6- nazorat ishi. Diktant Qushlar bizning do`stimiz Biz tog` yonbag`rida yashaymiz. Tog`da qushlar ko`p bo`ladi. Bu yer ular uchun shavqin va xatardan xoli. Lekin bahor va kuzgi jala ularni bezovta qiladi. Biz qushlar uchun in yasadik. Inlarni ko`rinarli joyga o`rnatdik. Qush-
lar beozor yashamoqdalar. Palaponlari ham katta bo`lib qoldi. Qushlar bizning do`stimiz. ( 46 ta so`z)
Topshiriq: 1,2,5 gaplarning bosh bo`laklarini belgilang.
7- nazorat ishi. Diktant Alisherning quyonlari Alisherning akalari quyon boqar edilar. Alisher ham bir juft quyon olib keldi. Otasi quyonlarga uycha yasab berdi. Oradan bir yil o`tdi. Alisher to`rt-tinchi sinfga ko`chdi. Uning quyonlari esa yigirmatadan oshib ketdi.Quyon-lardan o`ntasini jamoa xo`jaligiga topshirdi. Xo`jalik raisi unga rahmat aytib, velosiped sovg`a qildi. ( 47 ta so`z)
Topshiriq:Birinchi gapdagi so`zlarning o`zaro bog`lanishini bering
chizmada ko`rsatib.
8-nazorat ishi. Bayon, Aqlli bog’bon Reja
1.Bo`gbonning o`g`illariga vasiyati.
2.Bog`bon olamdan ko`z yumdi.
3.Oltin- mehnatda.
9-nazorat ishi. Test.
Sarg’aygan barglar yerga to’kildi. Gapning kesimini toping. A) barglar. B) yerga. D) to’kildi.
Ega qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) kim, nima?. B) nima qildi, nima qilyapti? D) qanday,qanaqa?
Gapning asosiy mazmuni qaysi bo’laklar orqali anglashiladi? A) bosh bo’laklar. B) ikkinchi darajali bo’laklar. D) kesim.
Ikkinchi darajali bo’laklar gapda qanday vazifani bajaradi? A) gapning asosiy mazmunini tashkil qiladi. B) gapning mazmunini to’ldiradi. D) gap tuzishda foydalaniladi.
So’zlarni o’qing va ulardan gaplar tuzing.Yayrab,bog’chada, o’smoqdalar,kichkintoylar. A)Bog’chada yayrab o’smoqdalar kichkintoylar. B)Kichkintoylar o’smoqdalar yayrab bog’chada. D)Kichkintoylar bog’chada yayrab o’smoqdalar.
Kutubxonachi javonlarni yangi kitoblar bilan boyitdi.Gapning egasini toping. A)javonlarni. B)kitoblar. D)kutubxonachi.
Dalalarda yig’im-terim ishlari boshlandi.Gapning ikkinchi darajali bo’lagini toping. A)dalalarda, yig’im-terim. B)yig’im-terim, ishlari. D)dalalarda,ishlari.
Gapda so’zlarning bog’lanishi nimalar yordamida aniqlanadi? A) so’roqlar yordamida. B) So’zlar yordamida. D) tinish belgilar yordamida.
Asos deb nimaga aytiladi? A) asosdosh so’zlar uchun umumiy qism asos deb ataladi. B) bir xil so’roqqa javob bo’lgan so’zlar asos deb ataladi. D) bir xil ma’no anglatgan so’zlar asosdir.
Yangi ma’noli so’z hosil qiladigan qo’shimchalar qanday ataladi? A) so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar. B) ko’plik manosidagi qo’shimchalar. D) so’z yasovchi qo’shimchalar.
So’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan so’zni toping. A)e’tiborsiz. B) binoga. D) daladan.
“G’alla” so’ziga qaysi qo’shimchani qo’shib yangi soz hosil qilish mumkin? A) –chi. B) -kor. D) –don.
So’z qismlaridan qaysi biri doimo ishtirok etadi? A) asos. B) so’z yasovchi qo’shimcha. D) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha.
Qanday so’zlar asosdosh so’zlar deb ataladi? A) ma’no va shakl jihatdan umumiy qismga ega bo’lgan so’zlar. B) so’z o’zgartuvchi qo’shimcha qo’shilgan so’zlar. D) ma’nosi bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlar.
So’z o’zgartuvchi qo’shimchalar qanday vazifani bajaradi? A) gapda so’zlarni o’zaro bog’laydi. B) yangi manoli so’z hosil qiladi. D) narsaning kimga tegishli ekanini aniqlab beradi.
So’z o’zgartuvchi qo’shimchasi bor bo’lgan so’zni toping. A) kutubxonaga. B) guldon. D) sinfdosh.
Yolg’onchi .. rost so’zi ham yolg’on. Nuqtalar o’rnigsa kerakli so’z o’zgartuvchi qo’shimchani qo’ying. A) ning. B) ni. D) ga.
Bog’bondan so’zining asosini toping. A) bog’bon. B) bog’. D) dan.
So’z yasovchi qo’shimchalarni yozing. _______________.
So’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni yozing. _____________.
Suv so’ziga so’z yasovchi qo’shimcha qoshib yangi so’zlar hosil qiling. _________________________________________.
Gapning asosi qanday chizma bilan belgilanadi? ________.
Tutuq belgisi qatnashgan so’zlardan misollar yozing. _____.
“Osmon” so’ziga yaqin ma’noli so’z yozing. ____________.
Baland so’ziga qarama-qarshi ma’noli so’z yozing. _______.