Daraxtlar-
poyasi yog`ochlangan,qattiq,bitta yo`g`on bo`ladi.Yo`l chetlarida
chinor,qarag`ay,eman,zarang,terak,tol kabi,tog` yonbag`irlarida
archa,yong`oq,do`lana,yovvoyi olma,bodom o`sadi.O`rmonlar daraxtlar
o`sishi uchun issiqlik va namlik yetarli joylarda hosil bo`ladi.O`rmon
daraxtlari yog`inlar hisobiga o`sadi.
Madaniy o`simliklar
.G`o`za-ildiz,poya,barg va gul(meva) dan iborat.Mevasi
ko`sak-urug`I chigit.Iyul oyida gullaydi,paxtadan
qog`oz,plastmassa,charm,linoleum,sovun,moy,lok ham olinadi.
Bug`doyning qattiq va yumshoq navlari yetishtiriladi.Sholi chuqurligi 30-40
sm bo`lgan pollarga ekiladi,muntazam 10-20 sm qalinlikda suv bo`lishi
kerak.Sholi Qoraqalpog`iston va Xorazmda ko`p ekiladi.
Makkajo`xori tez o`sadi,bo`yi 2 metr va undan baland bo`ladi,iyunda
pishadi.Ertangi kartoshka 10-15 kunda o`sib chiqadi,may-iyun oylarida
pishadi.O`rtagisi may oyida ekiladi,avgust-sentabrda pishadi,kechkisi iyun
oxirida ekiladi oktabr-noyabrda kovlanadi.Piyoz kuzda sepiladi-avgust-
sentabrda yig`ib olinadi.Qovoq poyasi uzunligi 10 metrgacha yetadi.Ushbu
madaniy o`simliklar orasida zarpechak,g`umay,machine,salomalaykum kabi
begona o`tlar o`sadi.
Mevali daraxtlar va butalar
. O`lkamizda mevali butalardan
anor,anjir,malina,qorag`at madaniy o`simlik sifatida o`sadi.Anor iyun,anjir
avgust oyida pishadi,anor vaanjir novdasidan,malina,qorag`at ildizlardagi
kurtaklardan ko`paytiriladi,malina qorag`at iyunda pishadi.Uzumlarning
husayni,qora janjal,charos,toifi,kishmish,buvaki,qirmiska kabi navlari
yetishtiriladi,kishmishdan mayiz tayyorlanadi.
Manzarali
o`simliklar.
Manzarali daraxtlar va butalar.Manzarali
daraxtlardan:tol,chinor,akatsiya,shumtol,oqqayin,terak,eman o`sadi. Ular
uylarni shamoldan to`sadi,havoni chang ,zaharli gazlardan
tozalaydi.Manzarali butalarga:hovlida o`sadigan ligustrum va tuya butalari
yashil devor hosil qiladi.Gullar manzarali,madaniy o`simlik
hisoblanadi.Dorivor o`simliklar-yalpizdan tayyorlangan damlama yoki
bargidan olingan shira bod,teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.Jag`-jag`
damlamasi odamning ichki a`zolaridan ketadigan qonni to`xtatadi,boshqa
ko`p kasalliklarga davo.Isiriq-cho`l,qir-adirlarda o`sadi,tutunidan kasallik
tarqatuvchi mikroblar nobud bo`ladi.Damlamasi
bod,bezgak,tutqanoq,uyqusizlik,shamollash kabi kasalliklarga davo
bo`ladi.Kashnich-vitaminga boy,damlamasi yo`talni to`xtatadi,ichak
kasalliklarida davo,og`izdan yoqimsiz hidni ketkazadi.Maymunjon-daraxt va
butalarga chirmashib o`sadi isitmani tushurish,ich ketishini
to`xtatadi,doimo yeb yurgan kishi shamollamaydi,shamollaganda bargi
damlab ichiladi.Na`matak-damlamasi isitmani tushiradi,og`iz bo`shlig`idagi
yaralarni davolaydi,yurakni quvvatlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |