3-tema. Isbilermenlik hám kichi biznes boshqariwi, onin turleri reje


O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'nalishlari



Download 32,09 Kb.
bet4/4
Sana19.04.2022
Hajmi32,09 Kb.
#562654
1   2   3   4
Bog'liq
3-тема

3.5. O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'nalishlari


Mustaqillik yillarida O'zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo'lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O'rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo'yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.
Natijada so'nggi o'n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o'sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to'g'ri keladi.
«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro'yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o'rtacha soni 100 kishigacha ko'paytirilgan kichik korxonalar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari ro'yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes sub'ektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkorlik sub'ektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish bo'yicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va boshqa majburiy to'lovlarni o'z vaqtida to'layotgan, shuningdek, ishlab chiqarishning barqaror o'sish sur'atlari va rentabelligini ta'minlayotgan kichik tadbirkorlik sub'ektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o'tkazish taqiqlandi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes sub'ektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi.
Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar hal etilmay qolmoqda.
Tadbirkorlik sub'ektlarining davlat, soliq va nazorat idoralari, tijorat banklari bilan o'zaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan ma'muriy reglament to'liq ishlab chiqilmagan. Ochiqligi ta'minlanmagan ko'plab ruxsat berish tartiblari hamon saqlanib qolmoqda. Nazorat idoralarining tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda. Kichik biznes mahsulotlarini hududiy va jahon bozorlariga olib chiqish bo'yicha amaliy mexanizm yaratilmagan.
Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yo'lidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka ko'proq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi to'siq va g'ovlarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta'minlash maqsadida:
1. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari deb hisoblansin:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi ortiqcha byurokratik to'siq va g'ovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funktsiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka ko'proq erkinlik berish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish me'yorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish;
tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va nazorat tuzilmalari bilan o'zaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish mexanizmini ularni elektron tizim bo'yicha taqdim etishga bosqichma-bosqich o'tish orqali tubdan soddalashtirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga soliq, bojxona hamda boshqa to'lovlar bo'yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga ko'maklashadigan qo'shimcha imtiyoz hamda preferentsiyalar berish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining tijorat banklari bilan o'zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik sub'ektlariga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga yo'naltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini ko'paytirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko'maklashish, eksport shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish jarayonini hamda umuman bojxona ma'muriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish.
2. Belgilansinki, tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining barcha darajadagi davlat boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, tijorat banklari bilan o'zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi printsipiga amal qilinadi, ya'ni unga muvofiq, me'yoriy-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo'lmaydigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ularda tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi printsipini belgilashni ko'zda tutuvchi o'zgartish hamda qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi takliflarni puxta ishlab chiqsin va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o'z kuchini yo'qotgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021 y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. 2011 yilning 1 oktyabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo'yicha qo'shimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanktsiyalarni tekshiruv materiallarini ko'rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e'tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to'lashga haqli.
(4-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021 y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Moliya vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi bilan birgalikda barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini 2014 yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o'tkazishni ta'minlasin.
(5-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 30 oktyabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O'R QHT, 2013 y., 45-son, 584-modda)
6. Markaziy bank, O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklarining tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va liberallashtirish bo'yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019 y., 06/19/5893/4150-son)
tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining kelishilgan hajmda kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko'rib chiqish muddatini uch bank kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklash;
xo'jalik sub'ektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda to'lovlarni amalga oshirishda to'lov terminallari cheklarini birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga bank muassasalariga naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqini berish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019 y., 06/19/5684/2708-son)
7. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki O'zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda bir oy muddatda xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy jamg'armalar va banklar bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi bo'yicha ta'minotni taqdim etish uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha kafolatlash fondini tashkil etish to'g'risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o'z kuchini yo'qotgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 yanvardagi PF-4774-sonli (O'R QHT, 2016 y., 4-son, 33-modda) va 2016 yil 15 noyabrdagi PF-4856-sonli (O'R QHT,2016 y., 47-son, 537-modda) formonlariga asosan o'z kuchini yo'qotgan)
10. Xo'jalik sub'ektlari o'rnatilgan texnologik uskunalarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxat bo'yicha respublika hududiga olib kelinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar uchun 2016 yilning 1 yanvarigacha bojxona to'lovlarini (bojxona rasmiylashtirish yig'imlari bundan mustasno) to'lashdan ozod etilsin.
Download 32,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish