Figura va fonning ilgarigi harakatga bog’liqligi qonuni. Odam ilgari tajribasida bo’lgan, bevosita to’qnash kelgan narsalarini idrok qilishga moyil bo’ladi. Agar biror predmetni oldin figura sifatida idrok qilgan bo’lsa, keyingi safar ham uni figurada idrok qiladi, agar fon bo’lsa, fonday qabul qiladi.
Kutishlar va taxminlarning idrokka ta’siri. Ko’pincha insonning idroki u nimani kutayotganiga bog’liq bo’lib qoladi. Inson idroki shaxsiy mahno va ahamiyat kasb etgan ma’lumot vositasida ongdagi bo’shliqni to’ldiradi. Masalan, sonlar qatoridagi V harfi uzoqdan 13 soniday idrok qilinadi, yoki aksincha harflar orasidagi 13 V harfiga o’xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |