3. Qo’llanmalar: "Umumiy va tarixiy geologiya" fanidan kurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma. Qarshi 2015 y


-rasm. Geyzerlar orqali issiqlik oqimining yer yuzasiga



Download 43,73 Kb.
bet8/10
Sana29.06.2022
Hajmi43,73 Kb.
#717674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NEFT VA GAZ GEOLOGIYASI

5-rasm. Geyzerlar orqali issiqlik oqimining yer yuzasiga
chiqishi.


Yerning magnit maydoni
Yer – o‘z aylanish o‘qiga nisbatan taxminan 11,5 gradusga og‘ishgan o‘q
bo‘yicha magnitlangan magnit maydoniga ega gigant shar.
Yerning magnit maydoni (geomagnit maydon) to‘g‘risida bir necha fikrlar
bor.
Uning vujudga kelishiga sabab Yer yadrosidagi elektr toki bo‘lishi ehtimoldan
uzoq emas. Seysmologik ma’lumotlarga ko‘ra Yerning tashqi yadrosi suyuq tana
xossalariga ega bo‘lib, uning ancha qismi boshqa elementlarning (nikel yoki
oltingugurt) qo‘shimchalariga ega temirdan tarkib topgan. Boshqa sabablar bilan
bir qatorda, Yerning aylanishi tashqi yadroda plazma holatidagi moddalarning
turbulent oqimiga olib keladi. Bu hodisa induksion tabiatdagi elektr tokini keltirib
chiqaradi va u Yer sirtida, uning yaqinidagi bo‘shliqda magnit maydonini hosil
qiladi.
Geomagnit maydon nafaqat Yer sirtida, balki undan ancha uzoqda ham
mavjud bo‘lib, u sun’iy yo‘ldoshlar orqali qayd etilgan.
Yer sirtidan uzoqlashgan sari geomagnit maydon Yer markazigacha bo‘lgan
masofaning kubiga proporsional holda asta-sekin susayib boradi. Magnitosfera
Quyosh yo‘nalishida cho‘zilgan shaklga ega. Kunduzgi yorug‘ tomonidan u Yer
radiusidan 814 marta uzoq masofaga cho‘zilgan.
Yuqori energiya zarrachalari bilan to‘lgan magnitosfera radiatsion
qambarlarni hosil qiladi. Magnit maydoni ta’sirida bu yerda elektronlar va
protonlar kabi zaryadlangan zarrachalarning harakati amalga oshadi. Bu
zarrachalar elektronli va protonli radiatsion qambarlarni hosil qilib, magnitosferada
muayyan trayektoriyalar bo‘yicha harakatlanadi.
Magnit mili geomagnit maydonda uning kuch chiziqlariga parallel
mo‘ljallanadi. Magnit milining uchlari Yerning shimoliy va janubiy magnit
qutblarini ko‘rsatadi. Magnit qutblari geografik qutblar bilan mos tushmaydi.
Magnit mili shimoliy uchining yo‘nalishi bilan geografik qutb yo‘nalishi orasidagi
burchak magnit og‘ish burchagi deyiladi.
Kompas mili geografik qutb yo‘nalishidan sharqqa og‘sa sharqiy (musbat) va
g‘arbga og‘sa g‘arbiy (manfiy) hisoblanadi. Magnit og‘ishi muayyan paytda yer
sharining turli nuqtlarida turlicha bo‘ladi. Magnit og‘ishi graduslarda o‘lchanadi.
Magnit mili Yer yuzasiga muayyan burchak ostida joylashgan bo‘ladi.
Kompas mili bilan gorizontal tekislik orasidagi burchak magnit engashishi
deyiladi. Agar magnit milining shimoliy uchi Yer ichiga mo‘ljallangan bo‘lsa
engashish musbat hisoblanadi. Shimoliy yarimshar uchun u musbat, janubiy
yarimshar uchun esa manfiydir. Magnit engashishi 90° ga teng bo‘lgan nuqtalar
magnit qutblari deyiladi.
Yuqorida qayd qilinganidek magnit qutblar o‘z o‘rnida turmaydi, vaqtlar
o‘tishi bilan siljib turadi. Magnit xaritasida bir xil engashishga ega nuqtalarni
tutashtiruvchi chiziq izoklin deyiladi. Nulli engashishga ega nuqtalarni
tutashtiruvchi chiziq magnit ekvatori deyiladi. Magnit engashishi I harfi bilan
belgilanadi.
Geomagnit maydonning xususiyatlari nafaqat fazoda, balki zamonda ham
o‘zgaradi. Magnit maydonining o‘rtacha yillik o‘zgarishi asriy variatsiya, bir yil
uchun o‘zgarishi esa asr yo‘li deyiladi. Magnit og‘ishi asriy variatsiyaning eng
yuqori qiymatiga ega. Masalan London uchun keyingi 400 yilda magnit og‘ishi 30°
dan oshgan.
Yer shari bo‘yicha magnit og‘ishi o‘zgarishini ko‘rgazmali tasavvur etish
uchun izoporalar xaritasi tuziladi.
Izoporlar - bu bir xil asr yo‘li qiymatiga ega bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi
chiziqlardir. Asr yo‘lining kattaligi vaqt davomida o‘zgaradi va unga hozirgi
vaqtda geofiziklar katta e’tibor berishadi.
Turli geologik epoxalarda magnit qutblarining o‘rnini aniqlagan olimlar Yer
yuzasi bo‘ylab qutblar siljib turadi degan xulosaga kelishgan. Bundan tashqari,
magnit maydonining inversiyasi ham amalga oshgan: shimoliy va janubiy magnit
qutublari o‘zaro o‘rin almashgan. Inversiya davriyligi 5 dan 20 mln yilgacha
o‘zgaradi. Hozirgi vaqtda qutblarning o‘zaro o‘rin almashish davrlari oshib
bormoqda.
Geomagnit maydonning manbai hisoblangan Yer yadrosigacha bo‘lgan
masofaning uzoqligi tufayli uning kuchlanganligi yer yuzasida normal gorizontal
gradiyentga bog‘liq holda chiziqli qonun bo‘yicha o‘zgarishi lozim. Real
o‘lchashlar natijasi normal o‘zgarishlardan farq qiladi. Kuchlanganlik normadan
past yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Magnit maydoni kuchlanganligining muayyan
joy uchun ko‘rchatkichidan chetlashuvi magnit anomaliyasi deyiladi. Uning sababi
yer po‘sti kesmasida tog‘ jinslari tarkibining o‘zgarishidir.
Magnit anomaliyalar turli qalinliklari bilan va har xil chuqurliklarda
joylashgan notekis magnitlangan tog‘ jinslari tomonidan vujudga keltiriladi.
Shuning uchun ham kvadrat kilometrning ulushlaridan (mahalliy anomaliyalar)
ko‘plab kvadrat kilometrlarni (mintaqaviy anomaliyalar) egallagan maydonlarda
kuzatiladi. Magnit maydonining kuchlanganligi bo‘yicha anomaliyalar ba’zan
normal maydonlardan bir necha baravar yuqori bo‘ladi. Masalan, Kursk magnit
anomaliyasi (KMA) normal maydondan to‘rt marta ortiq.
Geomagnit maydon yer po‘stini tashkil qiluvchi tog‘ jinslariga ta’sir qiladi.
Barcha moddalar ularga magnit maydonining ta’siri bo‘yicha ferromagnitlarga,
paramagnitlarga va diamagnitlarga bo‘linadi. Faqat ferromagnitlargina magnit
maydon ta’sirida sezilarli darajada magnitlanadi va o‘zlari ham magnitga aylanadi.
Ferromagnitlar tashqi magnit maydon ta’siridan chiqqandan so‘ng ham
o‘zlarida qisman magnit xossalarini saqlab qoladi. Bu hodisa qoldiq magnitlanish
deyiladi. Agar u keyingi davrlarda tog‘ jinslari Kyuri nuqtasidan (modda to‘liq
magnitsizlanish harorati) ortiqcha qizdirilmasa hamda agar birlamchi magnitli
minerallar ikkilamchi nomagnit minerallar bilan o‘rin almashmagan bo‘lsa,
saqlanib qoladi. Kyuri nuqtasining qiymati turli minerallarda bir-biridan farq qiladi
va u 450 dan 700 °С gacha o‘zgaradi.
Tog‘ jinslari turli minerallar, jumladan ferromagnitlardan tarkib topgan
bo‘ladi. Bunday minerallarga magnetit, gematit, ilmenit, titanomagnetit, pirrotin va
boshqa ba’zi minerallar kiradi. Ushbu minerallarga ega bo‘lgan tog‘ jinslari
birlamchi qoldiq magnitlanishga ega bo‘ladi.
Yerning magnit maydoni geofizika, atmosfera fizikasi, astrofizika va
boshqalar singari ko‘pchilik fanlarning o‘rganish obyekti hisoblanadi.
Geologiya va geofizikada geomagnit maydonidan yer po‘stining muayyan
maydonlarining geologik tuzilishini (magnitometrik suratga olishning turli xillari),
chuqurlik geologik tuzilishni (magnitotellurik zondlash), yondosh jinslardan
o‘zining magnit xossalari bilan katta farq qiluvchi foydali qazilma konlarini
qidirishda foydalaniladi.

Download 43,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish