3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari


Ssuda kapitallari bozori va uning segmentlari. Qisqa muddatli pul bozorida



Download 211,78 Kb.
bet51/55
Sana02.01.2022
Hajmi211,78 Kb.
#310009
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari 37- mavzu. Pulning paydo bo‘

Ssuda kapitallari bozori va uning segmentlari. Qisqa muddatli pul bozorida

kreditlar bahosining shakllanishi.

Kredit resursovlari bozori bu – turli to‘lov vositalariga talab va taklif mavjud bo‘lgan bozorlarning umumiy belgilanishidir. Kredit bitimlari qoidaga ko‘ra, pul qarz oladigan va qarz beradigan kredit institutlari (banklar va b.) yoki qimmatli qog‘ozlar bozorida sotiladigan va sotib olinadigan turli qarz majburiyatlari harakati vositasida ifodalanadi.

Demak, kredit resurslari bozori korxonalar tasarrufiga investitsiyalar uchun mablag‘lar taqdim etadi va aynan shu erda iqtisodiyotning pul mablag‘lari ortiqcha bo‘lgan sektorlaridan ularning etishmovchiligi his etilayotgan sektorlarga pul mablag‘lari ko‘chib o‘tishi ro‘y beradi. Kredit bozorida korxonalar o‘z investitsiyalarini moliyalashtirish uchun pul qarz oladi; ba’zida korxonalar pulni qarz beradi, lekin qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish sektori berishdan ko‘ra ko‘proq oladi.

SHu sababli aytish mumkinki, kredit resurslari bozorining asosiy vazifalaridan biri – aholining jamg‘armalari va bo‘sh mablag‘larini vositachi shaxslarga investitsiyaga yo‘naltirish hisoblanadi.

Kredit bozorining institutsional strukturasi. Kredit bozorining mohiyati unda qanday kapital: o‘zining yoki o‘zgalarning kapitali foydalanilishiga bog‘liq emas, ya’ni bankir faqat o‘z kapitali yordamida ish olib boradimi yoki undan deponentlangan kapital yordamidami – buning ahamiyati yo‘q.

Kredit bozorining rivojlanish qonuniyatlari, foydalanish xarakteri va mazmuni ishlab chiqarishning kapitalistie usuli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadi. O‘z navbatida, ushbu bozorning mohiyati u davlat-monopolistik kapitalizmi zamonaviy mexanizmida bajaradigan muayyan rolni belgilab beradi.

Kredit bozori ishlab chiqarish va tovaraylanmasining o‘sishiga, mamlakat ichkarisida kapital harakatiga, pul jamg‘armalarining kapital qo‘yilmalarga aylanishiga, ilmiy-texnika inqilobini amalga oshirishga, asosiy kapitalni yangilashga xizmat qiladi. Bu ma’noda bozor turli ishlab chiqarish bosqichlarini bilvosita ifodalaydi, u erdan qo‘shimcha pul resurslarini oladigan moddiy ishlab chiqarish sohasining o‘ziga xos tayanchini bilvosita ifodalaydi.

Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim vosita bo‘lib turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo‘yilgan mablag‘larga daromad olish mijozlarning qo‘yilma qo‘yishga undovchi muhim omil hisoblanadi. Depozit foiz stavkalari darajasini har bir tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o‘zining depozit siyosatidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit schetlarining alohida ko‘rinishlari bo‘yicha daromad hajmi qo‘yilma muddati, summasi, hisobvarag‘ini amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi va xarakteri va, nihoyat, mijozning qo‘yilma shartnomasi shartlariga amal qilishiga bog‘liq.

Talab qilingungacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha hisobvaraqalari egalari tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi va ular qoldiqning nomuntazamligi bilan xarakterlanadi. SHuning uchun bunday schetlar guruhi daromadlik darajasi bilan ajralib turadi. YUridik shaxslarga ochilgan talab qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablag‘lar qoldig‘i bo‘yicha foizlar umuman to‘lanmasligi mumkin. Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari uchun to‘lov mablag‘larini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablag‘larni minimallashtirish va ortiqcha summalarni qo‘yilmalarning daromadliroq shakllariga joylashtirishga undaydi.

Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar bo‘yicha foizlar deyarli majburiy tartibda o‘rnatiladi, ammo u bo‘yicha daromad hamisha muddatli qo‘yilmalarga qaraganda pastroq bo‘ladi. Muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha foiz stavkasi hajmini o‘rnatishdagi muhim omil bo‘lib, mablag‘lar joylashtirilgan muddat hisoblanadi.

Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga solib turadi.

Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning rivojalanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida shakllanganlikni taqozo qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o‘tkazish, shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit multiplikatsiyasi (ya’ni mablag‘larning bir bankdan boshqasiga zanjirsimon shaklda o‘tkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nom olgan.

Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira talablari bank tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo‘lib xizmat qiladi.


Download 211,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish