Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzu e’lon qilinadi. O’quvchilar diqqati darslikning 92- betiga qaratiladi. Proektr orqali raqamlar, rim raqamlari , arab raqamlari va ularning yaratilish tarixi, rim raqamlarini hosil qilish haqida ma’lumot beriladi. 488- topshiriq o’quvchilardan bittasiga o’qitiladi.
488-topshiriq. Yurtdoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy arab imlosida yozgan asarlarida 10 ta raqamdan foydalanib istalgan sonni yozish mumkinligini ko’rsatib bergan. Masalan: 3, 10, 38, 100, 124, 209, 457, 680, 869, 999, 1000. Shuning uchun bu raqamlar arab raqamlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |