Ixtiyorsiz esda olib qolish — bilish va amaliy harakatlarni amalga oshirishning mahsuli va shartidir. Bunda esda olib qolish o’z holicha bizning maqsadimiz sifatida yuzaga chiqmaganligi sababli beixtiyor esimizda olib qolingan jamiki narsalar xususida odatda «O’zidan-o’zi esda saqlanib qolgan ekan» deymiz. Aslida esa bu faoliyatimizga xos xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qathiyan qonuniy jarayondir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ixtiyorsiz esda olib qolish unumli bo’lishi uchun muayyan materialning faoliyatda tutgan o’rni muhim ahamiyatga egadir. Agar material faoliyatning asosiy maqsadi mazmuniga kirgan bo’lsa, u o’sha maqsadga erishish shartlariga va usullariga jalb etilgan holdagiga nisbatan yaxshiroq esda olib qolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |