3. turistlik korxonaning marketing strategiyasini aniqlashda swot-tahlil usulini qo’llash


BKG MATRITSASINING AFZALLIGI VA KAMCHILIKLARI



Download 0,56 Mb.
bet25/68
Sana23.12.2022
Hajmi0,56 Mb.
#895250
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68
Bog'liq
094f157f512527dca38b6ca3a3f7e892 TURIZMDA STRATEGIK MARKETING

BKG MATRITSASINING AFZALLIGI VA KAMCHILIKLARI


BKG matritsasining asosiy analitik qiymati shundaki, uning yordamida mehmonxona har bir xizmat turining strategik holatlarini aniqlab olish bilan birga naqd pul oqimining strategik balansi bo‗yicha tavsiyanomalar berish imkoni ham mavjud. Strategiya harajatlar nuqtai nazaridan va kelajakda mehmonxona har bir xizmat turidan pul mablag‗larini olish imkoniyati nuqtai nazaridan qaraladi.


Shunday paytlar bo‗ladiki, mehmonxona tomonidan ishlab chiqilayotgan xizmat o‗z hayot siklining oxirgi bosqichi arafasida bo‗ladi va mehmonxona tasarrufida ortiqcha pul mablag‗lari paydo bo‗ladi, bu mablag‗larni sarmoyalashtirishni davom ettirish hojati qolmaydi. Nazariy tarafdan qaralganda, mehmonxona shu mablag‗larini o‗z aksiya egalariga qaytarib berish kutilgan edi, ular esa keyinchalik o‗zlari xohlagan mehmonxonalariga yangi sarmoyalarni qo‗shishga imkon berishardi. Lekin, boshqaruv personalining tabiati va shu bilan soliq qonuniligi sarmoyalarni shu mehmonxona miqyosida qayta taqsimlanishni taqozo etmoqda, ya‘ni, o‗zlarining kapitallarini yangi xizmat turlariga, yangi bozorlarga, yangi mamlakatlarga yo‗naltirishni ko‗zda tutadi.
BKG matritsasi mehmonxona o‗z maqsadlarini hayot siklining boshlang‗ich bosqichidagi xohlayotgan bozordagi ulushga, hayot siklining o‗sish bosqichidagi bozorni egallab olish va uni saqlab qolish yo‗llaridagi maqsadlari nisbatan belgilashi lozimdir, xizmat ko‗rsatishdan foyda olish esa faqatgina hayot siklining to‗yinish bosqichida amalga oshirish mumkin.
BKG matritsasining optimal biznes-strategiyasi sifatida hayot sikining to‗yinishi bosqichida turgan xizmat ko‗rsatishning bozordagi katta miqdoridagi ulushining egallash strategiyasi turadi. Bunga erishish uchun strategik manba sifatida mehmonxona xizmat ko‗rsatish portfelini balanslashtirish maqsadida ma‘lum turdagi
«Yulduzli» turdagi faoliyatga, kelajakda «sog‗iladigan sigirlar» toifasiga Kirishi kuzatilayotgan ba‘zi bir «qiyin bolalar» ni «Yulduzli» tabaqalarga o‗tkazish uchun shu sohalarga investitsiyalarni jalb qilish ko‗zda tutiladi.
BKG matritsasining kamchiliklari.

  1. BKG matritsasi xizmat ko‗rsatish sohalari uchun bozor haqidagi noaniq taassuroti asosida tarkib topadi. Mazmun mohiyati yuzasidan qilingan sezilarsiz o‗zgarishlar bozor ulushida katta o‗zgarishlarga, keyinchalik esa tahlilning umuman boshqa natijalariga olib kelishi mumkin.

  2. BKG matritsasining raqobat darajasi kuchli bo‗lmagan yoki ishlab chiqarish hajmi katta bo‗lmagan sohalarda qo‗llash paytida matritsa bu sharoitlarda ishlamay kelayapti.

  3. Yuqori o‗sish sur‘atlari – mehmonxona qiziqish manbaining faqatgina yagona, qolaversa eng muhim jihati emasdir.

  4. Bozorning boshqa ko‗rsatkichlari bilan solishtirilganda bozordagi ulushining ahamiyati juda ham oshirib yuborilgan. Ko‗pgina o‗zgarishlar biznes darajasiga ta‘sir ko‗rsatsada, BKG matritsasida ular faqatgina inkor qilinadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda turizmni rivojlantirish eng dolzarb muammo hisoblanadi. Bu mummolarni hal qilishda asosan turistik firmalar va mehmonxonalarning o‗rni judayam kattadir.
Buning uchun biz asosiy e‘tiborimizni turistik firmalar va mehmonxonalarni ko‗proq tashkil etishga ularning faoliyatlarini rivojlantirishga, ularning missiya va maqsadlarini aniqlashga, strategiyalarini shakllantirishga ko‗proq ahamiyat berishimiz kerak. Bunda turistik korxonalarning va mehmonxonalarning asosiy maqsadi turistlarni ko‗proq O‗zbekistonga jalb qilish va reklama faoliyatini kuchaytirishdan iborat bo‗lishi kerak.
Har bir turistik korxona bozorda peshqadamlik darajasiga erishish uchun o‗zining birinchi navbatda missiyasini, maqsadlarini va strategiyalarini belgilab olish kerak bo‗ladi.
Har bir turistik firmaning qay darajada faoliyat ko‗rsatayotganini, uning bozorda qanday faoliyatda bo‗lishini ularning tanlagan strategiyalari aniqlab beradi. Bu strategiyalarni shakllantirishda esa har xil tahlil usullaridan foydalansa bo‗ladi. Anna shunday aniq tahlil usullaridan SVOT tahlil usuli va BKG matritsasi tahlil usulini
«Afrosiyob-Palas» mehmonxonasida faoliyatida tahlil qildik. Bu tahlillarga asosan
«Afrosiyob-Palas» mehmonxonasining kuchli va kuchsiz tomonlarini, kutilayotgan imkoniyat va xavflarini ajratib, eng yaxshi strategiyani aniqlash bo‗ladi. «Afrosiyob- Palas» mehmonxonasi xizmatlarini BKG tahlil usulida tahlil qilib, bu xizmatlarning mehmonxonalardagi ulushlarini aniqlab, xizmatlarning har biriga mos ravishda eng yaxshi, ya‘ni optimal strategiya qo‗llaymiz. Bu strategiyalar asosida esa xizmatlarning sifatini yanada oshirish mumkin.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish