Davlat krediti. Bir guruh iqtisodchi olimlarning fikriga ko‘ra davlat kreditida davlat faqat qarzdor bo‘lib qatnashadi. Masalan, davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarib aholiga, banklarga va korxonalarga sotadi. SHu yo‘l bilan ular ular oldida qarzdor bo‘lib qoladi. Bundan tashqari davlat tijorat banklaridan, Markaziy bankdan, Xalqaro moliya institutlaridan kredit oladi. Ikkinchi guruh olimlarining fikriga ko‘ra, davlat kreditida davlat kredit beruvchi bo‘lib ishtirok etadi. Masalan, davlat banklar orqali ma’lum bir tarmoqlarni kreditlaydi. Ular hukumat tomonidan qimmatli q og‘ozlarni sotib jalb qilingan mablag‘lari hisobidan. Ularni davlat zayomlari deyishimiz ham mumkin.
Iste’mol krediti – iste’mol maqsadida beriladigan kreditlar iste’mol kreditlari deyiladi. Ular asosan iste’mol tovalari ko‘rinishida bo‘ladi. Taraqqqiy etgan mamalakatlarda ippo9teka kredit;ari ham iste’mol krediti tarkibiga kiritiladi. Lekin O‘zbekistonda ipoteka kredit mustaqil shakl hisoblanadi. Iste’mol krediti tovar va pul ko‘rinishida beriladi.
Ipoteka krediti – qo‘zg‘almas mulkni garovga olish yo‘li bilan beriladigan kredit. Ipoteka so‘zi grekcha so‘zidan olingan. Ipoteka kreditini yuridik va jismoniy shaxslar oladi. YUridik shaxslar o‘ziga tegishli qo‘zg‘almas mulkni garovga qo‘yib, ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish uchun kredit oladi.
Sinditsiyali kredit – bu 1obektni yoki loyihani moliyalashtirish uchun 2 yoki undan ortiq banklar tomonidan beriladigan kreditdir. Sindinsiyali kreditni tashkil qiluvchi bank bosh yoki etakchi bank deyiladi. Qolga banklar ishtirokchi bankalr deb ataladi. Oldin banklar o‘rtasida bosh bitim imzolanadi. Bu bitimga ko‘ra bank sindikati tashkil etiladi. Keyin kredit oluvchi va sindikat o‘rtasida kredit shartnomasi imzolanadi. Ishtirokchi banklar etakchi bankka sindikatdagi ulushiga ko‘ra resurslarini beradi.
Xalqaro kredit – bu ssuda kapitalining davlatlararo harakati bo‘lib, bu harakat tovar va valuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to‘lashlilik asosida berish natijasida yuzaga keladi.
Tijorat banklari faoliyatida kreditlashning quyidagi shakllari mavjud:
mijozni alohida ssuda hisobraqamidan 1 marotabali kreditlash shakli. Bunda kredit 1marotabali to‘lov shaklida bankdan chiqariladi.
mijozni kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash. Bunda mijoz uchun kreditlash limiti o‘rnatiladi. Uning bu limitdan foydalanish uchun davr belgilanadi.
kreditlashning overdraft shakli, ingliz tilida so‘zlasuvchi mamlakatlar bank amaliyotida keng qo‘llaniladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamining debetli qoldig‘iga beriladi. Mijozlarning banklarda ochilgan joriy hisobraqamlarida faqat bir marta debetli qoldiq bo‘lishiga ruxsat etiladi. U ham bo‘lsa, bank va mijoz o‘rtasida overdraft krediti olish bo‘yicha kelishuv bo‘lsa.
Overdraft kreditiga ssuda scheti ochilmaydi va bu kredit ta’minotsiz kredit hisoblanadi.
kreditlashning kontokorrent shakli. Bu shakl nemis tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarnig bank amaliyotida qo‘llaniladi.Kontokorrent kreditida mijozning joriy hisobraqami yopiladi va kontokorrent hisobraqam ochiladi. Mijozning barcha faoliyatidan keladigan pul tushumlari kontokorrent hisobraqamining kreditida aks etadi. Mijozning barcha to‘lovlari kontokorrent hisobraqamining debetida aks etadi. Kontokorrent krediti kontokorrent hisobraqaminig debetli qoldig‘iga beriladi. Kontokorrent hisobraqamining kreditli qoldig‘i uchun bank mijozga foiz to‘laydi, debetli qoldig‘i uchun esa mijoz bankka foiz to‘laydi.
kreditlashning faktoring shakli. Faktoring – bu mol etkazib beruvchini kreditlash shakli bo‘lib, bunda bank tovar hujjatlarini o‘zining diskont stavkasi bo‘yicha regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz sotib oladi.
Kreditlashning forfeyting shakli. Forfeyting – bu fransuzcha “a forfe” so‘zidan olingan bo‘lib ulgurji degan ma’noni anglatadi.
Forfeyting mol etkazib beruvchini kreditlash shakli bo‘lib, bunda bank trattani o‘zining diskont stavkasi bo‘yicha regress huquqi bilan sotib oladi
Do'stlaringiz bilan baham: |