IV.Darsni mustahkamlash; Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
1.Yoz fasli mavzusidagi rasmlarda nimalar tasvirlanadi?
2.Kompozitsiya ishlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O'quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o'qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa : Sinfda ishlangan «Yoz — o‘tdi soz» mavzusidagi rasmni rangli qalamlarda bo‘yang. 2*. «Bizning bog’» mavzusida rasm ishlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |