3-seminar: G’arb alkimyosi
REJA:
G’arb alkimyosi va u erishgan natijalar va yutuqlar.
Metallar transmutatsiyasi.
Texnik kimyoning XVI va XVII asrlardagi boshlang’ich qadamlari.
Metallurgiya, texnik kimyo namoyondalari va yutuqlari.
Kitob nashr etish stanogining vujudga kelishi.
Alkimyoning tugallanishi.
Kimyoda yangi yuksalish bosqichini belgilagan moddalar va materiallar – shisha, chinni, keramika, tuzlar, qog’oz ishlab chiqarish, Kant, Leblan usullarida soda olish.
Arablar 670-yilda Xristian dunyosining eng yirik shahri Konstantinopolni o’z flotlari bilan qamal qilishganda ularning kemalari suv bilan o’chmaydigan kimyoviy aralashma bilan yoqib yuborildi va ular khemeianing birinchi amaliy oqibatini o’z terilarida sinab ko’rishdi. Bundan xulosa chiqarib o’zini o’nglab olgan arablar keyingi besh asr davomida alkimyoni o’z nazoratlariga olishdi.
VII-VIII asrlarda Yadin Sharq mamlakatlarining (Suriya, Mesopotamiya) Damashq, Bag’dod, Kordovada arab alkimyogarlari ishlaydigan ilmiy markazlar paydo bo’ldi. Arab olimlarining ilmiy ishlari va xususan alkimyo O’rta yer dengizi bo’ylab Yevropaga sekin kirib kela boshladi. 300-1100- yillar davomida Yevropaning tarixida kimyo sahifasi bo’m-bo’sh va unda hech qanday yangiliklar uchramaydi. XII asrda alkimyo Yevropaga ko’chdi. Dastlabki Yevropalik alkimyogarlar arablarning shogirdlari edi. Asr o’rtalaridayoq arab alkimyogarlari asarlari lotinchaga o’girildi. Shahar va ministrlarda alkimyo laboratoriyalari paydo bo’ldi, u yerda alkimyogarlar sun’iy oltin tayyorlash yo’llarini zo’r berib izladilar.
Alkimyogarlar kishilarni aldash va tez orada boyish maqsadida turli ko’z bo’yamachilikdan foydalandilar: bitta alkimyogar oltin buyumlarni mis folga bilan qoplab, kishilar ko’z o’ngida kislota bilan eritsa yana bir tayyor quymani alkimyoviy idishga shunchaki tashlaydi. Uchinchisi tubi 2 qavatli tigeldan foydalansa 4-si oltinning Hg dagi alangasidan foydalangan. 5-si esa o’rtasi nodir metallar bilan to’ldirib tubiga sham quyilgan kovak cho’pni qizdirib reaksion massada oltin qolganligini ko’rsatganlar. Lekin barcha tajribalar ham omadli chiqavermadi, ularni omma oldida oltin suvi yuritilgan dorga osdilar. “Arzon oltin” olish imkoniyati iqtisodga kuchli zarba berish mumkin edi. Shuning uchun Misrni qaram qilgan rim imperatori Diokmetian bunday sohada olib boriladigan har qanday ishni o’lim jazosi bilan taqiqladi. Mavjud bo’lgan barcha faoliyat to’liq to’xtatildi.
Shu tariqa mo’jizalarga ishonishga putur yetadi, ya’ni uyg’onish davrining boshlanishidagi Yevropaliklar dunyo qarashi o’zgardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |