3. O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy


O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy



Download 54,37 Kb.
bet3/4
Sana15.04.2022
Hajmi54,37 Kb.
#554209
1   2   3   4
Bog'liq
turizm 5

2. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy
turlari va shakllari
O’zbekistonda turizm industriyasi o’tgan XX asrning 20-yillaridan boshlab sekin-asta rivojlana boshlagan. Turizmning ayrim turlari, shu jumladan odamlar yashab turgan manzillardan o’zga joylarga, yurtlarga, viloyatlarga borish, piyoda sayr etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga borish, Burch-mullo, Ohangaron, Chimyon, Omonqo’ton, Urgut, Ohalik tog’ va tabiat manzillariga har xil ―yurishlar‖ uyushtirish kabi turlari rivojlana boshlagan. O’zbekiston va uning viloyatlarida turistik-ekskursiyali harakatlarni tashkil etish va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Narkomprosi‖da va uning viloyatlar bo’limlari qoshida ―Turistik ekskursiya byurolari va uyushmasi‖ tashkil etildi va bu ―byurolar‖ asosan o’lkashunoslik va tarixiy arxitektura yodgorliklarini o’rganish, yaqin va o’zoqroq joylarda bo’lgan qadimiy shaharlarga turistik ekskursiyalar tashkil etish bilan shug’ullandilar.
XX asrning 30 yillarida O’zbekistonda turizmga bo’lgan qiziqish yanada
kuchayib bordi. Turistik-ekskursiyali ishlarining tashkiliy-uslubiy rahbarligi Xalq Maorifi Komissar‖ligining ―Bosh siyosiy Oqartuv komiteti‖ga topshirildi. Turizm tashkilotchilarini maxsus markazini tashkil etish to’g’risida masala qo’yildi va ekskursiyali markaz hisoblangan ―stansiya‖lar ekskursovodlarni tayyorlay boshladilar. Mavjud bo’lgan turizm va ekskursiya tarmoqlarining tuzilmalarini kengaytirish boshlandi va yaqin hamda uzoq joylarga yuboradigan ekskursiya bo’limlari ochila boshlandi. 1929 yilda Moskvada VAO Inturist‖ ochildi. 1930 yilda ―Sovet turisti‖ jamiyati tuzilib u ―proletar jamiyati‖ bilan qo’shildi. Bu jamiyat faoliyati davlat boshqaruvi asosida olib borildi, ya’ni uning tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining Territorial tamoyili bo’yicha tuzildi. 1936 yilga kelib ―Proletar turizmi va ekskursiya‖ jamiyati tugatilib, uning moddiy-texnikabazasi Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) ga olib berildi va uning qoshida ―Turistik-ekskursiyali‖ boshqarma tuzildi.
Samarqand viloyatidagi shahar va qishloqlarida ham ―Rossiya hissadorlik jamiyati‖, ―Proletar turizmi‖ firmalari va keyinchalik ―Sovet turizmi‖ shahobchalari turistik faoliyatlarini olib bordilar.
1936 yildan boshlab mamlakatimizda turizm industriyasi masalalari ―davlat
siyosati‖ darajasiga ko’tarilgan va turizm industriyasi muammolari bilan bevosita shug’ullanish Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) qoshida ―Turistik-ekskursiyali uyushmasi‖ (TEU) tuzildi va bu tashkilot turistik marshrutlar tuzish bilan shug’ullandi. 1936–1962 yillar davrida Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Shahrisabz shaharlari o’rtasida temiryo’l va avtomobil hamda havo yo’llari turistik marshrutlari tashkil qilindi. Turistik hududlarda turizm industriyasi va uning infratuzilmalari tuzila boshlandi. Turistik markazlarda Sovet va mahalliy turistlar uchun kommunal xo’jaligi‖ mehmonxonalari va umumiy ovqatlanish shaxobchalari qurila boshlandi.
Sovet imperiyasining ―Temir parda‖lari o’tgan XX asrning 50-yillar oxirlarida ochila boshlagan. Dunyo hamjamiyati o’rtasidagi yoshlarni o’zaro birligini mustahkamlash maqsadida 1958 yil iyunida ―Sputnik‖ Xalqaro yoshlar turizmi byurosi tuzildi. Bu tashkilot nafaqat chet el yoshlari guruhlarini qabul qilish va Sovet turizmini chet el mamlakatlariga targ’ibot qilish bilan ham shug’ullandi.
Shu yili ilk bor 4 kishidan iborat Xalqaro turistlar Angliyadan O’zbekistonga kelgan. Ular Toshkentdagi ―Toshkent‖, Samarqanddagi ―Zarafshon‖ mehmonxonalarida to’xtaganlar. Bu sayyohlar Samarqand tarixiy arxitektura yodgorliklarini ko’rib, mahliyo bo’lib va O’zbekistondan olgan taasurotlarini Angliya fuqarolariga tashviqot etganlar. 1929 yildan boshlab Rossiya Federasiyasida faoliyat ko’rsatib kelayotgan ―VAO INTURIST‖ tomonidan 1962 yilda Toshkent, keyinchalik Samarqand (―Zarafshon‖ mehmonxonasida) vaBuxoro shahrida agentliklari ochildi. Xalqaro turistlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlariga kela boshladilar.
1962 yilda Xalqaro turizm industriyasi bo’yicha maxsus ―kengash‖ tizimi
tashkil etilib uning rahbarligini VSSPSning ―Turizm bo’yicha Markaziy Kengashi‖ ixtiyoriga berildi. 1962 yil iyunidan esa, Butunittifoq Markaziy Kasaba uyushmalari Kengashining turizmni yanada rivojlantirish qarori asosida Turizm va ekskursiya‖lar bo’yicha markaziy, Respublika, viloyat, shahar, tuman Kengashlari tashkil etila boshlandi. Mahalliy joylarda tashkil etilgan Kengashlar‖ (Byurolar) turizm va ekskursiya faoliyati ishlarini boshqardilar, turizm infratuzilmalarini rivojlantirishga hissa qo’shdilar.
1969 yilda sobiq SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSni ―Mamlakatda ekskursiyalarni yanada yaxshilash to’g’risida‖gi qo’shma qarori e’lon qilindi. Bu qarorga muvofiq Respublika hududida turistik ekskursiya tashkilotlarini daromadli, aholiga xizmat qila oladigan yirik tarmoqqa aylantirish maqsadida Turizm va ekskursiyalar bo’yicha Kengashlar‖ faoliyat boshladi. Respublikada 29 ta, shu jumladan Samarqandda 4 ta ―Turizm va ekskursiya byurolari‖ tuzildi.
1970 yillarida ―VAO Inturist‖ning Respublika shaharlarida 1963 yildan qurila boshlangan mehmonxonalari ketma-ket ishga tushirildi: Toshkentda – 930 o’rinli ―O’zbekiston‖, Samarqandda – 366 o’rinli ―Samarqand‖, Buxoroda – 372 o’rinli ―Buxoro‖, Urganchda – 120 o’rinli ―Xiva‖ va Shahrisabzda – 110 o’rinli Shahrisabz‖ mehmonxonalari faoliyat ko’rsata boshladilar. 1977 yilga kelib dunyoning 70 ga yaqin mamlakatlaridan, shu jumladan, AQSH, Angliya, Gollandiya, Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Shveysariya, Vengriya, Avstriya va boshqa mamlakatlardan 160 mingdan ko’proq chet el sayyohlari O’zbekistonga tashrif buyurdilar.
"Sovet imperiyasi davridagi mahalliy turistik tashkilotlarning faoliyatlari 1992 yil avgust oyigacha davom etdi. O’zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda siyosiy mustaqillika erishgandan so’ng xalqaro turizmga alohida davlat miqyosida e’tibor berildi. 90-yillardan boshlab turistik tarmoqni isloh qilish boshlandi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 27 iyuldagi ―O’zbekturizm‖ Milliy Kompaniyasi to’g’risida‖gi farmoniga muvofiq eski ―Sovet turizmi‖ tizimi o’rniga ―O’zbekturizm‖ Milliy Kompaniyasi tuzildi va ungacha turistik faoliyat ko’rsatib kelgan ―VAO Inturist‖, ―Turizm va ekskursiya bo’yicha Respublika Kengashi‖, ―Sputnik‖ kabi turistik tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi uning ixtiyoriga berildi. Respublikada davlatning turistik yagona siyosatini olib boruvchi turistik respublika tashkiloti tuzildi va uning tashqi iqtisodiy faoliyati shakllandi.
1992 yilda turizm industriyasi sohasida boshlangan iqtisodiy islohotlar 2000 yilgacha davom etdi. Bu davrda turizm industriyasida iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi va turizm rivojlanishining ―milliy modeli‖ tuzildi. Dunyo turistik andozalariga javob bera oladigan milliy turizm shakllandi, xizmat ko’rsatish infratuzilmalari isloh qilindi: Chegara, bojxona, aeroport va transport vositalari xizmatlari yanda soddalashtirildi va yaxshilandi.
Respublika turizm industriyasining boshqaruvi tarmoq miqyosidagi ko’p
mulkchilik hozirgi holati va unda xususiy mulkning ustuvorlik tamoyili, xususiy turistik biznesning ulushini yalpi ichki mahsulotda tobora ortib borishi, Xalqaro turistik andozalari darajasiga ko’tarish masalalarida xususiy biznesni va tadbirkorlar miqdorini yanada ortib borishi, xususiy mulkdorlar foydasiga qaytadan rasmiy ravishda ko’rib chiqishni taqozo etadi. Chunqi tarmoq miqyosida nohukumat ijtimoiy turistik firma va korxonalar, eng avvalo, milliy xususiy turistik korxonalar, tashkilotlar shaklida ko’payib, bu sohada ular o’z mazmun va ahamiyatiga ega bo’lib bormoqdalar, Xalqaro turistik firmalar darajasiga chiqishga harakat qilmoqdalar. Hozir Respublikada xususiy turistik firma va tashkilotlarning soni 900 ga yaqinlashib qoldi. Samarqandda esa 150 dan oshiqdir. Shunday qilib, Respublikada turizm industriyasi vujudga keldi va mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga egadir. Turizm industriyasida har yili 95 mlrd.so’mga yaqin turistik mahsulot yaratilmoqda va bir millionga yaqin chet el va mahalliy turistlarga xizmat ko’rsatilmoqda.
Turizm va ―turist tushunchalarini aniqlash bo’yicha mutaxassislar o’rtasida har xil fiqrlar paydo bo’lgan. 1937 yilda ―turizm‖ va ―turist‖ ta’rifini bilishga harakat qilingan, lekin faqatgina 1967 yilda BMT ning turizm bo’yicha komissisiyasi tomonidan ―turizm‖ va ―turist‖ tushunchalari to’g’risida ta’rif berilgan. 1975 yil 2 yanvarda chaqirilgan I ta’sis syezdida Butunjahon turistik tashkilot‖ ning tuzilishi va 1980 yilning 27 sentyabrida o’tazilgan II syezdi qabul qilgan, “Turizm Nizomi‖ va Kodeksi” Deklaratsiyasida turizm va turist tushunchalari qayta ko’rib chiqildi va ularning ta’rifi quydagicha berildi.
Turizm-bir butun falsafiy tushuncha bo’lib, odamning hayoti va faoliyatining ma’lum tomonlarini aks ettiradi. Bu - dam olish, sust yoki faol sayr-tomosha, o’yin-kulgi, ermak qilish, sport, fan, o’rab olgan muhitni o’rganish va bilish, savdo, davolanish, qimor o’ynash va odamni qiziqtiruvchi boshqa narsalar bilan bog’liq bo’lgan faoliyatdir. Ammo, turizm insonning faoliyatlaridan tubdan farq qiladigan soha bo’lib insonning boshqa yurtlarga, mamlakatlarga, kontinentga, o’zining yashab turgan muhitidan farq qiladigan joyga vaqtincha o’zgartirishni tavsiflaydigan harakatdir.
Turizm bu:
a) turizm aniq maqsadlarga ega bo’lgan maxsus ommaviy
sayohatlar turidir, ya’ni turistik faoliyatdir;
b) turistik sayohatni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha turistik firma va tashkilotlar faoliyatidir. Bunday faoliyat turizm sanoatining har-xil korxonalari va tashkilotlari orqali o’zaro aloqasi bo’lgan tarmoqlar orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon turizm industriyasi shakli va holati XIX-XX asrda haqiqatdan tez rivojlanishi, texnika va texnologiya ijtimoiy munosabatlarini taraqqiy etgan davrda vujudga keldi va dunyoga tarqaldi. Bugun turizm qudratli dunyo sanoati bo’lib jahon yalpi mahsulotining 10-12 %ni tashkil etgan yirik kapital va asosiy vositalarni, millionlab xizmatchilarni o’z domiga tortgan ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. 2005-2007 yillar davomida sayohatchilarning yillik miqdori 4%ni tashkil etgan bo’lsa, Butunjahon Xalqaro Turistik tashkilotining bergan ma’lumotiga qaraganda 2006 yilda turistlar soni 194 mln. 2007 yilda 616 mln., 2010 yilda 737 mln., 2012 yilda 970 mln.kishini tashkil etdi. Turizm industrisidan kelayotgan umumiy daromad 2013 yilda 1 trillionga yaqin bo’ladi. Turizm industriyasi yirik biznes, mo’l-ko’l boylik va dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan iqtisodiy siyosatdir.
Bunday katta miqdorda bo’lgan turistlar xizmatini olib borishga dunyo bo’yicha ko’p millionli mutaxassis va xodimlar bir-biriga bog’liq bo’lgan tarmoqlar band bo’ladi. Hozirgi vaqtda dunyoda ishlaydigan har 15 kishidan biri turizm industriyasi sohasida ishlaydi. Demak, o’zining tutgan o’rni va mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqsak, turizm – bu iqtisodiy, siyosiy va sosial tushunchadir. Boshqacha aytganda turizm – bu kishilarning bo’sh vaqtida o’zining doimiy yashab va ishlab turgan joyidan o’zga mamlakatlarga, joylarga, mamlakat chegarasidan tashqariga yoki mamlakat bo’ylab ko’ngil ochish, dam olish, davolanish, mehmonnavozlik, dunyoni bilish, diniy yoki kasb-hunar maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, lekin borgan joyida haq to’lanadigan ishni band etmasligi turizm industriyasi faoliyati bilan bog’liq tushunchadir. Shunday qilib turizm industriyasi deganda mehmonxonalar va boshqa joylashish vositalari, transport xizmatlari, umumovqatlanish ob’yektlari, ko’ngil ochish, bilish, o’rganish, davolanish, din va boshqa ob’yektlar va vositalar, turoperatorlik, turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi hamda turistik ekskursiya, gid-tarjimonlik xizmatlarini ko’rsatadigan tashkilotlar va korxonalar majmuiga tushunamiz. Turizm industriyasi sohasidagi ikki sub’yekt: turoperatorlik va turagentlik bo’lib, ular turistik xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va realiazasiya qiluvchilar o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar. O’z navbatida ularning faoliyati ham turistik mahsulot tarkibiga kiradi.
Jahon xalqaro turizmi sohasidagi barcha mutaxassislar turizm industriyasi rivojlanishi asosida iqtisodiy va ijtimoiy progress yotganini, shu bilan birgalikda turizm industriyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ham mavjudligini tasdiqlaydilar. Ular quyidagilardan iborat:
Siyosiy omil. Mamlakatda barqaror siyosiy vaziyat – bu turistik biznesning harakat qilish shart-sharoitlaridan biridir. Bundan tashqari, u yoki bu mamlakatlarda turizm rivojlanishi uchun xalqaro munosabatlarning xususiyatlari, vujudga kelgan savdo holati, mamlakat to’lov balansi, uning hamkorligi, jahondagi xalqaro vaziyat va alohida hududiy tinchlik juda zarurligidir.
Iqtisodiy omil. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagi aholi daromadlarining ko’payishi bu mamlakatlar aholisining sayohatga ko’proq pul mablag’larini xarajat qilishlariga olib keladi. Ayrim Yevropa mamlakatlari turistlari daromadlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, barcha mamlakatlar turistik oqimida o’rtacha sinfning ulushi ko’proqdir (masalan, Niderlandiyada-40 %, Italiyada-59 %). Shu bilan birgalikda yuqori daromad oluvchi shaxslar (Niderlandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya) joylashish, oziq-ovqat va boshqa xizmat ko’rsatish turlariga katta talab qo’yadilar.
Iqtisodiy-demografik omil. Turizm industriyasi taraqqiyotiga ayniqsa shahar aholisining o’sishi katta ta’sir etadi. Psixolog-mutaxassislar fikricha odamga bo’lgan ruhiy zarba, his-hayajon, noaniqlik, hayotida kishilar bilan aloqa yo’qligi tabiatdan uzoqlashish kabi hodisalar tufayli shahar aholisi o’z muvozanatini saqlash uchun turizmga qarab harakat qiladi. Dunyoning ko’p mamlakatlarida ish vaqti va bo’sh vaqti o’rtasidagi nisbat o’zgarib turishi tendensiyasiga ega. Ish vaqtining qisqartirilishi va bir vaqtda mehnat intensivligini qayta tiklash va uni ushlab turishning birdan-bir yo’li turizmdir. Odamlar bo’sh vaqti miqdorining ko’payishi va sayohatni qisqa vaqt ichida bo’lishi, ya’ni turistik sayohat kam vaqt davom etib, tez-tez takrorlanib turishi bilan xarakterlanadi.
Bundan tashqari jamiyat qarishi, uylanishning kechga surilishi, yakka kishilar sonining ko’payishi, ishlovchi xotin-qizlar miqdorining oshishi, bola tug’ilishini kechiktirish harakatlari, oila juftligi bolasizlik miqdorini ko’paytirishi turizm rivojiga ta’sir ko’rsatadi. O’rtacha yashash vaqtini uzaytirish va tug’ilishni kamaytirish, qari odamlarning ko’payishiga olib keladi. Ayrim hisoblarga qaraganda 2012 yilda 700 mln. ga yaqin turistlar qari yoshdagi insonlar bo’lgan. Bu turistik bozor bo’g’ini turizm industriyasini tashkil etish uchun juda muhim va jozibador hisoblanadi. Butunjahon turistik bozorining bu bo’g’ini muhimligini hisobga olgan holda Butunjahon Turistik Tashkiloti «Uchinchi yoshdagi shaxslar» ga bag’ishlangan alohida konferensiya o’tkazdi va turizm industriyasi xodimlari uchun tavsiyanomalar ishlab chiqarildi.
Shu «Uchinchi yoshdagi shaxslar» guruhi uchun xavfsizlik dasturi, Meditsina xizmati, parxez ovqatlar, madaniy tadbirlar, sayr-tomosha, ularga muvofiq jismoniy og’irlik, dam olishlar to’g’risida aniq va to’g’ri axborotlar taqdim etiladi. Xalqaro turizmda mavjud munosabatlarni o’zgarishida ayollarni mehnat jarayoniga keng tortish kabi masalalar bor. Ayollar hamma vaqt obro’-e’tibor va lavozim uchun kurashadilar. Bu narsa kech turmushga chiqishga va bolalar tug’maslikka olib keladi. Moddiy tomondan mustaqil bo’lishlik oqibatida tadbirkorlik maqsadida ayollar o’rtasida sayohatchilar ko’payadi. Turistik tashkilotlar bu guruh iste’molchilarning maxsus talablarini qondirishga harakat qiladilar. Dunyoning yirik shaxarlarida tanholikda yashovchi kishilarning miqdori oshib bormoqda, bunday odamlar yuqori ma’lumotli, kasbiy o’sishga qodir, harakatchan, shinamgina va hayot sifatlariga qiziquvchanlik ularda mavjuddir. Hozirgi davrda bir qancha yevropa turistik kompaniyalari bu guruh turistlarni eng istiqbolli bozor bug’ini deb qaraganligi uchun maxsus tur mahsulotni tayyorlashni tashkil etganlar.
Madaniy omil. Bu omil turistlarning madaniy, ilm va estetik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’lib, kishilarda bilim, hayotni tadqiq qilish, urf-odatlar, tradisiyalar, madaniyat, tarixni o’zgartirishga intilishlar kiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, insonni u yoki bunday dam olishlik xiliga ixlosmandlik va o’zining ehtiyojlariga muvofiq ravishda qondirish dunyo mamlakatlari bo’yicha juda farqlanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada 46 %, Belgiyada -35 %, Germaniyada -32 % aholi issiq Dengizlar bo’ylarida dam olishni yaxshi ko’radilar. Yaponiya 22 aholisining 51%i shaharlarda dam olishni, Fransuzlarda 25%, Ispanlarda 33% kishilar o’zga mamlakatlar bo’ylab sayohat qilishni yaxshi ko’radilar.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti omili. Hozirgi vaqtda ilmiy-Texnika taraqqiyoti tufayli uzoq masofaga sayohat qilishlik muddati juda qisqargan davr hisoblanadi. Transportda standartli xizmat ko’rsatish yo’lovchilar uchun juda qulay, shinam bo’lib qolmoqda, to’g’ridan-to’g’ri aviareyslar, temir yo’l, avtomobil bosh yo’llari vujudga kelmoqda.
Turizm industriyasida yaratilgan tur mahsulotning iste’molchisi turist hisoblanadi. Turist tur mahsulotning istimolchisi bo’lib o’zining yashab turgan muhitidan , shart-sharoitidan, mamlakatidan, o’zga mamlakatlarga , joylarga , manzillarga , qit’alarga dam olish, xordiq chiqarish, ko’ngil ochish, davolanish, bilish, o’rganish, ziyorat qilish, sport bilan shug’ulanish, dengizda suzish, tog’da yurish kabi faoliyatlar bilan shug’ullanuvchi, hyech bo’lmaganda 24 soat va undan ortiq 6 oy yoki bir yilgacha bo’lishi, borgan joyida haq to’lanadigan lavozimni egallamasligi va vataniga albatta qaytib keluvchi qishiga aytiladi. Turistlar o’z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda maqsad va vazifalarini, sayyohat davriga zarur bo’lgan pul, mablag’larini, bo’sh vaqt ta’tilga chiqish vaqtlarini aniqlaydilar, sayohat havfsizligi, to’g’riligi va borgan joylarida erqin harakat qila olishlari haqida ahborot oladilar, ularning sayohat vaqti 24 soatdan ortiq bo’lishi kerak. Bunday holatlar quyidagi fiqrlardan: har qanday turist tunashi, dam olishi, va albatta ovqatlanishi zaruratidan kelib chiqadi, sayohat davomiyligi bir yilga cho’zilmasligi, inson haddan tashqari charchamasligi, qiynalmasligi, aqsincha borgan joylaridan mamnun bo’lishi, yegan ovqatidan lazzatlanishi, dam olishi, ko’ngil ochishi, ko’proq narsalarni bilishi, dunyo voqealaridan xabardor bo’lishlikni taqoza etadi.
Turist bo’lishlik uchun: o’zi yashab turgan muhitdan boshqa muhitga o’tishni tanlab oladi, turist davlat tomonidan qafolatlangan (jamoat, korxona) mehnat ta’tiliga va bo’sh vaqtiga ega bo’lishi, yashash uchun kerak bo’lgan vositalarni harid qilishga mablag’i bo’lmagan bunday odam sayohat to’g’risida o’ylashi ham kerak bulmaydi. Turist sayohat kilishi uchun aniq mablag’ga, yoki boy merosga ega bo’lishi kerak.
Turistlarning sayohatga chikishlaridan maqsad o’zga xalqlarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishish va o’rganish, dam olishlari, xordiq chiqarishlari, tundagi hayot tarzi bilan tanishishlari raqsga tushishlari, ashula va qo’shiq bilan tanishishlari o’rgangan umumiy muhitni almashtirishlari mexnat jarayonida olgan zarbalarni yo’q qilishlari, teatrlar, festivallarga qatnashish, yangi –yangi odamlar bilan uchrashish, borgan mamlakatdagi biznes saloyihati uchun bo’lgan shart sharoitlarni o’rganish, shopping maqsadlari bilan borish suvener va sovg’alar sotib olish, dengizda dam olish va sport bilan shug’ullanish, qishgi va yozgi sport o’ynlariga katnashish, davolanish, salomatlikni mustahqamlash maqsadlarida borish, diniy ziyoratchilik bilan shug’ullanish, qarindoshlar va do’stlar bilan uchrashish va boshkalar.
Hozirgi zamon turizm industriyasi quyidagi tasniflarga bo’linadi: ichki turizm – bu mamlakat fuqorolarining aholisi va chet eldan kelgan turistlarning shu mamlakati teritoriyasi bo’ylab qilgan sayohatlaridir. Xalqaro turizm – bir mamlakat fuqorolarining o’z mamlakatlari chegarasidan boshqa mamlakatlar teritoriyasiga qilgan sayohatiga aytiladi. Milliy turizm deganda, biz, shu mamlakat turistik tashkilotlar, firma va korxonalarning turistlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish, rivojlantirish va taqomilllashtirish bo’yicha faoliyatlariga aytiladi.
Boshqacha aytgtanda ichki, xalqaro hamda tashqi turizm sohasidagi bo’lgan faoliyat majmuiga aytiladi. Bulardan tashqari turizm industriyasi sohasida turizning boshka shakillari mavjud Bularga: havaskorlar turizmi - turistik jamoa faoliyatining maxsus turlari bo’lib ixtiyoriy ravishda havasqorlar tashabbusi bilan turizm tashkilotlarining qatnashuvisiz tashkil etilgan ixtiyoriy turizmdir.
Bu turizm ixtiyoriy turistik birlashmalar va ittifoqlar orqali amalga oshiriladi. O’zlarining me’yoriy hujjatlariga, turistik faoliyatlarni o’z uslubiy adabiyotlar chop etish vositalariga ega bo’lgan turizm shaklidir.
Ijtimoiy turizm – turizmning alohida shakli bo’lib, davlat va nodavlat tashkilotlari, xususiy mulkdorlar ishlab chiqarish korxonalari va har xil uyushmalar tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobiga maqtab bolalariga, yoshlarga, pensionerlarga, mehnat va urush fahriylariga va boshqa qam taminlangangan oilalarga uyushtirilgan turizmdir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan so’ng, O’zbekistondagi 5 mingga yaqin tarixiy-arxiTektura yodgorliklaridan 280 tasi xalqaro turistlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari bilan bu tarixiyy yodgorliklarini 45 tasi qayta ta’mirlanib O’zbekistonga tashrif buyuruvchilarning 70-80 foizi bu diqqatga sazovor joylaridan baxramand bo’lmoqdalar.
Hozirgi vaqtda turizm industriyasining yanada rivojlantirish bo’yicha quyidagi asosiy turlarga ahamiyat berilmoqda. Tur (yunalish) Deganda yakunlanishi munkin bo’lgan turistik mashrut bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlarning hujjatlari yig’indisi bo’lib, bunda tur yunalish bo’yicha hamma ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Asosan turning dasturida xizmatlar sifati va bu xizmatlarga qo’yilgan narxlar ko’rsatiladi.
1. Arxeologik tur- qadimshunoslik joylarini yoqtiradigan, o’rganadigan turistlar uchun tashkil etiladi.
2. Pekij tur- barcha asosiy xizmatlar ko’rsatiladigan joylar ularni fotosi, mamlakat to’g’risida qisqa axborot, turda ko’rsatadigan xizmatlar xillari va barcha xizmat turlarining umumiy qiymati ko’rsatilgan bo’ladi.
3. Aylanma tur- bu tur shaharlar atrofidagi yaqin manzillarga, joylarga tashkil etilib, qaysi joydan boshlangan bo’lsa, shu joyga qaytib kelganligi uchun aylanma tur deyiladi.

4. Birkunlik tur- bu tur asosan shahardagi tarixiy va arxitektura yodgorliklari, muzeylar va boshqa turistik joylarga dam olish kunlarida tashkil etiladi.
5. Dam olish kunlarida tashkil etiladigan turlar-bunday turlar dam olish kunlarida ko’proq tashkil etiladi.Bu turlarning muddati ikki kun (shanba va yakshanba) ziyorat qilish va yaqin joylarda tashkil etiladi.
6. Doimiy turlar- bunday turlar turistik mavsumdan qat’iy nazar, respublika shaharlarga, diqqatga sazovor joylarga, manzillarga uzluksiz ravishda tashkil etiladi.
7. Eksklyuziv turlar- bunday turlar hujjatlarda (tur paketda) ko’rsatilgan turistik majburiy xizmatlardan tashqari qushimcha xizmatlarni ko’rsatish bulib umumiy turmahsulot qiymatiga kirmaydi va ko’rsatilgan qo’shimcha xizmatlar uchun aloxida to’lanadi.
8. Mavsumiy turistik turlar- bunday turlar turistik mavsum davrida dam olish kunlarida tashkil etiladi, masalan yoz oylarida dengizda daryolarda chumilish havzalarida tashkil etiladi. Qish oylarida qorli tog’lar va o’rmonlarda chang’ida uchish uchun tashkil etiladi.
9. Maxsus turlar- bunday turlar ―Buyuk Ipak Yo’li‖ bo’yicha joyylashgan mamlakatlar, shaharlarga tashkil etiladi. Bu turlarning alohida dasturi bo’lib, ov qilish, dam olish, tog’larga chiqish ,cho’lda kezish, o’rmonlarda sayr qilish kabi maqsadlar uchun tashkil etiladi.
10. Mavzuli turlar- alohida mamlakatlar, buyuk ,tarixiy shaxslar,davlat arboblari, sarkardalar,olimu-fuzolarga bag’ishlanadi. 11. Piyoda tur: ko’p turistlar tog’ga, cho’lga chiqishi qiyin bo’lgan joylarga transportsiz piyoda chiqishni yoqtiradigan turistlarga tashkil etiladi.
12. Suv yo’nalishlari bo’yicha turlar: bunday turlar dengiz va daryolarga yaqin bo’lgan shaxar axolisi uchun tashkil etiladi.
13.Temir yo’l yo’nalishi bo’yicha turlar: davlatlar va shaxarlar o’rtasida poyezd orqali bo’ladigan sayohat kiradi, bunday turlar temir yo’l yo’nalishi bo’yicha bo’lganligi tufayli arzon va qulay xisoblanadi.
14. To’g’ri yo’nalish bo’yicha turlar: bunday turlar shunday tashkil etiladiki, boshqa manzillar va joylarga borib shaxarlarni ko’rgandan so’ng o’z manziliga qaytib kelish sharti bilan tashkil etiladi.



15. Tashkillashtirilgan tur: bu turlar maxsus tashkillashtirilgan bo’lib turistlar birnecha manzillar, joylarni ko’rishlari mumkin, bu joylar bir-biriga o’xshamasligi kerak.
16. Tashkillashtirilmagan tur; bunday turlar faqatgina malakatlar va shaxarlar aniqlanib turistlar o’zlaricha bu mamlakatlarga boradilar.
17. Charter turlar: bunday turlar qisqa vaqt muddatda jahonning ma’lum bir mamlakatiga yoki bir Nechta shaxarlarga tashkil etiladi.
18. Rekrasion tur-bu salomatlikni qayta tiklash bo’yicha maxsus tur bo’lib,
ma’lum bir kasallikni davolash uchun toza havoda, tabiat qo’ynida, tog’ o’rmonda
davolanish uchun tashkil etiladi.
19. Sport bo’yicha turlarni tashkil etishda turistik firma va korxonalar
sport yo’nalishlari bo’yicha bo’lgan sport xillari mavjudligi va axolini qaysi sport turlari bo’yicha ehtiyojlarini aniqlash bilan boshlanadi. Jaxonda sport turlari bo’yicha xilma-xil bo’lgan o’yinlar, qaysi mamlakatda o’tadigan musobaqalarni aniqlash va tayyorgarlik ko’rish ishlari bo’yicha rejalar tuzishlari kerak.
20. Tijorat bo’yicha turlarni tashkil etish: turistik firma va korxonalar eng avvalo, talab katta bo’lgan turistik tovarlar tarkibiga nimalar kirishini qanday har xil tovarlar bo’lishini bilishini oldindan rejalashtirishlari kerak. Turistik tovarlar deganda iste’mol uchun ketadigan tovarlar, sovg’alar va boshqa xil mahsulotlar, turistlar uchun zarur bo’lgan bevosita yoki bilvosita ko’rsatiladigan xizmatlarga aytiladi.
21. Diniy va iloxiy joylarni ziyorat etish bo’yicha turlarni tashkil etish. Diniy turizm hozirgi zamon turizm sanoatining tarkibiy qismlaridan biridir. Diniy tarixiy va madaniy yodgorliklar muqaddas joylar, maqbaralar, masjidlar, diniy-ruhiy markazlar turistik obektlar xamma vaqt talabga ega bo’lib, xudud va shaxar axolisini qatnaydigan joylari xisoblanadi. Mamlakatimizda 100 foiz yodgorliklar davlat muxofazasiga olingan. O’zbekistondagi dniy va muqaddas joylar Bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nazorati ostida tamirlanmoqda va ularga boriladigan yo’laklar obodonlashtirilmoqda. Mustaqillik yillarda diniy va muqaddas joylarga keladiganlar, turistlarning soni 5 martaga oshdi.
22. “Arxitektura” turlari- Har bir davlat, millat shahar miqyosida turistlarga ko’rsatiladigan tarixiy-arxitektura inshootlariga bo’lgan sayohat o’ziga xos milliy xarakterga ega bo’ladi va ko’pchilik turistlarni qiziqtiradi. Ayrim davlatlarda shahar arxitekturasi tur mahsulot sifatida sotiladi.
23. “Alpinizm” turlari-sport turizmining tog’da o’tkaziladigan turi bo’lib, turistlar tog’ cho’qqilariga chiqish va qiyinchiliklarni yengish kabi zavqli yo’nalishlarda harakatlanishlarini bildiradi.
24. “O’smirlar uchun turlar”- bolalar turizmi bo’lib, hozir ko’pchilik rivojlantgan davlatlarda yosh bolalar bilimi va tafakkuri asosiy o’rinni egallaydi.
25. “Davolanish uchun turlar” – maxsus yo’nalish hisoblanib, turistlar o’z kasalliklarini davolash maqsadida yer osti issiq suvlariga, maxsus joylarga, shaharlarga va mutaxassislarga borishadi.
26. Dam olish uchun turlar - dam olish va bayram kunlari yoki ishdan ta’til olgan kunlar maxsus yo’nalishlarda shahardan tashqariga tashkil etiladi. Rivojlangan davlatlarda dam olish turizmi ta’til vaqtida turistlarning boshqa joylarga va davlatlarga borib dam olib kelish jarayonini ham nazarda tutadi.
27. Dengiz bo’ylab turlar- turistik yo’nalishlarning dengiz bo’ylab bir nechashaharlar, davlatlarni,turistlarni kemada sayohat qilishdir. Dengiz bo’ylab turlarda yo’nalishlar har xil bo’lishi mumkin: to’g’ri, aylanma va boshqa yo’nalishlar.
28. Ishlash bo’yicha turlar- har bir kishi turistik xizmatlarni oldindan sotib olgan holda boshqa davlatga borib, o’z ishini bajarib keladi.
29. Ilmiy turlar- olimlarning birgalikda konferensiya, festival, seminar va boshqa yig’ilishlarni o’tkazish amaliy tadbirlaridir. Boshqa davlatlarda ilmiy izlanish maqsadida guruhlar tuzilib, ular maxsus ilmiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan bo’lib, bir necha davlatlar chegarasidan o’tiladi.
30. Kosmik turlar- turistlarni raketalar yordamida boshqa sayyoralarga olib borish va u yerda tomosha, ilmiy va dam olish jarayonlaridir. Yer orbitasi atrofida aylanib, dam oldirib, tomosha qildirib va qayta yerga tushirish ham kosmik turlar deyiladi.
31. “Nastalgiya” turlari- oldingi hayotini qo’msash natijasida boshqa joylarga sayohat qilishga aytiladi. Oxirgi yillarda jahon bo’ylab, davlatlar o’rtasida yangi tur yo’nalishlar paydo bo’lmoqda bunday yo’nalishlar sayyohlarning asosiy maqsadi o’z ota-bobolari yashagan joylarni borib ko’rish va qayta ko’rish, ular qanday va qancha yashaganligini va qanday tarixiy ishlar qilganligini bilish maqsadida maxsus turlar tashkil etiladi va bu turlar ―o’tmishini qo’msash‖ yoki o’tmishga qiziqish‖ maqsadida amalga oshiriladi.
32. Ov uchun turlar-maxsus tur bo’lib, qonun bo’yicha ruxsat berilgan joylarda hayvonlarni ov qilish yo’nalishlarini tashkil qilinib, ularga ruxsat olib berish, joylashtirish,ovqatlantirish va kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash xizmatlarni sotish jarayoni amalga oshiriladi.
33. Oilaviy turlar- rivojlangan davlatlarda turistlar o’z oilalari bilan dam olish yoki sayohat qilish maqsadida tur mahsulotlarni sotib olishadi va bu yo’nalishlar ta’til vaqtida bolalar o’qimaydigan vaqtlada ko’p tashkil qilinadi.
36. Tog’larga chiqish bo’yicha turlar-tog’lar bo’ylab ot-ulovda, piyoda yurish va har xil tog’ o’yinlaridan foydalanish, tog’ bag’rida toza havoda dam olish, tog’ hayvonlarini ov qilish kabi xizmatlarni tur mahsulot sifatida sotish amalga oshiriladi.
Milliy turistlar-Butunjahon Turistik Tashkilotining yangi tavsiyasiga ko’ra milliy turistlarga davlat ichida sayohat qilgan turistlarga va boshqa davlatlarga ketgan turistlar qismini ham qo’shib hisoblash tavsiya etilgan.
Mahalli turistlar-davlat miqyosida bir joydan ikkinchi joyga ziyorat qiluvchi turistlarga aytilib, turistik firma va tashkilotlar jo’natgan va ular qabul qilganlar soni bilan o’lchanadi. Ayrim holatlarda mahalliy turistlarni sayohatchilar ham deb aytiladi. Chunki ular qisqa vaqt ichida faqat bir shahar ichida muzeylar,tarixiy joylarga, dam olish joylariga sayohat qilishadi.
Tur yo’nalishlari dasturi -tur yo’nalishlar bo’yicha alohida yoziladigan asosiy hujjat.Turistlarning ko’radigan joylari,transport turidan,mehmonxonalardan foydalanish tartiblari yoziladi. Tur mahsulot va turistik maxsulot o’rtasida ancha farq bor. Turistik mahsulot tushunchasi kengroq ma’noga ega. Turistik mahsulot tarkibiga qo’shimcha ko’rsatiladigan xizmatlar va iqtisodiyotni boshqa tarmoqlarida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari xam kiradi. O’zbekiston territoriyasi bo’ylab quydagi turlar sotiladi
Turizming industriyasining rivojlanish yo’llari- davlat miqyosuda turizmning o’sishini ifodalaydi va kompleks o’sish yo’llarini turizmning turlari bilan ifodalovchi yaxlit bir kompleksni bildiradi.
Turizm industriyasining rivojlanish konsepsiyasi-ma’lum davrga rivojlangan dasturiy maqsad bo’lib, bajarish uchun tuziladi. Bu hujjat ilmiy izlanishlar uchun asosan tuzilib, o’z davri, zaxiralari, bajaruvchilari va erishadigan natijalari aniq bo’ladi. Davlat miqyosida tuzilgan konSepsiya tizimini dunyo bozoriga olib chiqishini asosiy maqsad qilib oladi.

Turizm industriyasining rivojlanish modeli- turizmning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi yo’lining hozir markazlashgan, monetoring va bozor rivojlanishi model lari. Har bir davlat o’z modelini tuzadi. Respublikamizda turizm sohasida bozor munosabatlariga asoslangan modeli tuzilyapti. Turizm industriyasining rivojlanishi asosida talab va taklif, raqobat, qiymat, qonunlari yotadi. 2
3. O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Turistik biznes iqtisodiyotning noishlabchiqarish tarmog`i hisoblanib, turistlarning moddiy va nomoddiy ehtiyojlarini qondiradigan korxona va tashkilotlar yig‘indisi. Ularning asosiy funksiyasi insonlarni to‘la qonli dam olishini ta’minlashdan iboratdir. Turistik biznes dunyoning bazi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi (Turkiya, Misr, Tunis va b.).
Bugungi kunda turizm daromadliligi bo‘yicha iqtisodiyotning eng yirik sohalari ya’ni neft qazib olish va qayta ishlash hamda avtomobilsozlikdan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Shunday ekan, xozirda barcha mamlakatlar ichtisodiyotning ushbu sohasini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida qarashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar barcha tarmoqlarda, jumladan, turizm sohasida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston rivojlanishning milliy modelini yaratmoqda, turizm bu modelning yaratilishida iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagi sifatida o‘rin olishi zarurdir. Bunda iqtisodiy islohotlarning natijasi tarmoqning rivojlanishi bilan belgilanadi.
Respublikamiz turizm salohiyati bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng ilg‘or hisoblanib, dunyodagi yetakchi o`nta davlat qatoriga kiritilgan.
Tur mahsulotlarning umumiy soni o‘n mingtadan ortiq bo‘lib, juda ko‘p son va sifat ko‘rsatkichlariga ega. Ammo ayrim milliy turistik mahsulotlar haligacha shakllanmagan yoki xalqaro bozorda sotishga mo‘ljallanmagan. Ko‘pchilik turmahsulotlar ma’lumot beruvchi sifatida ifodalanib, unda mahsulot bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar to‘liq yoritib berilmagan. Tur mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanib, unga ayniqsa baho katta ta’sir ko‘rsatadi. Tur mahsulotni baholashda uning sifatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Tur mahsulotga xalqaro bozorda bo‘lgan ehtiyojning ko‘pligi, mahsulotning turli xilligi va raqobatchi turmahsulotning bahosi katta ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro turizm bozorini o‘rganish natijasida milliy turmahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi uchta tamoyil asosiy rol o‘ynaydi: ishni aniq maqsadga yo‘nalgan holda davom ettirish, yangi rejalarni mo‘ljallash va ish faoliyatini muvofiqlashtirib borish. Haqiqatdan ham, turmahsulotning bozorda o‘z mavqeini ushlab turishiga doir tadbirlar ushbu yo‘nalishdagi keng qamrovli ishlarni uzluksiz ravishda olib borgandagina ijobiy natija bera boshlashini ilg‘or davlatlar tajribasidan ham ma`lum.
Tur mahsulotni o‘tkazish vositalarining yakka tartibda, boshqa chora-tadbirlardan ajralgan holda qo‘llanishi yoki ularning gohi-gohida qo‘llanib turilishi ushbu vositalar ta’sirchanligini ancha kamaytirishi mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, turmahsulotni xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishda va uning sotuvini ta’minlashda quyidagi asosiy yo‘nalishlarini alohida ta’kidlash joyizdir:
· tur mahsulotlarni sotishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
davlat tomonidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalda qo`llash;
· jamoatchilik bilan aloqani kuchaytirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborotlar
berishni ta’minlash va ulardan samarali foydalanish;
· reklama-tashviqot ishlarini kuchaytirish;
Hozirgi paytda turizm sohasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh turistik mahsulot yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlarni shartli ravishda to‘rt bosqichga ajratsak bo‘ladi.3
Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi.
1992 yilda respublikada «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993 yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turistik tashkilotga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi va bu o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994 yilda BMT ning YUNESKO tashkilotiga a`z obo`ldi hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8% turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va xalqaro turizmni rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni 4 Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik harakterga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizmi sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistikmanzillar ro‘yxatga olindi. Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Maxdumi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘uloniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. Toshkent shahrida muntazam ravishda xalqaro turistik yarmarka tashkil etila boshlandi. Mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, ya’ni, 1999 yil 15 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda dunyo bozori bo‘yicha raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini o‘zlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga o‘rin ochib berildi. Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, unda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid—tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsshsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga yordam beradi. O‘zbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga ko‘tarish borasida, avvalo ko‘xna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda jahon ahlini xayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos ko‘p. Bugungi kunda respublikani xalqaro turizmning mintaqaviy markaziga aylantirish uchun hamda hududida bo‘lgani kabi transmilliy darajada ham katta investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha shart - sharoitlar yaratilgan. “O‘zbekturizm” MKning statistik ma’lumotlariga qaraganda 2013 yilda O‘zbekistonga 1,977 million nafar chet ellik mehmon tashrif buyurgan. Turistik xizmatlarning umumiy hajmi 2012 yilga nisbatan 16 foizga, xizmatlar eksporti esa 9 foizga o‘sdi. 2014 yilning boshida mamlakatda faoliyat yurituvchi sayyohlik tashkilotlarining soni 900 dan ortiqni tashkil etgan. Ulardan 400dan ziyodi mehmonxona xo‘jaligi va 500 tasi turistik kompaniyalardir. 2013 yilda Xorazm, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu dasturlarni amaliyotga tatdbiq etish uchun 260 million AQSH dollari hisobida mablag‘ kiritish nazarda tutilgan.5


Xulosa
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini turizm sohasi tarmoq sifatida salmoqli o’rinni egallab bormoqda. Bu hol ushbu sohani ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq qilishni zaruratini keltirib chiqaradi. Mazkur kurs ishida O’zbekiston milliy iqtisodiyotida turizm industriyasini shakllanishi, uning tarixi hamda hozirgi davrda rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va jihatlarini ochib berishga harakat qilindi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi muhim xulosalarni e’tirof etish mumkin:
1. Turizm industiriyasi iqtisodiyotning o’ziga hos sohalaridan biri hisoblanadi. Turizm bilan odamlar uzoq davrdan boshlab shug’ullanib kelmoqdalar. Kishilik jamiyati taraqqiy etishi bilan chuqur iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va fan texnika taraqqiyoti sababli sayohatchilik ham o’zgarib borgan. Insoniyat hayot yo’lida fan texnika taraqqiyoti tufayli sayohatchilik shakllari bir turdan, ikkinchi turiga o’tib turgan. Masalan: agarda qadim zamonlardan sayohatchilikning asosiy harakat vositasi ot, eshak, tuya va boshqa hayvonlar bo’lgan bo’lsa keyinchalik kema, mashina, samolyot va shu kabi zamonaviy texnika vositalaariga almashinib boravergan. Vaqt o’tishi bilan turizm sohasi sayohatchilikdan turizm ko’rinishiga o’ta boshlagani ham muhim ahamiyatga egadir.
2. O’zbekistonda turizm industriyasi o’tgan XX asrning 20-yillaridan boshlab sekin-asta rivojlana boshlagan. Turizmning ayrim turlari, shu jumladan odamlar yashab turgan manzillardan o’zga joylarga, yurtlarga, viloyatlarga borish, piyoda sayr etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga borish, Burch-mullo, Ohangaron, Chimyon, Omonqo’ton, Urgut, Ohalik tog’ va tabiat manzillariga har xil ―yurishlar‖ uyushtirish kabi turlari rivojlana boshlagan. Uning oqibatida O’zbekiston va uning viloyatlarida turistik-ekskursiyali harakatlarni tashkil etish va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Narkomprosi‖da va uning viloyatlar bo’limlari qoshida ―Turistik ekskursiya byurolari va uyushmasi‖ tashkil etildi va bu ―byurolar‖ asosan o’lkashunoslik va tarixiy arxitektura yodgorliklarini o’rganish, yaqin va o’zoqroq joylarda bo’lgan qadimiy shaharlarga turistik ekskursiyalar tashkil etish bilan shug’ullandilar.
3. Hozirgi davrda turizm rivojlangan ko’pgina mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining 10 foizidan 25 foizigacha turizm bilan bog’liq. Shuning uchun turistik mahsulotga va uning xilma-xilligiga, uning sifatiga katta e’tibor beriladi.
Turizm industriyasida bo’lgan ehtiyojlarning xilma-xilligi, ularga berilgan ahamiyat darajasi turistlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy tomonlaridan kelib chiqadi. Bunday hodisalar turistik bozorda sodir bo’ladi. Turistik bozorning serdaromadli faoliyatini boshqarish turistik mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’mol qiluvchilargacha bo’lgan tarqoqlik tufayli mehmonxonalar, restoranlar,tur mahsulotni yetkazib beruvchi transport vositalari, joyni band qilish, zahiralar yaratish bo’yicha jahon kompyuter tarmog’iga ulanish, tur operatorlar va agentliklar faoliyati (vositachilik faoliyatlari) va turistik mahsulot iste’molchilari (turistlar) bozor harakatiga ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi.
4. Turizm industriyasini amal qilishning muhim vositalaridan biri bu transport xizmatini yo’lga qo’yish va tashkil etishdir. Turistlarni tashish xizmati tur mahsulot tarkibiga kiradi, uning bog’liqligi shundaki, barcha turistik marshrutlar sayohatchilarni yashash joylaridan dam olish joylarigacha faqatgina transport vositasi orqali amalga oshirish mumkin. Quruqlikdagi transport xillaridan turistlar uchun eng muhumi – bu avtomobil va temir yo’l transportidir avtomobil transporti turizmda juda keng qo’llaniladi shu maqsad uchun doimiy turistlarni tashuvchi reysli avtobuslar va doimiy bo’lmagan (shaxsiy, arenda va boshqa transport vositalari) transportdan foydalaniladi.
5. Turizm industriyasini tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri turistlarning hayoti va sog’ligi xavfsizligini ta’minlashdir. Ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha xavfsizlikni taminlash turistik faoliyatga qatnashuvchi barcha tuzulmalar vazifalaridan iborat, shu bilan birgalikda shuni aytish kerakki, turistlarning xavfsizligini taminlash xar xil darajada: turistik korxona, turistik markaz ma’muriyati, mahalliy hokimiyat, turizm bo’yicha milliy organlar va mamlakatning markaziy davlat organlari darajasida xal etiladi. Turistik firma va korxonalar turizm tizimining asosiy unsuri sifatida o’zining mijozlari xavfsizligini taminlash uchun eng birinchi javobgar xisoblanadi. Turistik firma va korxona xamkorlar tanlashda, marshrutlar ishlab chiqishda, transport vositalarini tanlagan vaqtda turistlar xavfsizligini esdan chiqormasliklari shart. Bulardan tashqari ular vabo, o’lat, xolera, sariq bezgak, isitma to’g’risida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lishlari va ular to’g’risida turistlarni o’z vaqtida ogohlantirishlari zarur bo’ladi.
6. Har bir turistik firma va koronaning faoliyati albatta biror vaqtda boshqa korxonalar bilan biznes bo’yicha hamkorlik shartnomalariga (kontrakt) ega bo’lishlari shart. Bu ular o’rinidagi o’zaro aloqalarni tartibga solib turadi va turizm indisturyasi sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlikka asos bo’ladi. Tur xizmatlarga bo’lgan mijozlar talabini o’sib borishi va raqobatlar shartlarini kuchayishi sharoitida turistik korxonalar faolyatida bo’ladigan ishonchli shartnoma muxim axamiyatga ega. Tur o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgani uchun ya’ni ko’rsatiladigan xizmatlar xarakteri, sotish shartlari maqsad xarakteri, o’ziga xos bo’lganligi uchun shartnomaviy munosabatlar xam aloxida xususiyatlarga ega bo’ladi.
7. Turizm industriyasining tizimini samarali boshqarish uchun uni rejalashtirish, muvofiqlashtirish va davlat tomonidan nazorat qilishlikni taqozo etadi. Bu esa o’z o’rnida davlatning turistik yagona siyosatini ishlab chiqishni talab etadi. Turistik yagona davlat siyosati shundan iboratki, bu ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashqi-siyosiy, madaniy va boshqa xarakterga ega bo’lgan tadbir-choralar va uslublar tizimi bo’lib parlament, hukumat, davlat organlari, xususiy, hissadorlik va boshqa korxonalarni turistik zahiralardan to’g’ri foydalanish, turistik industriyani rivojlantirish uchun va turizm industriyasi tizimining samarali faoliyatini yanada oshirish uchun bo’lgan harakatidan iboratdir. Sayohatning yetarlicha oliy darajada qulayligi, yuqori tezligi, turistik guruhlarni qulay joylashtirilishi, uncha yuqori bo’lmagan baholar bo’lishi bilan farqlanadi.


Download 54,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish