44.3. Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari.
Hozirgi davrda bank kreditlarini berish tizimi tijorat kreditlari berish tizimiga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Buning asosiy sababi pulning yuqori likvidli akti ekanligidir.
Kreditning subyektlari bo‘lib quydagilar hisoblanadi:
Banklar;
nobank kredit tashkilotlari, kredit uyushmalari, lombardlar, mikromoliyalash tashkilotlari, kredit korperativlari va boshqalar;
korxonalar;
jismoniy shaxslar;
davlat;
davlat organi;
halqaro moliya kredit tashkilotlari.
Kredit - qiymatning harakati bo‘lib pul va tavar ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berishlilik, muddatlilik va foiz to‘lashlilik asosida berish natijasida yuzaga keladi.
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:
birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo‘sh qolgan mablag‘larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi;
ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi.
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo‘lishi zarur. SHu masala bo‘yicha ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan kredit yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko‘proq e’tibor berilganini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur, deb ta’kidlanadi. Agar bu fikr to‘g‘ri deb qaraydigan bo‘lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo‘ladi, chunki u qarz berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan obyektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinki, kreditning obyektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir.
Kreditga zarurat tug‘ilganda quyidagi manbalardagi bo‘sh mablag‘lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir:
asosiy fondlarni tiklash, kapital tamirlash uchun ajratiladigan amortizatsiya sifatidagi pul mablag‘lari;
tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari;
tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini to‘lash vaqtlari orasida vaqtincha bo‘sh turib qolgan pul mablag‘lari;
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‘iladigan va kapitallashtirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha mablag‘lar;
shaxsiy sektor daromadlari, jamg‘armalari va boshqa bo‘sh pul mablag‘lari
Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha olib kelish xato hisoblanadi. Alohida olingan bir omilning o‘zi kredit berilishi uchun u yoki bu darajada etarli bo‘lmasligi mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1.Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari, kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlarini tushuntirib bering?.
2. Sudxo‘rlik kreditining yuzaga kelishi, tjorat krediti va bank kreditining paydo bo‘lishini yoritib bering?
3.Kredit munosabatlarining yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlarini yoritib bering?
4.Tijorat kreditining yuzaga kelish shart-sharoitlarini, bank kreditining paydo bo‘lishi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bering?
5. Kredit orqali nimalar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo‘sh qolgan mablag‘larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi?
6. Кreditning obyektiv zarurligi, takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy aylanishi, nimalariga asoslangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |