3. Qo’llanmalar: "Umumiy va tarixiy geologiya" fanidan kurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma. Qarshi 2015 y


Asosiy qism Yerning umumiy tavsifi Yerning shakli



Download 43,73 Kb.
bet2/10
Sana29.06.2022
Hajmi43,73 Kb.
#717674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
NEFT VA GAZ GEOLOGIYASI

Asosiy qism
Yerning umumiy tavsifi
Yerning shakli.
Yer shaklini ellipsoidga yaqin deb bilishning sababi
shundaki, agar ellipsoid aylanasini Yer shakliga ustma - ust qo‘yilsa, u holda okean
yuzasi barobarligida olingan geoid chizig‘iga yaqinlashadi. Demak, Yer shaklini
ellipsoid shakliga yaqin bo‘lgan geoid deb qabul qilingan (19-rasm). Geoidning
lug‘aviy ma’nosi Yer o‘ziga xos shaklga ega demakdir. Uni birinchi bo‘lib 1873
yilda nemis fizigi Listing fanga kiritgan.
Haqiqatdan ham Yer yuzasi g‘oyat notekis bo‘lib, o‘ziga xos shaklga ega.
Uning eng baland nuqtasi (Himolay tog‘idagi Jomolungm cho‘qqisi, 8848 m) bilan
eng chuqur botiq joy (Tinch okeanidagi Marian cho‘kmasi (11022 m) o‘rtasidagi
farq 19870 m ni tashkil etadi. U hech qanday geometrik shakllarga to‘g‘ri
kelmaydi. Yerning bunday shaklda bo‘lishiga asosiy sabab, uning bir necha million
yillar davomida Quyosh va o‘z o‘qi atrofida aylanishi hamda yer yuzasidagi havo,
suv, Yer ichidagi bitmas - tuganmas energiya ta’siri ostida bo‘lishidir.

1-rasm.Yer sharining fazodan ko’rinishi

So’nggi kosmik tasvirlar tahlilidan kelib chiqib, Yerning shimoliy qutbiy


radiusi janubiy qutbiy radiusiga nisbatan 21 km uzun ekanligi aniqlangan. Shunga
asoslanib Yerning shakli uch o‘qli ellipsoid yoki kardioid (yunoncha: yurakka
uxshash) deb atash qabul qilingan.
Eramizdan ikki asr oldin qadimgi yunon olimi Eratosfen Yerning kattaligini
birinchi bo‘lib o‘lchagan. Eratosfen kunduz soat 12 da Quyosh nuri hosil qilgan
yer yuzasidagi burchakni skafis (skafis - yunoncha so‘z bo‘lib, masofa o‘lchov
asbobi) asbobi bilan o‘lchab, so‘nggi xulosasida Yer aylanasi 250000 stadiy (yoki
39500 km), radiusini 6290 km deb aniqlagan. Eratosfen aniqlagan Yer radiusi
hozirgi vaqtda aniqlangan ma’lumotdan 88 km, aylanasi esa 575,7 km kamroq
chiqqan.
Eng so‘nggi kuzatishlar natijasida Yer kattaligini quyidagi miqdoriy birliklar
bilan belgilash qabul qilingan: ekvatorial radiusi 6378,245 km, qutbiy radiusi
6356,863 km, Yerning o‘rtacha radiusi 6371,110 km. Ekvator aylanasi esa
40075,7 km ga teng.
Yerning maydoni 510 mln.km2, o‘rtacha zichligi 5,517 g/sm3 ga teng.
Sayyoramiz yuzasining katta qismi (70,8%) suv bilan qoplangan, quruq-lik esa
29,2% ni tashkil etadi. Dunyo okeani o‘zaro bog‘langan turtta: Tinch, Atlantika,
Hind va Shimoliy muz okeanlaridan iborat. Quruqlik oltita: Shimoliy Amerika,
Janubiy Amerika, Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya va Antarktida qit’alaridan iborat.
Okean bilan quruqlikning nisbati Shimoliy yarimsharda 61:39% bo‘lsa, Janubiy
yarimsharda - 81:19% ga teng.

Download 43,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish