3-TAJRIBA ISHI
ASINXRON MOTORNI AVTOMATIK BOSHQARISH SISTEMASI
Ishdan maqsad
:
Vaqt prinsipiga asoslangan asinxron motorni avtomatik
boshqarish sistemasini tajribada o‘rganish.
2. Sxemaning ishlash prinsipi
Faza rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish uchun xar xil tipdagi
ishga tushirish elektr qurilmalari: rele, kontaktor, uzgich, qarshilik va boshqa
xildagi elementlar qo‘llanishi mumkin.
Asinxron motorni avtomatik ravishda ishga tushirish yoki tormozlash uchun
tezlik va tok prinsiplariga amal qilinadi.
Avtomatik boshqarish sistemasining prinsipial sxemalari 3.1, 3.2-rasmlarda
keltirilgan.
Kuchli tok zanjiri asinxron motor (АМ), ishga tushirish qarshiligi R, tok
manbaiga ulovchi kontaktorlar В, Н, КD lardan iborat. Tok manbaining
kuchlanishini voltmetr - «V» bilan nazorat qilish mumkin.
2-rasmda motorning boshqaruv sxemasi berilgan. Kontaktor В motorni bir
tomonga, Н kontaktori esa motorni teskari tomonga ishlashi uchun xizmat qiladi.
Kontaktor КD motorni elektrodinamik tormozlashi uchun o‘zgarmas tok manbaini
motorning ikki fazasiga ulaydi.
3.1-rasm. Prinsipial sxemasi
Motorni ishga tushirish uchun stator chulg‘amlarining uch fazali
o‘zgaruvchan tok manbaiga ulash lozim. Bunda rotor zanjiriga qarshilik
kiritilmaydi.
Motorning tezlanishi vaqt funksiyasi bo‘yicha amalga oshirilib, tezlanuvchi
kontaktor U ma’lum vaqtdan so‘ng qarshilikni qisqa ulaydi. Tormozlashni hosil
qilish uchun stator tokdan uzilib, o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi, natijada
elektrodinamik tormozlanish hosil bo‘lib vaqt bo‘yicha kuzatilib turiladi. Ma’lum
bir vaqtdan so‘ng o‘zgarmas tok manbaidan uziladi va tormozlanish shu bilan
tugaydi.
3.2-rasm. Boshqarish sxemasi
3. Ximoya va blokirovka sxemalari
Motor tok manbaiga uzgich 1Р orqali ulanadi. Boshlang‘ich holatda faqat
signal lampalarda tok bo‘lib kuchlanishni voltmetr orqali nazorat qilish mumkin.
Agar tugma Вп bosilsa (ulansa) kontaktor В нинг чулғами ток манбаига уланиб,
иSHга туSHирилаDи. НатижаDа статор uch fazali tok manbaiga ulanadi. Shu
vaqtning o‘zida oraliq rele 1ПВ ham ulanib, vaqt relesi РВ ni tok manbaiga ulaydi.
Asinxron motor esa tezligini oshira boradi. Relе РВ vaqtni hisoblay boshlaydi va
ma’lum vaqtdan so‘ng rele РП1 o‘z vaqtida kontaktor У ni ulaydi. Kontaktor У
rotor zanjirini qisqa ulab, motorni tabiiy xarakteristikaga o‘tkazadi (3.3-rasm).
Motor o‘z navbatida maksimal tezlikka ega bo‘ladi.
3.3-rasm. Mexanik xarakteristika
4. Motorni tormozlab to’xtatish
Ishlab turgan motorni tormozlab to‘xtatish uchun Ст bosilsa:
Kontaktor В (yoki Н), rele РПВ (yoki РПН), rele РВ, rele РП1 kontaktor У
lar tok manbaidan uziladi. Stator chulg‘ami ham tok manbaidan uziladi. Dinamik
tormozlanish vaqtini hisoblovchi rele РВD, rele РП2 tok manbaiga ulanadi. Rele
РП2 o‘z navbatida kontaktor КD ni ulaydi. Blok kontakt КD tugma СТ ni
blokirovka qiladi. Kontaktor КD statorning ikki chulg‘amiga o‘zgarmas tok
manbaini ulaydi. Motor dinamik tormozlanish rejimiga o‘tadi. Rele РВD ma’lum
vaqtdan so‘ng o‘zini-o‘zi uzib yuksiz qoladi, shu bilan birga rele РП2 va КD lar
toksiz qoladi. Motorning tezligi nolga yaqinlashadi va elektrodinamik tormozlanish
tugaydi.
5. Motorni revers qilish
Motorni revers qilish uchun tugmalar ВП, НЗ lar ishlatiladi. Agar motor bir
tomonga ishlab turgan bo‘lsa kontaktor В ulangan, uni teskari tomonga ishlatish
uchun tugma Н3 bosiladi.Natijada kontaktor В uzilib, kontaktor Н ulanadi va stator
chulg‘amining ikki fazasi almashib ulanadi. Bu o‘z navbatida statordagi
aylanuvchi magnit oqimini teskarisiga aylantirib rotorni teskariga ishlashga majbur
qiladi. Motor va boshqaruv sxemalari qisqa ulanish tokidan saqlagich orqali
himoya qilinadi. Ishga tushirish tugmalari o‘zaro blokirovka qilingan. Bundan
tashqari, kontaktorlar mexanik va elektrik blokirovka sxemalari bilan yig‘ilgan.
Sxemada «0» himoya ham qo‘llanilgan (ishga tushirish tugmalariga parallel
ulangan В, Н blok kontaktlar). Blokirovka sxemalari motorning normal ishlashini
ta’minlaydi.
6.Vazifa
Avtomatik boshqarish quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Asinxron motorni ishga tushirish vaqt funksiyasi bo‘yicha amalga oshirilsin.
2. Asinxron motorni tormozlash ham vaqt funksiyasi bo‘yicha bajarilsin.
3. Motorni revers qilish imkoniyatiga ega bo‘lsin.
4. Motorning pasport qiymatlari:
Tip-АК – 51/6, 220/380 В, N=880 ayl/min,
Ротор: U
р
=57 В, I
р
=20.2 А,
=0.78 (ФИК).
5. Vaqt relelarining kechikish vaqti va tormozlash qarshiligi hisoblansin.
6. Nazorat savollari
1.
Asinxron motorning tuzilishi va ishlash prinsipi.
2.
Mexanik xarakteristika tenglamasi.
3.
Motorni ishga tushirish usullari.
4.
Motorni tormozlash usullari.
5.
Sxemadаgi blkirovkalarining vazifalari.
Adabiyotlar.
1.Sirotin A.A. Avtomaticheskoye upravleniya elektroprivodami.-M. Vissh.shk.
1998.
2.Majidov.S. Elektr mashinalari va elektr yuritma.-T. O‘kituvchi. 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |