3.MUSTAQIL ISH. MAVZU: Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish va takomillashtirish Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida naqd pulsiz hisob-kitoblarning o’rni tobora ortib boradi, chunki iqtisodiyotda tovar ayirboshlash yanada ko’payadi, tovar munosabatlari pul munosabatlariga asos bo‘ladi, bu munosabatlar naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali hal etiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar - bu korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko‘rsatish va tovarsiz operatsiyalar yuzasidan bir-biriga bo‘lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bankdagi bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o ‘tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlami o ‘zida aks ettirishiga ko‘ra ikki qismga bo’linadi:
1) tovar operatsiyalari bo'yicha pul aylanishi;
2) moliyaviy majburiyatlar bo'yicha pul aylanishi.
Tovar operatsiyalari bo‘yicha pul aylanishi guruhiga tovarlarni sotish, xizmatlar ko'rsatish va kapital qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi. Moliyaviy majburiyatlar bo'yicha pul aylanishi guruhiga esa budjetga to'lovlar, ya’ni foydadan toianadigan soliq (daromad solig‘i), qo‘shilgan qiymat solig'i va boshqa majburiy to'lovlar hamda budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, bank kreditlarining qaytarilishi, kredit uchun foizlarning to‘lanishi, sugiirta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar va boshqalar kiradi. Hozirgi kunda 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar «0'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida»gi 2013-yilda 3-iyunda 2465- son bilan ro‘yxatga olingan Nizom va unga kiritilgan o‘zgartishlar asosida olib boriladi. Mulkchlik shakllarining xilma-xilligi sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanishi sharoitlarida naqd pulsiz hisob-kitob qoidalari xo‘jalik organlari tomonidan hisob-kitob shakllarini erkin tanlash tamoyillaridan kelib chiqadi va ular shartnomalarda mustahkamlanadi. Xo‘jalik idoralarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan. hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablagiarni mol sotuvchi korxona hisobvarag‘iga o'tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunchilikda ko‘zda tutilgan va 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi:
- to’lov topshiriqnomalari bo'yicha hisob-kitoblar;
- inkasso bo'yicha hisob-kitoblar;
- akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar;
- cheklar bilan hisob-kitoblar.
Yuqorida sanab o’tilgan hisob-kitob shakllari orqali operatsiyalar quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi: - to'lov topshiriqnomasi;
- to’lov talabnomasi;
- inkasso topshiriqnomasi;
- akkreditivga ariza;
- tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
- memorial orderlar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar plastik kartochkalardan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin. To’lovchi va mablag‘ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma asosida belgilanadi.