadi. 20-asrning 20—30y.larida S.ning asosiy mujassamoti shakllandi (hoshiya ingichkalashdi, gullar yetakchi oʻrinni egalladi), 40y.lardan mashina kashtadoʻzligining rivojlanishi bilan S. kashtalari mashinada ham tikila boshlandi, mavzuli, tasvirli S. mujassamotlari yuzaga keldi. 20-asr oxiriga kelib Oʻzbekiston mustaqilligi (1991) dan keyin amaliy bezak sanʼatining barcha sohalarida boʻlganidek, kashtadoʻzlik (jumladan, uning S. turi) ham jadal rivojlandi, S. uchun mato va kashtalar uchun iplar tayyorlash keng yoʻlga qoʻyildi. Bunda Buxoro (3. Aʼloberdiyeva, 3. Obloqulova va boshqalar), Surxondaryo (A. Xolyorova va boshqalar), Samarqand (S. Rahmatullayeva, M. Haydarova va boshqalar), Toshkent (I.Davlatov, Z.Fayzullayeva va boshqalar), Qashqadaryo (3. Hamidova va boshqalar) kabi S. tayyorlash markazlarining hissasi katta. Zamonaviy mujassamotli, nafis koloritli, serjilo, rangbarang S.lar yaratilmoqda, ular xalqaro koʻrgazmalar (AQSH, Fransiya, Italiya va boshqalar)da namoyish etiladi, muzey va xususiy toʻplamlarda saqlanadi




Doʻppidoʻzlik — doʻppi tikish kasbi; badiiy hunarmandlikning keng tarqalgan sohasi. Doʻppi baxmal, sidirgʻa shoyi, satindan bichilib, ip, ipak, zar iplar bilan kashta tikiladi. Kashta tikib bezatilgan boʻlaklar (tepa, kizak) ga astar yopishtirilib mayda nozik chokda qaviladi, qaviklar orasiga paxta yoki qogʻozdan pilta uriladi. Soʻng tayyor boʻlaklar bir-biriga ulanadi, kizak atrofi jiyak (tasma) bilan hoshiyalanadi. Yelimlangan doʻppilar taxtakachga qoʻyiladi. Tayyor boʻlgan doʻppi bichimiga qarab murabba, konussimon (dumaloq) shaklga ega boʻladi. D. bilan asosan ayollar, qis-man erkaklar ham shugʻullanadi.


20-asr 20-y.laridan hunarmand ustalar artellarga birlashtirildi, keyinchalik f-kalarda mehnat qila boshladilar. D. hochir Buxoro ("Zardoʻz" aksiyadorlik jamiyati), Toshkent ("Sharq guli" LTD), Chust va b. korxonalarda, qisman xonadonlarda davom


Ettirilmoqda




1.Hunarmandchilikni rivojlantirish to’g’risidagi qaror qachon qabul qilingan
A.2019- yil 17-noyabr

  • B.2017-yil 17 noyabr

D.2018-yil 17- noyabr
2.O’zbekistonda hunarmandchilikning nechta turi mavjud
A.200 dan ortiq
B.250 dan ortiq

  • D.150 dan ortiq

3.Kandakorlik qaysi hunarmandchilik turiga kiradi
A.O’ymakorlikda badiiy uslubda ishlangan buyumlar

  • B.Metaldan yasalgan buyumlarga o’yiq yoki bo’rtiq qilib naqsh ishlash

D.Kulolchilik uslubida ishlangan buyumlar
4.Mebel so’zining ma’nosi

  • A.Lotincha (qo’zg’luvchi)

B.Arabcha (qo’zg’almas)
D.Forscha (shakldor)
5.Qaysi asrga kelib zargarlikda oltin ishlatish ko’paygan

  • A.XIX asrda

B.XV asrda
D.XX asrda
6.Oltining erish harorati qancha

  • A.10640

B.10700
D.15640
7.london muzeyida o’lchami necha mm bo’lgan marvarid saqlanmoqda

  • A.4,5 -8,5

B.5-10
D.3,5-6,5
8.Ustaxonaga yorug’lik qaysi tomondan tushishi kerak
A.o’ng tomondan
B. chap tomondan

  • D. hamma tomondan

9.Kazeyin yelimi nimadan tayyorlanadi
A.ximikatdan

  • B.sutdan

D. kraxmaldan
10.Hunarmandchilik qilishda nimalarga e’tibor berish kerak
A.bilimga, qiziqishga
B.qobilyatga

  • D.hammasi to’g’ri

11.Biron kasbga qiziqish bo’lsa -yu tanlay olmasa bunga sabab

  • A.Sog’lik

B.qobilyat
D.to’g’ri javob yo’q
12.Mol go’shtining necha % suvdan iborat
A.53-78%
B.60-70%

  • D.60-73%

13.Choyan qanday qotishma
A.elastik

  • B.mo’rt qattiq

D.mo’rt
Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish