3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari


Kapital bozorida o‘rta va o‘zoq muddatli kreditlar bahosining shakllanishi



Download 211,78 Kb.
bet9/9
Sana12.01.2020
Hajmi211,78 Kb.
#33422
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliya mavzula 121219154001


Kapital bozorida o‘rta va o‘zoq muddatli kreditlar bahosining shakllanishi.

Kredit bozorining funksiyalari uning mohiyati va kapitalistik xo‘jalikda bajaradigan roli, shuningdek, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish bo‘yicha vaziflalar bilan belgilanadi.

Kredit bozorining beshta asosiy funksiyasini ajratib ko‘rsatish lozim:

- kredit orqali tovar muomalasiga xizmat ko‘rsatish;

- korxonalar, aholi, davlat, shuningdek, xorijiy mijozlarning pul jamg‘armalarini jamg‘arish va to‘plash;

- pul fondlarini bevosita ssuda kapitaliga aylantirish va undan ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish uchun kapital qo‘yilmalar ko‘rinishida foydalanish;

- davlat va iste’mol xarajatlarini qoplash uchun kapital manbalari sifatida davlat va aholiga xizmat ko‘rsatish;

- kapital markazlashuvini jadallashtirshi, kuchli moliya-sanoat guruhlari shakllanishiga ko‘maklashish.

Kredit bozorining aytib o‘tilgan funksiyalari ishlab chiqarishning kapitalistik usulini qo‘llab-quvvatlash, davlat-monopolistik kapitalizmi iqtisodiy tizimining faoliyatini ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Pul kapitali jamg‘arilishi va harakatini aks ettirar ekan, kredit bozori uning pul shaklidagi qiymati harakati, kredit resurslari va qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida turli pul fondlari hosil bo‘lishi va foydalanilishi bilan uyg‘unlikda bog‘langan bo‘ladi. Bozor vositasida kapitalistik ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga, uning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’siriga sarflanadigan pul fondlari harakati, hajmi va yo‘nalishini aniqlash va o‘lchash mumkin.

Kimoshdi savdolari turli usullar bilan: amerikacha va gollandcha tizim, shuningdek, qat’iy belgilangan foiz stavkasi bilan o‘tkazilishi mumkin. Kimoshdi savdosi o‘tkazishning amerikacha usulida talabnoma banklar tomonidan taklif etiladigan foiz stavkalari bo‘yicha qondirliadi. Rossiya Federatsiyasida bank talabnomalarida taklif etilayotgan foiz stavkasi Markaziy bank tomonidan taklif etilgan minimal stavkadan past bo‘lishi mumkin emas. Bunda foiz stavkasi minimal stavkaga teng bo‘lgan talabnoma sotilmagan kreditlar qoldig‘iga proporsional ravishda qondiriladi. Gollandcha usulda barcha talabnomalar qondirilgan talabnomalar ro‘yxatiga kiritiladigan oxirgi foiz stavkasi bo‘yicha qondiriladi. Qat’iy belgilangan foiz stavkali kimoshdi savdosida barcha talabnomalar qondiriladi. Biroq, bunday stavkada talabnomalar umumiy miqdori kimoshdi savdosiga taklif etilgan kredit hajmidan oshib ketganida talabnomalar qisman qondiriladi. Qondirilgan talabnomalar darajasi kimoshdi savdosi krediti umumiy hajmining talabnomalar miqdoriga nisbatiga mos keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 1996 yil 20- apreldagi 41-sonli Kredit resurslari kimoshdi savdosini o‘tkazish Tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida (O‘zRVB) moliyaviy vositalarni so‘mda va xorijiy valyutada joylashtirish bo‘yicha kimoshdi savdolari o‘tkazish tartibi belgilangan.

Kimoshdi savdolarida quyidagi turda operatsiyalar amalga oshiriladi:

- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan keyin - Markaziy bank) kreditlarini kimoshdi savdosida joylashtirish;

- depozit omonatlarini kimoshdi savdosida joylashtirish;

- banklararo kreditlarni kimoshdi savdosida joylashtirish.

Kredit resurslari kimoshdi savdosini amalga oshirishdan asosiy maqsad ichki moliya bozorini sog‘lomlashtirish va mustahkamlash hisoblanadi.

Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar. Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo‘limi hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo‘yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3 omillarni o‘z ichiga oladi:


  1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi;

  2. kredit resurslari (o‘z va jalb qilingan mablag‘lari) manbalari;

  3. kreditlash, qarzdorlar turlari va yo‘nalishlari/

Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta’sir etadi.

I.Bank tomonidan berilgan kreditlarning iqtisodiyotning tarmoqlari o‘rtasida joy lashtirilganlik holati. Ushbu yo‘nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlaridan biri kreditlarni mijozlarning tarmoq xususiyatiga ko‘ra joylashtirilganligi hisoblanadi. SHu jixatdan olganda, ushbu yo‘nalish kredit siyosatining samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. 


       II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va o‘zoq muddatli kreditlarning o‘zaro nisbati. Tijorat banklari faoliyatining mazmuniga ko‘ra, avvvalo, qisqa muddatli kreditlash institutlari hisoblanadi. Ular xo‘jalik subyektlarining aylnma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi.    Ko‘pchilik rivojlanayotgan davlatlarda inflyasiya darajasining nisbatan yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat banklarining kredit portfelida qisqa muddatli kreditlarning salmog‘ining yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Inflyasiya darajasi nisbatan yuqori bo‘lmagan va barqaror bo‘lgan sharoitda o‘zoq muddatli kreditlar xajmini oshirish tijorat banki daromad bazasini mustaxkamlashning sinalgan usullaridan biri hisoblanadi.

III. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o‘tgan kreditlar salmog‘ining o‘zgarishi.  Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o‘tgan kreditlar salmog‘ining o‘zgarishi kredit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.  Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank amaliyotida, xususan, G‘arbiy Evropa davlatlarining bank amaliyotida muddati o‘tgan kreditlar jami kredit qo‘yilmalari hajmidagi salmog‘ini 3 foizdan oshmasligi normal xolat hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil qiladi.

 IV. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi salmog‘ining barqarorligini ta’minlash. Tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi omillaridan biri kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi yuqori va barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Buning boisi shundaki, kreditlash tijorat banklari faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. SHuning uchun banklar yalpi daromadining asosiy qismini kreditlash faoliyatidan olishlari lozim.



V. Kreditlash shakllaridan foidalanish darajasi. Kreditlash shakllaridan to‘laqonli tarzida foydalanish kredit siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kreditlash shakllari bankning kreditlash imkoniyatini oshirishga bevosita ta’sir qiladi. Hozirgi vaqtda, respublikamiz bank amaliyotida kreditlashning asosan ikki shaklidan foydalanilmoqda. Bo‘lar mijozni alohida ssuda hisobraqamidan kredit liniyasi ochmasdan turib kreditlash shakli va faktoring shaklidir.

Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlashning overdraft, kontokorrent, kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash, forfeyting shakllaridan foydalanilmayotganligi ularning kredit siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi.



VI. Foizlarni o‘stirmaslik maqomiga ega bo‘lgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlar miqdoining o‘zgarishi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998- yil 2 - dekabrdagi “Tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizlarni o‘stirmaslik siyosati to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, banklar quydiagi hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to‘xtatadilar:

a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;

b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va unga hisoblangan foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;

v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan fozlarni qaytarilish muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda shubxa uyg‘otgan xolda.

 Foiz hisoblash to‘xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi tegishli foizli daromadlar hisobraqamidan chegirib tashlanishi lozim. Bunda tegishli foizli daromadlar hisobraqami debetlanadi, 16309-“Hisoblangan, lekin undirilmagan foizlar” hisobraqami kreditlanadi.

VII. Banklarning kreditlash faoliyatida garov obyektlaridan foydalanish samaradorligi. Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni garov asosida berish kredit siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. SHu sababli, garov obyektlaridan unumli foydalanish masalasini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor garov obyektlarini sotish evaziga kreditlarning asosiy qarz summasi va ularga hisoblangan foizlarni undirishga qaratiladi.

VIII. Tijorat banklarining etarli darajada barqaror resurs manbalariga ega ekanligi. Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati bevosita ularni etarli darajada kredit resurslari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Hozirgi kunda kredit siyosatini to‘zishda har bir tijorat banki mustaqil bo‘lib, ular kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo‘jalik subyektlarini kreditlash funksiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun banklar faoliyatining samaradorligi va likvidliligini ta’minlash uchun avvalambor, banklarning kredit siyosatini turli ishlab chiqishga e’tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar uning aktiv operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va o‘tkazishni taqazo qiladi.

Markaziy bankning hisob (diskont) stavkasi. Markaziy bankning lombard stavkasi.

Markaziy bankning xisob (diskont) siyosatining moxiyati shundaki, u tijorat banklardan veksellarni sotib oladi. Aytaylik mol sotib oluvchi korxonaning etkazib berilgan mol (tovar va xizmatlar va x.k)ning kakini to‘lash uchun mablag‘i etarli bo‘lmasa, u tovar uchun tulovni ma’lum vavk 5tgandan keyin amalga oshirishi tugrisida veksel berotpi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag‘lari zarur bo‘lgan vaktda u vekselni tijorat bankiga sotishi mumkin. Tijorat banki vekselni sotib olganda unda ko‘rsatilgan summadan kam summaga (ma’lum foiz ushlab uolgan xolda) sotib oladi. Zarur bo‘lganda tijorat banki vekselni Markaziy bankda xisobga qo‘yishi mumkin. Bu xolda Markaziy bank ham o‘z foydasiga ma’lum foiz -xisob stavkasini ushlab qolishi mumkin. Markaziy bankning xisob stavkasi alohida olingan davlatlarda zkar xil - 5% dan 15 % gacha bo‘lishi mumkin-Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy oankning xisob stavkasiga tayanadilar. Markaziy bankning xisob stavkasi tijorat bavklari o‘rnatadigan xisob stavkaning eng past chegarasi xisoblanadi. Odatda tijorat banklarining xisob stavkasi markaziy bankning xisob stavkasidan yukori (0,5dan - 2%gacha) bo‘ladi.

Tijorat banklarining qaytamoliyalashtirish siyosati -bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash, veksellarni xisobga olish, kimmatbaxo vrgozlarni garovga olgan xolda kreditlar berish va kredit auksionlarni utkazish yuli bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib chikkan xolda markaziy bankning qaytamoliyalashtirish operatsiyasi kuyidagi usullarda olib borilishi mumkin:


    • tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni xisobga olish yo‘li bilan kreditlash,

    • tijorat banklari ixtiyoridagi kimmatbaxo qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi.

O‘zbekistan respublikasida Markaziy bank o‘rnatilgan qoidalarga asosan, kuyidagi aktivlarni garovga olgan xolda 3 oygacha bo‘lgan muddatda kreditlar berishi mumkin:

  • oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va boshqa boyliklar;

  • davlatning karz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolatlangan. boshqa karz vositalari;

  • Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun makbo‘l bo‘lgan, xarid kilinishi va sotiltishiga ruxsat berilgan va Markaziy bank ular bilan ushbu konun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar;

  • to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari asosida kreditlar berilishi mumkin.

Lombard kreditini berish, qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foizlar to‘lash tartibi umumiy asoslarda amalga oshiriladi va u alohida qarz hisobvarag‘i bo‘yicha kredit tartibiga o‘xshashdir.

Asosiy faoliyat bilan bog‘liq tovar moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash maqsadida to‘zilgan pul hisob - kitob hujjatlari pulini to‘lash uchun qabo‘l qilinadi. Qarz oluvchi bankka garovga qo‘ygan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlarga foizlar qo‘shilmaydi.

Qimmatli qog‘ozlarni garovga olib kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank qimmatli qog‘ozlar emitentiga uning qimmatli qog‘ozlarini garovga qo‘yish bitimi to‘zilganligini hamda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar kiritilishi lozim bo‘lgan depozit hisobvarag‘i nomerini ma’lum qiladi. Lombard krediti beriladigan hollarda garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar qarz oluvchining muddatsiz depozit hisobvarag‘iga qo‘yiladi (depozit shartnomasini rasmiylashtirmasdan) va, birinchi navbatda, ularni saqlash xarajatlarini qoplashga, shuningdek, kreditdan foydalanish uchun foizlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.

Kredit jarayonida bank garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi birja kursidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida teleks, kompyuter aloqasi va aloqaning boshqa turlari yordamida axborot to‘plab boriladi.

Kredit davomida fond birjasida o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati pasaygan bo‘lsa, u holda kredit qo‘mitasining qaroriga muvofiq qarz oluvchiga shu summada qo‘shimcha ta’minot berish talabi bildirilishi yoki kredit miqdori qaytariladi.

Tovar (mol) garovi ostidagi lombard krediti. Lombard krediti uchun garov ko‘rinishida faqatgina nisbatan baholi tovarlar, qaysiki ularning savdosi birjada yuritilishi, tovar partiyasini miqdori va sifatini belgilash bilan bir vaqtda bahosini ham aniqlash imkonini berishi shartidir.

Qimmatbaho metall garovi ostidagi kredit. Bu lombard kreditining eski usullaridan bo‘lib, hozirda u juda kam ishlatiladi. Garovni baholashdagi qiymati bu asosan oltin tangalar, slitkalar, kumush, platina va boshqalar qariyb 95% foiz qimmatbaho metall narxiga mos keladi.

Lombard krediti - kreditlashning bu usuli asosan likvid mol mulk hisoblangan tillo taqinchoqlar garov asosida kredit berishga asoslanadi. Bu kredit kredit muassasi uchun deyarli risk darajasi past xisoblanadi. CHunki tillo buyumlar eskitdan yuqorilikvidli tovar sifatida tarixga ega. Biz kreditlashning bu usuli orqali pul mablag‘lariga muxtoj bo‘lgan ishlab chiqarish va savdo majmualarini moliyaviy qo‘llab quvvatlnib boriladi. SHu tarzda Markaziy banklar bozorlarning o‘rtacha foiz stavkalarini belgilaydi. Bu mazkur sharoitda barcha bozorlar xususan kredit va kapital bozorlari uchun bazaviy foiz stavkalari qabo‘l qilinadi. Bank kredit siyosati bank resurslari, ularning joylashtirilish bilan chambarchas bog‘liq. Bank resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag‘lar, jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlaridan tashkil topadi. SHuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan resurslar ichida banklararo kredit xam alohida o‘rin egallaydi. Depozitlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa bankdan olingan kredit uchun foiz stavkalari bank tomonidan beriladigan kreditning foiz stavkalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Kredit siyosatining aniq va mukammal tayyorlanish va izohlanish xar bir bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy tashkil etish uchun asos bo‘ladi.

Bank tomonidan to‘plangan resurslarni to‘g‘ri va oqilona joylashtirish bankning kredit siyosatining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Kredit siyosati sifatiga va xolatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini to‘g‘ri joylashtirish va oldindan ko‘zlangan daromad olish imkoniyati yaratiladi




1109 Foundations of finance : the logic and practice of financial management / Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty. — 8th ed.Title. HG4026.F67 2014, P-219


1

11 Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik. - Toshkent, Moliya, 2000, bet .31.

11 Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik. - Toshkent, Moliya, 2000, bet .36.


11Foundations of finance : the logic and practice of financial management / Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty. — 8th ed.Title. HG4026.F67 2014, P-200


1

Download 211,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish